23.10 Fraungоfer difraksiyasi
Parallel nurlar tushayotgan T to’siqda uzunligi kengligi (BC=a) dan ancha
katta bo’lgan tirqish mavjud. Tirqishning orqasiga yiguvchi L linzani, linzaning
fokal tekisligiga esa E ekranni joylashtiraylik. Tekshirilayotgan holda to’siqqa
tushayotgan monoxromatik yassi yorug’lik to’lqinning fronti, tirqish tekisligi va
ekran tekisligi o’zaro paralleldir. Tirqishga etib kelgan to’lqin sirtining barcha
nuqtalarida tebranishlar bir xil fazada sodir bo’ladi. Biroq boshlangich yo’nalish
bilan biror burchak hosil qilib tarqalayotgan ikkilamchi to’lqinlar ekranning A
nuqtasiga (linza yiguvchi bo’lganligi uchun kuzatish burchga
ning har bir
qiymatiga ekranning biror nuqtasi mos keladi) bir xil fazada etib kelmaydi, chunki
bu nurlar optik yo’llarining uzunliklari bir xil emas. Tirqishning chap (B) va ung
(C) chekkalaridan A nuqtaga etib kelayotgan yorug’lik nurlarining optik yo’llar
farqini topaylik. Buning uchun Cnuqtadan nurlar yo’nalishiga perpendikulyar CD
ni tushiramiz. U holda BD=BC sin =a sin kesma izlanayotgan yo’llar farqi
bo’ladi. BD ni xayolan
/2 uzunlikdagi kesmachalarga ajrataylik. Bu
kesmachalarning oxirlaridan CD ga parallel tekisliklarni BC bilan uchrashguncha
davom ettirsak, tirqishdagi BCto’lqin frontini bir xil kenglikdagi tasmachalarga
331
ajratgan bo’lamiz. YOnma-yon joylashgan ikki tasmachaning mos nuqtalaridan
tanlangan yo’nalish bo’yicha (ya’ni burchak ostida) A nuqtaga etib kelayotgan
nurlarning yo’llar farqi /2 ga teng bo’ladi. Shuning uchun bu tasmachalarni
Frenel zonalari deb karashimiz mumkin. Tirqishga to’g’ri kelgan Frenel zonalarini
topish uchun
2
sin
a
(23.38)
nisbatni aniqlash kerak, albatta. Bundan a va
o’zgarmas bo’lganda Frenel
zonalarining soni kuzatish burchagi
ga bog’liq, ya’ni kuzatish burchagi
qanchalik katta bo’lsa, tirqishda shunchalik ko’proq Frenel zonalari joylashadi,
degan xulosaga kelamiz. Kuzatish burchagi
ning ba’zi qiymatlarida tirqishga
mos keluvchi Frenel zonalarining soni butun juft sonlarga teng bo’ladi, ya’ni
R
a
2
2
sin
yoki
2
2
sin
R
a
(23.39)
ning bu shartni qanoatlantiruvchi qiymatlariga mos keluvchi ekran nuqtalarida
ikkilamchi to’lqinlar bir-birini sundirishi natijasida (chunki qo’shni Frenel
zonalaridan kelayotgan to’lqinlar qarama-qarshi fazada bo’ladi) qorong’ulik, ya’ni
yorug’lik intensivligining minimumlari kuzatiladi.
Aksincha,
ning ba’zi qiymatlarida tirqishga mos keluvchi Frenel
zonalarining soni butun tok sonlarga teng bo’lishi mumkin, ya’ni
1
2
2
sin
R
a
yoki
2
)
1
2
(
sin
R
a
(R = 0.1.2….) (23.40)
Bu shartni kanoatlantiruvchi ning qiymatlariga mos keluvchi ekran nuqtalarida
ikkilamchi to’lqinlarning ta’siri faqat bitta Frenel zonasining ta’siridek bo’ladi.
Shuning uchun bu nuqtalarda yorug’lik intensivligining maksimumlari kuzatiladi.
Monoxromatik yorug’lik qo’llanilgan holda yorug’lik intensivligi tirqishning
to’g’risida markaziy maksimum, unga simmetrik ravishda ikki tomonda boshqa
maksimumlar joylashadi. Odatda maksimumlarga nomer beriladi. Bu nomerlar
332
(23.40) ifodadagi k ning qiymatlariga mos keladi. Markaziy maksimum uchun
k=0. So’ngra birinchi, ikkinchi va hokazo tartibli maksimumlar (ularga k=1, 2, 3,
… lar mos keladi).
Agar tajribada monoxromatik emas, balki oq yorug’lik qo’llanilsa, turli
rangdagi yorug’liklarning difraksion maksimumlari tarqalib ketishi tufayli
difraksion manzara rang-barang buyalgan bo’ladi. To’lqin uzunligi kichikroq
bo’lgan yorug’lik uchun difraksion maksimum ham kichikroq burchak ostida
kuzatiladi. Ekranning markaziga barcha rangdagi yorug’liklar keladi. Shuning
uchun ekrandagi markaziy (yoki nolinchi) maksimumning o’rtasi oq, chetlari esa
qizg’ishroq rangda bo’ladi. Markziy maksimumning ikki tomonida birinchi,
ikkinchi va xokazo tartibli maksimumlar joylashgan. Bu maksimumlarning
binafsha ranglar markaziy maksimum tomonidagi qismlarni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |