Adaptasiya (lot. Adaptare moslashtirmoq) - sezgi a'zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi.
Akkomodasiya (yunon. Akkomadatio - moslashish) - ko’zning turli masofadagi narsalami ko’rishga moslashuvi.
Analizator (yunon. Analusis bo’laklarga ajratish) - murakkab neyrofiziologik tizim, odamga ta'sir etuvchi qo’zg’alishlami idrok etish va uni tahlil qilish.
Afferentasiya (lot, afferens (afferentis) - keltiruvchi) - tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar orqali sezgi a'zclariga ta'sir etish asosida paydo bo’lgan nerv tizimiga kelib turish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |