Sensibilizasiyaning adaptasiyadan farqi:
Adaptasiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizasiyada esa faqat oshadi;
adaptasiyada sezgirlikning o’zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq bo’lsa, sensibilizasiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo’ladi.
Sinesteziya qo’zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga
xos sezgining paydo bo’lishidir. Ko’rish, eshitish sinesteziyasi ko’proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo’ladi. Masalan, kompozitorlardan Skrebin, A.F.Lest, N.Rjmskiy Korsakovlarda "rangdor eshitish" qobiliyati bo’lgan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo’lib qo’shilishidir. "Masalan, "shirin so’z", "bag'ri tosh".
Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo’lgan bir vaqtdagi qo’zg’alish tufayli sezgirlikning o’zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo’lib seziladi. Odam charchaganda sezgirlik pasayadi. harakat oshganda sovuqqa sezgirlik o’tkirlashadi. Sezgirlik kasbga ham bog’liq. Masalan, rassomlarda rang sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.
Sezgi borasidagi nazariyalar Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson axborotlaming shaxobchasidan mahrum bo’lsa, u holda u uyqu faoliyatiga sho’ng’iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam (ko’pincha vaqtincha muvaqqat) ko’rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo’lishi mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzilsa, kar yoki ko’r bo’lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to’xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki uslubga o’rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklaming o’mini to’ldirib bo’lmaydi.
Nemis faylasufi Xristian Volf "Rasional psixologiya" (1732 yil) va "Empirik psixologiya" (1734 yil) kitoblarida ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatning tabiiy moddiy asosi zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, va’ni sezgi kanaliga hech qanday bog’liq emas, deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va uning tarafdorlari psixologik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g’oyani ilgari surdilar.
Shuning bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evalyusiya natijasi emas, deb inson psixikasiga o’zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo’lgan "birlamchi" xususiyat ekanligini tushuntirishga intiladilar. Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi birdan bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar; sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, Yung, Myuller, Gelmols singari olimiar sezgi organlarining "Spesifik energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g’oyaning asoschisi sifatida logann Myuller qat’iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan har qaysi sezgi a'zosi hoh quloq, hoh ril, hoh teri bo’lishidan qat'iy nazar
Do'stlaringiz bilan baham: |