F I z I k a o’quv qo’llanma


  Energetik zonalarni elektronlar bilan to’ldirilishi



Download 10,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/303
Sana06.08.2021
Hajmi10,16 Mb.
#140212
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   303
Bog'liq
FIZIKA (Oquv qollanma)

 

 27.4  Energetik zonalarni elektronlar bilan to’ldirilishi 

 

Izolyatsiyalangan  atomlardagi  energetik  sathlarni  elektronlar  to’la  ishg’ol 




 

423 


etgan,  qisman  ishg’ol  etgan  yohud  ishg’ol  etmagan  bo’lishi  mumkin  edi. 

izolyatsiyalangan  atomdagi  energetik  sathga  mos  ravishda  kristallda  energetik  zona 

vujudga  kelayapti.  Lekin,  ayrim  hollarda  zonalarning  energetik  shkala  bo’yicha 

joylashish  tartibi  izolyatsiyalangan  atomdagi  energetik  sathlarning  joylashish 

tartibiga  mos  kelmasligi  ham  mumkin.  Xususan,  izolyatsiyalangan  atomdagi 

quyiroq  energetik  sathni  ajralishi  tufayli  kristallda  vujudga  kelgan  energetik  zona 

yuqoriroq  energetik  sathni  ajralishi  tufayli  kristallda  vujudga  kelgan  energetik 

zonadan  teparoqda  joylashishi  mumkin.  Bunday  hollarda  zonalarni  elektronlar 

bilan  to’ldirilishi  izolyatsiyalangan  atomdagi  sathlarni  elektronlar  tomonidan 

ishgol  etilishiga  mos  kelmasligi  mumkin.  Buning  sababi  —  elektronlar 

energiyaning  kichikroq  qiymatilariga  mos  keladigan  zonalarni  to’ldirishga 

intilishidir.  Kristalldagi  zonalarning  sathlari  Pauli  prinspiga  asosan,  ikkitidan  ortiq 

elektron  joylashishi  mumkin  emas.  Bu  elektronlarning  spinlari  qarama  –  qarshi 

yo’nalgan  bo’ladi.  Zonalardagi  energetik  sathlar  elektronlar  tomonidan  to’la yoxud 

qisman  ishgol  etilgan  hollarda  bu  zonalarni  mos  ravishda  to’ldirilgan  yoxud 

qisman  to’ldirilgan  zonalar  deb,  energetik  sathlarini  elektronlar  ishgol  etmagan 

zonalarni  esa bo’sh zonalar deb ataladi.  

 

Izolyatsiyalangan  atomning  quyiroq  energetik  sathdagi  elektron  qo’shimcha 



energiya  olgan  hollarda  yuqoriroq  bo’sh energetik  sathga o’tishi kerak edi. bunday 

o’tishlar  kristallda  qisman  to’ldirilgan  zonaning  quyiroq  sathdan  yuqoriroq  sathi 

tomon  amalga  oshishi  mumkin.  Bu  o’tishlarda  elektron  sath  oralig’iga  mos 

keluvchi  qo’shimcha  energiyani  kristall  panjaraning  issiqlik  tebranishlardan  yoki 

kristallda  vujudga  keltirilgan  tashqi  elektr  maydon  ta’sirida  olishi  mumkin. 

Shuningdek,  kristallda  elektron  quyiroq  ruxsat  etilgan  zonadan  yuqoriroq  ruxsat 

etilgan  zonaga  ham  o’tishi  mumkin.  Bu  holda  yuqori  ruxsat  etilgan  zonada  bo’sh 

energetik  sath  bo’lishi  va  elektron  taqiqlangan  zonaning  energetik  kengligiga  teng 

qo’shimcha energiya  olishi  kerak.  

 

Qattiq  jismdagi  ko’pchilik  jarayonlar  valent  elektronlarning  holatiga  bog’liq 



bo’lganligi  uchun,  odatda  kristalldagi  energetik  zonalarni  ifodalashda 

soddalashtirilgan  energetik  sxemadan foydalaniladi.   




 

424 


27.3-rasm 

27.4-rasm 

 

Soddalashtirilgan 



energetik 

sxemada  valent  elektronlar  tomonidan 

ishgol  etilgan  zona  (valent  zona)  va 

bu  zonaga  eng  yaqin  bo’lgan  ruxsat 

etilgan  zona  (bo’sh  zona)  ifodalanadi, 

xalos.  


 

Valent 


zonadagi 

energetik 

sathlar  elektronlar  tomonidan  kqanchalik  ishgol  etilganligi  va  taqiqlangan 

zonaning  energetik  kengligi 

  W  ga  bog’liq  ravishda  quyidagi  to’rt  hol  amalga 

oshadi.  

Valent  zonadagi  energetik  sathlarning  bir  qismini  elektronlar  ishgol  etgan 

bo’lsa (27.3–rasmdagi qisman to’ldirilgan  zona),  

 

elektronlarning  shu  zonadagi  quyiroq 



sathdan 

yuqoriroq 

sathga 

ko’tarilishiga  imkoniyat  mavjud.  Bu 

o’tish 

uchun 


kerak 

bo’ladigan 

qo’shimcha 

energiya 

elektronlar 

kuchsizgina  elektr  maydon  tomonidan 

berilishi  mumkin.  Binobaran,  qisman 

to’ldirilgan  zonadagi  elektronlar  elektr  o’tkazuvchanlikda  qatnashadi.  Shuning 

uchun  bunday  zona  o’tkazuvchanlik  zonasi  deb  ataladi.  Mazkur  xususiyatga  ega 

bo’lgan qattiq jismlar  — metallardir.   

Ba’zi  qattiq  jismlarda  (masalan,  Mg,  Ca  kabi  ishkoriy  er  elementlarining 

kristallarida  valent  zona  va  bo’sh  zona  ustma  ust  tushadi  (27.4–rasm).  Masalan, 

berilliy  kristallida  2s  valent  zona  2p  bo’sh  zona  bilan  ustma-  ust  tushadi.  Natijada 

birlashgan  2s  —  2p  zona  vujudga keladi. 2s valent zonadagi (2l +1)N =(2*1 +1)N 

=N  energetik  sathda  2N  dona  elektron  joylashishi  mumkin.  1r  bo’sh  zonadagi  (2

+1)N  =(2*1  +1)N  =3N  energetik  sathda  2*3N  =6N  elektron  joylashishining 



 

425 


imkoniyati  bor.  Binobaran,  birlashgan  2s—2r  zonada  2N+6N  =8N  joylashish 

imkoniyatiga  ega.  Vaholanki,  bu  birlashgan  zonada  faqat  2N  mavjud  va  ular 

quyiroq  sathlarni  (bu  sathlar  qaysi  zonalarga  taallukli  ekanligidan  kat’i  nazar) 

egallaydi.  Shuning  uchun  birlashgan  zona  qisman  to’ldirilgan  zonaga  o’xshaydi  va 

tashqi  elektr  maydon  ta’sirida  birlashgan  zonadagi  elektr  o’tkazuvchanlikda 

qatnashadi.  Yuqorida  bayon  etilgan  ikki  holni  umumlashtirib  quyidagi  xulosaga 

kelamiz: 

 

Valent  zonadagi  sathlari  elektronlar  bilan  qisman  to’ldirilgan  yoki  valent  va 



bo’sh zonalari ustma ust tushkan qattiq jismlar  metal  deb ataladi.  

 

Metal  bo’lmagan  aksariyat  qattiq  jismlarda  valent  zonadagi  barcha  energetik 



sathlarni  elektronlar  band  etgan  bo’ladi.  Shuning  uchun  elektron  yuqoriroq 

energetik  sathga  ko’tarilishi  lozim  bo’lsa,  faqat  bo’sh  zonadagi  energetik  sathga 

ko’tarilishi  kerak.  Buning  uchun  elektr  maydon  ta’sirida  elektron  erishayotgan 

qo’shimcha  energiya  taqiqlangan  zonaning  energetik  kengligi 

W  dan  katta 

bo’ladi.  Demak,  u  holda  qattiq  jismning  xossalari  taqiqlangan  zonaning  energetik 

kenligi  bilan  aniqlanadi.   

 

Agar 



W  yetarlicha  katta  bo’lsa,  elektr  maydon  ta’sirida  yoki  issiqlik 

harakati  energiyasi  tufayli  elektronlar  valent  zonadan  bo’sh  zonaga  o’ta  olmaydi, 

ya’ni  elektronlar  valent  zonada  o’z  urinlaridan  kuzgalmaydi.  Bunday  jismlarni 

izolyatorlar  yoki dielektriklar  deb ataladi.  

 

Agar  W  unchalik  katta  bo’lmasa,  qattiq  jismning  temperaturasi  yetarlicha 



yuqori  bo’lganda  (masalan,  xona  temperaturasi)  issiqlik  harakati  energiyasi  tufayli 

valent  zonadagi  elektronlarning  bir  qismi  bo’sh  zonadagi  energetik  sathlarga 

ko’tarilishga  kodir  bo’ladi.  Bu  elektronlar  elektr  maydon  ta’sirida  ham  bo’sh 

zonaning  yuqoriroq  energetik  sathlarigat  ko’tarilishi  mumkin.  Shuning  uchun,  bu 

holda  bo’sh  zonani  o’tkazuvchanlik  zonasi  deb  atash  maksadga  muvofiqdir. 

Bunday jismlar  yarimo’tkazgichlar  deb ataladi.  

 

Shartli  ravishda,  valent  zonasi  elektronlar  bilan  butunlay  to’lgan  jismlar 



taqiqlangan 

zonasining 

energetik 

kenligi 


W<3 

eV 


bo’lganlarini 


 

426 


yarimo’tkazgichlar  deb,  aksincha  W>3  eV  bo’lganlarini  dielektriklar  deb  atash 

mumkin.   




Download 10,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish