foydalaniladi. Ularning barchasining ham prinsipi shundan iboratki, bir manbadan
joyidan uchrashish joyigacha turli yo’llarni bosib o’tadi. 23.5-rasmda ikki hol
tasvirlangan: a) l nur qisqaroq, l nur esa uzunroq yo’lni bosib utadi. Bu ikkala
nurlarning ∆l yo’l farqi to’lqin tizmasining L uzunligidan katta. Natijada bir atom
tomonidan nurlantirilgan, ammo turlicha uzunlikdagi yo’llarni bosib o’tayotgan
yorug’lik to’lqinlar interferensiyalashmaydi, chunki l to’lqin tizmasining boshi
315
uchrashish nuqtasiga etib kelganda, qisqaroq yo’l bosayotgan l to’lqin tizmasining
oxiri uchrashish nuqtasidan o’tib ketgan bo’ladi. b) 2 va 2 to’lqin tizmalarining ∆l
yo’l farqi to’lqin tizmasining L uzunligidan kichik bo’lganligi uchun ular
interferensiyalashadi. Ammo 2 to’lqin tizmasining bir qismi (∆l ga teng qismi)
uchrashish nuqtasidan o’tib bo’lganda, 2 to’lqin tizmasining boshi uchrashish
nuqtasiga yetib keladi. Natijada 2 va 2 lar bir-biri bilan tulik emas, balki qisman
uchrashadi. Shuning uchun ∆l kattalashgan sari interferension manzara susayib
boradi. Interferension kurilmalardagi yo’l farqi to’lqin tizmasining uzunligidan
juda kichik bo’ladi. Shu sababli bu nurlarda interferension manzara deyarli
susaymaydi.
Odatda, to’lqin tizmasining L uzunligi kogerentlik masofasi, atomning nur chiqarib
turish vaqti esa kogerentlik vaqti deyiladi.
Shu prinsip, ya’ni tabiiy yorug’lik manbaidan chiqayotgan nurning o’zini o’zi bilan
interferensiyalashtirish prinsipi asosida yorug’likning bir qator interferensiya
usullari amalga oshirilgan.
Yuqorida muhokama kilinga Yung tajribasida M
1
va M
2
tirqishlar ikki kogerent
manbalardek xizmat qiladi.
Kogerent manbalarni hosil qilishda eng ko’p qo’llaniladigan usul Frenel
ko’zgularidan foydalanishdir (23.6-rasm). Ikkita yassi ko’zgu bir-biriga 180 ga
yaqin burchak ostida yondoshtiriladi. M manbadan chiqayotgan yorug’lik nurlari
ko’zgulardan qaytib shunday yo’naladiki, bu yo’nalishlarni teskari tomonga davom
ettirsak (rasmdagi punktir chiziqlar), ular ko’zgular orasidagi M
1
va M
2
nuqtalarda
uchrashadi. Bu nuqtalar M manbaning ko’zgulardagi tasvirlaridir. Demak,
ko’zgulardan qaytib E ekranga tushayotgan yorug’lik nurlari xuddi M
1
va M
2
mavxum kogerent manbalardan chiqayotgandek bo’ladi. Ular ekranda turg’un
interferension manzarani hosil qiladi. Frenel biprizmasidan foydalanish ham
kogerent yorug’lik nurlarini hosil qilish imkonini beradi (23.7-rasm). Bu holda
mavxum kogerent manbalar (M
1
va M
2
lar) tabiiy yorug’lik manbai M dan
chiqayotgan nurlarning biprizmada sinishi tufayli vujudga keladi