182
Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‘lgan manbalar juda ko‘p va
xilma-xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarish obyektlari (pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chorvachilik),
shahar sharoitida esa, xo‘jalik chiqindilari, ko‘cha supirindilari, sanoat
korxonalarining chiqindilari bo‘lishi mumkin. Aytish lozim-ki, sanoat
korxonalari oxirgi o‘n yilliklarda atrof-muhitni ifloslovchi asosiy
obyektlar bo‘lib qolmoqda va hattoki qishloq
aholi yashash joylarining
ifloslanishida ularning tutgan o‘rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: birin-
chidan zararli moddalarning manbai bo‘lgan korxonalarni shahar
hududidan chetga chiqarilishi bo‘lsa, ikkinchidan atmosfera havosiga
chiqariladigan gaz, tutun, chang, bug‘, kul ko‘rinishidagi
iflosliklar havo
oqimlari tufayli qishloq hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo
muhitidagi zararli moddalar atmosfera yog‘inlari orqali tuproq muhitini
ifloslovchi manbaga aylanadi (kislotali yog‘inlar).
Tuproqning kimyoviy ifloslanishi. Tuproq muhitining kimyoviy
ifloslanishi ilmiy texnika taraqqiyotining eng salbiy oqibatlaridan biri
hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan
tozalanishi juda
sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun ham
tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy
muhofazalash variantidir.
Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning o‘z-o‘zidan
tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‘z-
o‘zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi
mahsulotlargacha parchalanib ketadi va
mineral tuzlar, suv, CO
2
va
chirindi (gumus) ga aylanadi. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish jara-
yoni juda murakkabdir. Suyuq holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlana-
di, kolloidli moddalar va qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar sorbsiya-
lanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa, ularning fizikaviy va
kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli sharoitlarda par-
chalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‘lar tuproq
tarkibida bo‘ladigan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta’sirida
suv va CO
2
va chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi. Oqsilli mod-
dalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 1-bosqichda tuproq
mikroorganizmlari ta’sirida ammonifikatsiya
jarayoniga uchraydi
(nitrozo bakteriyalar-Nitrozomanas), 2- bosqichda esa aerobli sharoitda
nitritlargacha parchalanadi. Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar
(nitrobakter) ta’sirida nitratlargacha parchalanadi.
183
Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‘lon-
sa hidga ega bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. Demak, agar tuproqda aerat-
siya sharoiti yaxshi bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda yaxshi
ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning
parchalanishi uchun yuqori bo‘lmagan tuproq namligi hamda
bakteritsid
ta’sirga ega bo‘lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining
ahamiyati ham kattadir. Ammo, bu omillar ta’sirida tuproqning yuza
qatlami doimo toza bo‘lishi mumkin. Organik
moddalarning parchalani-
shi natijasida chirindi (gumus) hosil bo‘ladi.
Gumus – bu moddalar kompleksi bo‘lib, o‘z tarkibiga gemitsel-
lyulozalarni, yog‘larni, organik kislotlarni, mineral moddalarni, protein
komplekslarini va sanitar saprofitlarni oladi.
Laboratoriya tekshirishlari uchun tuproqdan namuna olish:
Tuproqning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini tekshirish
uchun tuproqdan namuna olish 2 ta 25 m
2
li maydonda amalga
oshirila-
di. Maydonning bittasi atrof-muhitni ifloslovchi manbaga yaqin, ikkin-
chisi undan uzoqda bo‘lishi kerak. Tuproqdan namuna tanlangan joy-
ning diagonallari bo‘yicha tuproq burg‘isi, parmalovchi asbob yoki
belkurak yordamida olinadi. Namunalar 5-8 joydan 0,8-1,5 kg atrofida
olinadi. O‘rtacha namuna miqdori 1-1,5 kg bo‘lib, bu
namunalar har xil
chuqurlikdan va tekshirish maqsadiga ko‘ra undan chuqurroq
qismlaridan ham olinishi mumkin. Olingan namunalar qopqog‘i yaxshi
yopiladigan bankalarga yoki polietilen qopchalarga solinib, og‘zi
mahkam berkitiladi, raqamlanadi va kuzatuv xati solinadi. Kuzatuv xati-
da namuna olingan joy chuqurligi, vaqti, tuproqdan namuna olinayotgan
vaqtdagi meterologik sharoitlar ham yozib qo‘yiladi.
Kuzatuv xati:
Masalan: Yer maydoni ….m
2
bo‘lgan uchastkadan tuproqdan
namuna olindi. Namuna olishdan maqsad……Maydonni ifloslantiruvchi
manbalar…(bor, yo‘q). Tuproqdan namuna….kg olindi,…….metr
chuqurliklardan.
Laboratoriyada tajriba o‘tkazish uchun tuproq namunasi tabiiy
sharoitlarda yaxshi quritilgan bo‘lishi kerak.
Bakteriologik tekshiruvlar uchun olingan tuproq namunalari steril-
langan asbob va idishlarga olinishi kerak. Olingan namunalar hajmi 200-
300 sm
3
bo‘lishi lozim. Olingan namunalarning saqlanish muddati 1-2
0
C
haroratda 24 soatgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: