191
gigiyenik tekshirish usullariga muvofiq o‘tkaziladi. Mahsulotning labo-
ratoriya tekshiruvi natijalari maxsus laboratoriya blankasiga yoziladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar ekspertizadan o‘tkazishdan maq-
sad, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va mahsu-
lotlarning ozuqaviy qiymati va inson salomatligi uchun
bexatarligi nazo-
rat qilishdan chiqarayotgan korxonalarga mamlakat tomonidan belgilab
berilgan standart va me’yorlarga bog‘liq. Mahsulotlarni saqlash, tashish
va tarqatish jarayonida o‘zining birlamchi xususiyatini: ta’mi, tashqi
ko‘rinishi, hidi o‘zgarishi, mahsulotga zararli aralashmalar va
mikroorganizmlar tushib ularni zararlashi mumkin.
Sifatiga qarab mahsulotlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1. Yaroqli (sifatli) – barcha standart talablarga to‘liq javob bera-
digan mahsulotlar. Bu mahsulotlarning iste’moli odamga zararli ta’sir
qilmaydi va chegaralanmagan miqdorda iste’mol qilishga tavsiya etiladi.
2. Shartli yaroqli – ma’lum bir o‘zgarishga uchragan
mahsulotlar,
ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish uchun tavsiya etilmaydi va ularga
ishlov (ko‘pgina hollarda termik) berish talab etiladi. Masalan: yangi
baliqning mushak to‘qimasida lentasimon gijjalar lichinkasi aniqlangan
bo‘lsa yoki leykoz, sil va oqsim kasalligi bilan kasallangan mollarning
go‘shti va b.
3. Ozuqaviy qiymati past bo‘lgan mahsulotlar ma’lum bir o‘zgarish-
larga uchrab, ozuqaviy
qiymati pasayadi, ularni tabiiy holatda iste’mol
qilish sog‘liq uchun xatarsiz hisoblanadi. Bunday mahsulotlarni ozuqa-
viy qiymati texnologik jarayonning buzilishi, saqlash sharoiti noto‘g‘ri
bo‘lishi hisobidan kelib chiqadi. Masalan: yog‘i kam sut, namligi
me’yoridan ortib ketgan non.
4. Falsifikatsiyalangan mahsulot – kamchiligini yashirish maqsadida
sun’iy qo‘shimchalar qo‘shish orqali olingan mahsulotlar. Masalan: kis-
lotalilik darajasi yuqori bo‘lgan sutga iste’mol sodasi qo‘shiladi. Bunda
sut tarkibidagi chirituvchi mikroorganizmlarning rivojlanishi to‘xtaydi
va mahsulot tarkibidagi C vitamini parchalanadi. Bunday sut mahsulot-
lari iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.
5. Surrogatlar – organoleptik ko‘rsatkichlari (hidi, ta’mi, rangi, tash-
qi ko‘rinishi) bilan shu mahsulotga o‘xshash, ammo kimyoviy tarkibi
umuman boshqa va sun’iy yo‘l bilan tayyorlangan mahsulotlardir.
Ushbu mahsulotlarga boshoqli o‘simliklardan olinadigan qahva, tabiiy
sharbatlar o‘rniga meva essensiyalari; mayonez, qora ikra, sun’iy asal
kabilar kiradi.
192
6. Yaroqsiz (sifatsiz) mahsulotlar – bu mahsulotlar tabiiy holda
ham, ishlov berilgan holda ham iste’molga
yaroqsiz hisoblanadi, chunki
ularning organoleptik ko‘rsatkichlari qoniqarsiz yoki odam organizmi
uchun zararlidir. Yaroqsiz mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida gel-
mintlarning lichinkalari, pestitsidlar va boshqa
zaharli moddalar bilan
organizmni zararlashi mumkin. Yaroqsiz mahsulotlarga mog‘orlagan
non, chiriyotgan go‘sht, sporalar bilan zararlangan unni misol qilib
keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: