F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Havo muhitining kimyoviy tarkibining fiziologik



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

3.4. Havo muhitining kimyoviy tarkibining fiziologik  
va gigiyenik ahamiyati 
                 
    
Atmosfera havosining tabiiy kimyoviy tarkibi troposfera qatlamida 
nisbatan barqarorligi ya’ni deyarli o‘zgarmasligi bilan ta’riflanadi: azot- 
78,08%, kislorod-20,95%, karbonat angidrid gazi-0,03% va 1% dan 
biroz ortiqcha miqdorda inert gazlar tashkil qiladi. Ammo insonlarning 
xo‘jalikdagi jadal faoliyatlari tufayli atmosfera havosining kimyoviy 
tarkibi keskin o‘zgarishga uchradi. Shuning uchun bugungi kunda Yer 
kurrasida ifloslanmagan havo muhiti  qolmadi desak mubolag‘a bo‘l-
maydi. Shunga qaramasdan havoning fiziologik va gigiyenik ahamiyati 
birinchi navbatda uning tabiiy kimyoviy tarkibiga bog‘liqdir. 
Amalda havo tarkibidagi barcha gazlar sayyoradagi ichki muhit - 
yerning tarkibi, kosmik moddalar, suv tarkibiga bog‘liqdir. Bunga faqat 
kislorod gazini kiritmaslik mumkin, chunki Yerda kislorodning paydo 
bo‘lishi suv bug‘larining dissotsiatsiyasi tufayli hosil bo‘lgandir. Bu 
jarayon bugungi kunda ham mavjud va bundan keyin ham shunday 
bo‘lib qoladi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi,  anorganik  moddalardan 
organik  moddalarning sintezlanishi (fotosintezi) tufayli hosil bo‘lishi, 
Yer atmosferasi tarkibidagi kislorodni to‘ldirib turuvchi muhim sharoit-
lardan biridir. Shunga ko‘ra, yer sathidagi yashil o‘simliklar (dengiz-


130 
 
lardagi fitoplanktonlar, o‘rmonlar, yer sathining o‘tlar va o‘simlik dun-
yosi bilan qoplanganligi) sayyoramiz uchun  “O‘PKA”  vazifasini baja-
radi. 
Kislorod gazi juda katta fiziologik ahamiyatga egadir, chunki bu 
gazsiz organizmda oksidlanish-qaytalanish jarayonlarini ketishini 
tasavvur qilish mumkin emas. Odam organizmi tinch holatda bo‘lganda 
minutiga  o‘rta hisobda 350 ml, jismoniy mehnat bajarganda -  minutiga 
5000 ml gacha kislorod sarflaydi. Odam organizmida amalda kislorod 
zaxirasi bo‘lmaydi, qonning kislorod bilan to‘yinishi esa, kislorodning 
parsial bosimi 160 mm simob ustuniga teng bo‘lgan  yoki bu qiymatga 
yaqin bo‘lgan hollardagina kuzatilishi mumkin va bunday sharoitga 
odam organizmi o‘zining evolyutsion rivojlanishi jarayonida moslashib 
qolgandir. Kislorodning bunday darajadagi parsial  bosimi faqat normal 
atmosfera bosimi sharoitidagina kuzatiladi. Yer sathidan yuqoriga ko‘ta-
rilish bilan atmosfera bosimining pasayishi kuzatilib, bunda kislorodning 
ham parsial bosimi kamayib boradi. 
Kislorodning  parsial  bosimini pasayishida organizmdagi qonning 
kislorod bilan to‘yinmasligini va kislorodga bo‘lgan tanqislik holatini 
keltirib chiqaradi. Odam organizmi amalda yer sathidan 1 km balandlik-
kacha ko‘tarilganda gipoksiya holatiga uchramaydi, chunki kislorodning 
parsial  bosimi u qonni to‘liq to‘yintirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 1,5-3 
km balandlikkacha odam organizmi bunday sharoitga tez moslasha olish 
xususiyatiga egadir, chunki bu jarayon eritrotsitlar tarkibidagi zaxira 
kislorodning va gemoglobin tarkibidagi kislorodning mobilizatsiya qili-
nishi  hamda  o‘pka ventilyatsiyasining fiziologik tezlashishi hisobiga 
sodir bo‘ladi (to‘liq kompensatsiyalanish zonasi). Yer sathidan 3 km dan 
6  km balandlikkacha ko‘tarilganda esa, to‘liq moslashish kuzatilmaydi, 
7 km dan yuqorisi esa kritik zona hisoblanadi. 8 km va undan yuqoriga 
ko‘tarilganda odam organizmi qo‘shimcha texnik vositalarsiz faoliyat 
ko‘rsataolmaydi (o‘lim zonasi). Shuning uchun 2-3  km dan yuqori 
balandliklarga ko‘tarilishda jismonan chiniqmagan shaxslar organizmida 
nafasning siqilishi, meteorizm, ko‘ngil aynishi, badan va yuz terisining 
bo‘zarishi, bosh og‘rishi, burundan qon ketishi, lablarning bo‘zarishi 
ya’ni gipoksiya holati belgilari kelib chiqadi. Bunday holatning kelib 
chiqishining oldini olish uchun birinchi navbatda badanni chiniqtirish, 
jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish katta ahamiyatga egadir. 
Yuqoridagi holatni tibbiy tilda balandlik yoki tog‘  kasalligi deb noml-
anadi. Bizning respublikamizning ayrim viloyatlaridagi tog‘li hudud-


131 
 
larda tog‘lik xalqlar yashaydi, bu aholi yashash joylarining yer sathidan 
balandligi 3 km va undan yuqoridir, ammo bu qishloqlarda yashovchi 
aholi o‘rtasida tog‘ kasalligining belgilari umuman kuzatilmaydi, chunki 
ularning organizmi shu sharoitga uzoq muddat davomida yashaganligi 
sababli moslashib ketgan va havodagi kislorodning parsial bosimi ham, 
atmosfera bosimining pastligi ham ular organizmiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmaydi.  
Yuqori balandliklarda parvoz qiluvchi avialaynerlarning passajirlari 
ham gipoksiya holatini boshidan kechirmaydilar, vaholanki samol-
yotning uchish balandligi 8-10 km ni tashkil etsa ham, chunki samolyot 
saloni germetik berkilgan bo‘lib va salonda sun’iy ravishda havo bosimi 
720-730 mm simob ustunga teng qilib ushlab turiladi. 
Atmosfera havosi tarkibida karbonat angidrid gazi 0,03-0,04% tash-
kil qiladi va bu gazning ahamiyati ham juda muhimdir. CO
2
  gazining 
fiziologik ahamiyati shundan iborat-ki, uning konsenratsiyasi katta 
bo‘lmagan miqdorlarda nafas olish markazini qo‘zg‘atish xususiyatiga 
egadir, shu bilan birga nafas olish aktini yaxshilaydi. Ammo, uning 
konsenratsiyasi 1% yoki 2% ni tashkil etsa, nafas yetishmasligi, nafas 
olishning tezlashishi holatlari kuzatiladi, 4% dan ortiq bo‘lganda esa 
organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. 
Karbonat angidrid gazi nafas olish orqali ajraladi, chunki organizm-
da ro‘y beradigan ko‘p biokimyoviy jarayonlarning oxirgi mahsuloti 
hisoblanadi. Bundan tashqari CO
2
  chirish  jarayonida, yoqilg‘ilarning 
yonishi, sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar oqibatida ko‘plab 
ajralishi mumkin. Agar tabiatdagi o‘simlik dunyosida kuzatiladigan 
fotosintez jarayoni bo‘lmaganda edi, atmosfera havosida uning miqdori-
ni juda tez to‘planishi kuzatilar edi. Bu gazning sanitar ahamiyati ham 
kattadir. So‘z turar joy binolar havosi haqida ketmoqda. Shu bilan birga 
sanoat korxonalari havosi, jamoat joylari, kasalxonalar palatalari havosi 
tarkibidagi CO
2
  gazining to‘planish holatlari kuzatilar edi. Shuning 
uchun bunday xonalar va binolar havosini sifatli shamollatib turish talab 
etiladi.  Turar joy  binolari  havosi tarkibida CO
2
  gazining REK 0,1% ga 
teng deb qabul  qilingan. Shu miqdordan ozgina ko‘payish organizmni 
zaharlanishga olib kelmaydi, ammo shu xonalar havosining iflos-
langanligidan dalolat beradi ya’ni antropogen ifloslanganligini ko‘r-
satadi. Shuning uchun CO
2
  gazi xonalar havosining ifloslanganligining 
qiyosiy ko‘rsatkichi sifatida qabul  qilingan. Oxirgi o‘n yilliklarda 
insonlarning jadal xo‘jalik faoliyatlari tezlashishi oqibatida va ko‘pincha 


132 
 
oqilona tashkil etilmagan xo‘jalik faoliyati tufayli CO
2
  ning atmosfera 
havosidagi  konsenratsiyasi ortib ketayotganligi kuzatilmoqda. Masalan, 
katta sanoat shaharlari  havosi tarkibidagi CO

gazining  konsenratsiyasi 
0,05-0,06% ga to‘g‘ri keladi. Uning atmosferadagi miqdorini 1,5-2 mar-
taga ko‘payib ketish muammosi butun dunyo muammosi deb qaralmoq-
da, chunki CO
2
 gazi yer yuzasida infraqizil nurlarni tutib qoladi, natijada 
shu joydagi iqlimni  o‘zgartirib yuboradi. Olimlarning hisoblariga 
qaraganda agar butun atmosfera bo‘yicha CO
2
  ning  konsenratsiyasi 
0,06% ga ortib ketsa, havoning  o‘rtacha harorati 4,5
o
C ga ko‘tariladi. 
Bunday kutilmagan oqibatlarni olib kelishiga zamin yaratadi ya’ni butun 
dunyo hududini cho‘l zonalariga aylanib ketish xavfini, qurg‘oqchilik, 
muzliklarning erib ketishi, Dunyo okeani sathining ko‘tarilib ketishi va 
juda katta hududlarda suv toshqinlariga sababchi bo‘lishi mumkin. 
Karbonat angidrid gazining bunday ta’sir samarasini  “ISSIQXONA 
SAMARASI”  deb baholanib, global muammolar qatoriga qo‘shilgan, 
chunki bunday ta’sir oqibatlarining ayrimlari hozirgi kunda qayd 
qilinmoqda. 
       Havo muhitining asosiy qismini azot gazi tashkil qiladi. Bu gazning 
insonlarning hayot faoliyatlaridagi tutgan o‘rni barchaga ayon. Azot gazi 
tabiatda doimo aylanib turadi, natijada yil davomida hayvon organizm-
lari va o‘simlik dunyosi tomonidan o‘rta hisobda 360 mln tonna azot 
o‘zlashtiriladi. 
Uning  o‘rnini to‘ldirish juda murakkab, masalan, 1 tonna yoqilg‘i-
ning yonishi natijasida bor-yo‘g‘i 15  kg azot hosil bo‘ladi. Shu kunga-
cha azotning organizmdagi fiziologik tutgan o‘rni to‘liq o‘rganilmagan. 
Azot atmosfera havosidagi kislorodni suyultirib turuvchi gaz deb 
hisoblanadi. 
Azot gazining Kesson kasalligidagi tutgan negativ o‘rni hamma-
mizga ma’lum. Kesson -  bu suv ostida faoliyat ko‘rsatadigan inshoot 
bo‘lib, suv osti tonnellarini qurish, ko‘priklar qurish, yer osti konlarda 
ishlash va boshqa suv osti ishlarini bajarishda kuzatiladi. Kessonli 
sharoitda ishlashda yuqori havo bosimi yaratiladi, bu esa u yerga 
suvning kirib ketishini oldini oladi. Bunday sharoitda ish bajarganda 
havo orqali qabul qilinadigan azot gazi organizmdagi suyuqliklar - qon, 
to‘qimalararo suyuqliklarda ko‘p miqdorda eriydi, normal sharoitda esa 
bunday jarayon kuzatilmaydi. Ana shunday sharoitda ish bajarib, keyin-
chalik suv ostidan yer sathiga tez ko‘tarilish oqibatida organizmdagi 
erigan azot tez va to‘liqligicha organizmdan o‘pka orqali chiqib ketishga 


133 
 
ulgurmaydi, natijada qon va boshqa suyuqliklarda gaz pufakchalarini 
hosil qiladi. Qon tomirlarining ana shunday gaz pufakchalari bilan 
to‘silib qolishi (gazli emboliya) bir  qator kasallik belgilarini keltirib 
chiqaradi, jumladan kuchli bosh og‘rishi, bo‘g‘inlarda og‘riq, to‘qima-
larda  g‘ichirlash sezgilarini uyg‘otilishi kabilar. Shuning uchun bu 
kasallikni “Kesson kasalligi”  deb nomlangan. Bunday kasallik holatlari 
kesson sharoitida ishlovchilarda yuqori atmosfera bosimidan normal 
bosimga tez o‘tish sharoitida sodir bo‘ladi. Kesson kasalligini oldini 
olish uchun yer sathiga juda sekinlik bilan ko‘tarilish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bundan tashqari kessondagi havoni geliy-kislorod aralash-
mali havo bilan almashtirish va bunday ishlarga faqat jismonan chiniq-
qan baquvvat odamlarni qabul qilish kerak. 
Klinik belgilari bo‘yicha kesson kasalligiga o‘xshash, ammo 
etiologiyasi biroz boshqacha bo‘lgan Dekompression kasallik turi ham 
mavjuddir. Bu kasallik normal atmosfera bosimidan birdaniga juda kam 
yoki past bosimga o‘tish sharoitida yuzaga keladi. Bunday tasodiflar 
yuqori balandliklarda parvoz qiladigan samolyot kabinalari, kosmik 
kemalar kabinalarining germetikligi buzilganda yuzaga keladi. Bunday 
sharoitda barcha qon tomirlarida erigan gazlarning havo pufakchalariga 
aylanishi kuzatiladi. Buning uchun odamlar hayotini saqlash maqsadida 
samolyot balandligini ya’ni uchish balandligini keskin pasaytirish 
tavsiya etiladi. 
Atmosfera havosining tarkibiga kiruvchi boshqa gazlardan ozon va 
geliy gazlarini ta’riflash kifoyadir. Troposfera havosi tarkibidagi ozon 
konsenratsiyasi foizning mingdan bir ulushiga to‘g‘ri keladi, ammo 
stratosfera qatlamida uning miqdori ancha yuqori, shuning uchun havo-
ning bu qatlamini shartli ravishda “ozon qatlami”  deb nomlanadi. Bu 
havo qatlamining ahamiyati juda katta bo‘lib, quyosh radiatsiyasi tar-
kibiga kiruvchi va yer sathigacha yetib keladigan ultrabinafsha 
nurlarning qisqa to‘lqinli qismini o‘zida tutib qoladi. Oxirgi o‘n yillik-
larda Antarktida qit’asining ustida ozon qatlamining yupqalashishshi 
haqidagi ma’lumotlar matbuot sahifalarida tez-tez uchrab turibdi. Bu 
fenomenni “Ozon teshigi” deb nomlandi. Bunday holat qutb doirasidan 
chetda (Qutb  orti) va ekvatorial hududlarda kuzatiladi. Bunga sabab 
tariqasida insonlarning hayot faoliyatlari natijasida atmosfera havosiga 
ayrim kimyoviy moddalarning yoki ularning birikmalarini (freonlar, azot 
oksidlari) ko‘p miqdorlarda chiqarilishi natijasida yuzaga keladi deb 
qaraladi. 


134 
 
       Geliy gazi biologik inert gazlar qatoriga kiradi. U azot gazidan yen-
gil. Bu gaz o‘pka to‘qimasini atelektazdan himoya  qiladi degan fikrlar 
mavjud (atelektaz-  o‘pkaning biror qismini  havosiz bujmayib qolishi). 
Bundan tashqari sun’iy atmosfera havosini suyultiruvchi gaz hisobida 
kam qatnashadi degan fikrlar bor. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish