6.Tuproqning donadorligini baholash uchun qaysi asbob jihozlar
kerak:
A. tuproq uchun elaklar to‘plami, o‘lchov tarozi va toshchalari
B. tuproq, metall shtativ, o‘lchov silindri
D. elaklar to‘plami, o‘lchov silindri, shisha naychalari, o‘lchov tarozisi
E. quritish shkafi, tarozi, metall shtativ.
186
6. Ovqatlanish gigiyenasi fani. Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limining
tekshirish obyektlari
Ovqatlanish gigiyenasi gigiyena fanining bo‘limi bo‘lib, oziq-ovqat
mahsulotlarining sifati va ularning inson organizmiga ta’sirini aniqlash
bilan birgalikda, aholining salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan
oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talablar, ularni tayyorlash, saqlash
va qo‘llashga qaratilgan sanitar-gigiyenik me’yoriy ko‘rsatkichlarni
o‘rgatuvchi fan. Ovqatlanish gigiyenasi fani fiziologiya, biologik kimyo,
mikrobiologiya, epidemiologiya, gelmintologiya, biologiya va boshqa
ovqatlanish muammolarini o‘rganuvchi fanlar bilan bog‘liq. Fan aholi
turli qatlamlarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish va yaxshilashga
qaratilgan ilmiy asoslar va amaliy tavsiyalar taqdim etish hamda xalq
xo‘jaligining turli jabhalarida ovqatlanish manbalarining sanitariya
holatini nazorat qilish tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Gigiyenist
va epidemiolog vrachlarini tayyorlashda ovqatlanish gigiyenasi asosiy
mutaxassilik fanlaridan biri hisoblanadi.
Amaliy tadqiqotlar va ilmiy-amaliy rejada ovqatlanish gigiyenasi
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, bir tomondan oziq-ovqat mahsulotlari va
energiyaning fiziologik ehtiyojini aniqlasa, oziq mahsulotlarining sifati-
ni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan birgalikda
yosh, jins, ijtimoiy va ekologik omillarni inobatga olib, ovqatlanish
tartibi va sharoitlarini yaratishga harakat qilinsa, ikkinchi tomondan
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
sanitar-gigiyenik va epidemiologik ekspertiza o‘tkazish chora-tadbirlari-
ni ishlab chiqaradi va oziq-ovqat korxonalarini qurish va ekspluatat-
siyaga topshirishda materiallarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Ovqatlanish gigiyenasi fanining maqsadi aholida ovqatlanish bilan
bog‘liq kasalliklarning oldini olishga qaratilgan ko‘nikmalarni shakllan-
tirish, ularda ovqatlanish holatini nazorat qilish tartibini tarkib toptirish,
aholining salomatlik holati va ovqatlanish bilan bog‘liq muammolarini
o‘rganish, oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini oshirishga
qaratilgan kompleks tibbiy-profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish-
dan iborat.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar tekshirishdan o‘tkazish sanitar-
epidemiologiya xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisob-
187
lanadi. Aholi salomatligini saqlash maqsadida aholi ovqatlanishi nazorat
qilinadi. Aholi salomatligi uchun mahsulotning ozuqaviy quvvatini va
uning zararsizligini aniqlash sanitar-gigiyenik tekshirishning asosiy
vazifalaridan biridir. Sanitar-gigiyenik tekshirish o‘tkazganda mahsu-
lotning organoleptik xususiyatlari aniqlanadi, uning gigiyenik ko‘rsat-
kichlar va talablarga mos kelishi, kimyoviy tarkibi o‘zgarishi va sababi,
bakterial zararlanishi va infeksiya manbalarining yuqishidagi o‘rni va
ovqatdan zaharlanishning mavjudligi, shuningdek, saqlash sharoitlari
o‘rganiladi. Shuningdek, mahsulot tarkibi, uning o‘zgaruvchanligi, uni
qayta ishlash yoki yo‘q qilinishi o‘rganiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar-gigiyenik tekshirish amaliyotda
murakkab va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Bu soha har taraflama
bilim va ularni turli vaziyatlarda qo‘llay olishni talab etadi. Bularga
laboratoriya tekshiruv usullarini bilish va bu usullarni to‘g‘ri qo‘llay
olish kiradi. Sanitar tekshiruvlarning qiyin vaziyatlarida sanitar shifokor
boshqa mutaxassislarni (mikrobiolog, toksikolog, veterina vrachlari va
b.) jalb qiladi. Yuqoridagilarga asosan oziq-ovqat mahsulotlarini
gigiyenik tekshirishdan to‘g‘ri o‘tkazish ovqatlanish gigiyenasi shifokori
faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar-gigiyenik tekshirish yo‘riqnoma
asosida olib boriladi. Sanitar-gigiyenik tekshirish SEOA ish rejasiga
asosan nazorat ostidagi obyektlarida ogohlantiruvchi va joriy nazorat
ko‘rinishida, ayrim holatlarda esa vaziyatga qarab rejasiz tartibda o‘tka-
ziladi. Bunday nazorat oziq-ovqat mahsulotlarini hamda tayyor
mahsulotlar va ularning sifatiga ta’sir qiluvchi vositalarni tekshirishdan
iborat (idish-tovoq, qadoqlash mahsulotlari, mahsulot ishlab chiqarishda
foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar) kiradi.
SEOA vrachining sanitar tekshirish o‘tkazishi, birinchi navbatda,
sanitar-epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lishi va quyidagi asosiy yo‘na-
lishlarni qamrab olishi lozim:
A) tez buziladigan mahsulotlarning sifat nazorati. Bu mahsulotlarni
epidemiologik jihatdan muhimligini hisobga olib, ularni tekshirishda
samarali termik ishlov berilganligiga urg‘u berish lozim. Shu bilan bir-
galikda, bakteriologik ko‘rsatkichlar aniqlanadi, sababi issiqlik yetish-
movchiligi natijasida yoki kamaytirilganda, jarayonning nosozligi
sababli bakteriologik ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin. Gigiyenik aha-
miyatga ega bo‘lgan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar ham aniqlanadi;
188
B) yangi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha gigiye-
nik talablar reja bo‘yicha nazorat qilinadi, shu bilan birga, yangi
materiallar asosida idish-tovoq va boshqa jihozlar ishlab chiqarish
nazorat qilinadi;
D) yangi biologik qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning sanitariya
nazorati organlari bilan kelishgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish
jarayoniga to‘g‘ri kelganligi nazorat qilinadi;
E) oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lmagan qo‘shimcha qoldiq, zaharli
kimyoviy qo‘shimchalar miqdori, og‘ir metall tuzlari va boshqalar
borligi nazorat qilinadi;
F) ovqatning biologik sifatini bolalar davolash-profilaktika muassa-
salarida va umumiy ovqatlanish joylarida nazorat qilish;
G) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi muassasalarda ov-
qat mahsulotlarining yaxshi sifati va tayyor ovqatlar sanitar tartibi usti-
dan laborator nazorat qilinadi.
Gigiyenik tekshirish 2 xil bo‘ladi: rejali va rejasiz (shoshilinch).
Rejali gigiyenik tekshirishda muassasalarda oziq-ovqat mahsulot-
larining asosiy ko‘rsatkichlarga (organoleptik, fizik-kimyoviy, bakterio-
logik) mos kelishi aniqlanadi.
Rejasiz sanitar tekshirish oziq-ovqat mahsulotlarini SEOA
bo‘yicha:
A) maxsus sanitar-epidemiologik ko‘rsatkichlar joriy sanitar nazorat
o‘tkazishga zaruriyat bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish-
ni tekshirish;
B) SEOA yuqori tashkilotlar tomonidan berilgan buyruqlar asosida
hakamlik sudlari bilan kelishmovchiliklar bo‘lsa, nazorat qiluvchi
organlar va xo‘jalik tashkilotlari bilan birgalikda;
D) buyruqlar asosida, shu jumladan, tergov va sud organlari arizasi
bo‘yicha;
E) oxirgi qaror bo‘yicha oziq mahsulotlarini tekshirgan nazorat or-
gani tomonidan o‘tkazilgan sifatli tekshiruv yoki veterinar-sanitar tash-
kilotlar ko‘rsatkichlari va o‘ziga xos gigiyenik yoki epidemiologik
asosga ega.
Bundan tashqari, rejasiz sanitar tekshirish oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish korxonalarida laboratoriyalar bo‘lmasa, xo‘jalik
shartnomalari asosida ham o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |