2. Umumdavlat me’yoriy-qonuniy hujjatlar.
Atrof-muhit holati va kommunal obyektlarda SEOA shifokori
faoliyatida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
1) sanitariya qoidalari va me’yorlari (San Q va M).
2) davlat standartlari (DST);
3) qurilish me’yorlari va qoidalari (QM va Q)
4) sanitariya qoidalari (SQ);
5) asos bo‘luvchi buyruqlar, nizomlar;
120
3. Me’yoriy-uslubiy hujjatlar.
Amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarga, tarkibi bo‘yicha turli xil
bo‘lgan va ko‘p sonli bo‘lgan ko‘rsatmalar, uslubiy ko‘rsatmalar,
uslubiy tavsiyalar kiradi.
SN - tashkil qilinishi va o‘tkazalishi, yechiladigan vazifalari, maqsa-
di va boshqalarga ko‘ra ikki shaklda o‘rkaziladi:
1) ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN);
2) joriy sanitariya nazorati (JSN).
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN) - Davlat sanitariya na-
zoratining eng ahamiyatga molik bo‘lgan shaklidir.
Ogohlantiruvchi (oldini oluvchi) sanitariya nazorati - bu, yangi quri-
layotgan, ta’mirlanayotgan va kengaytirilayotgan obyektlarni joylash-
tirishda, loyihalashtirishda, qurishda, ta’mirlashda va ekspluatatsiyaga
qabul qilishda, hamda me’yoriy texnik hujjatlarni ishlab chiqishda,
yangi kimyoviy birikmalarni, ichimlik suvi, yangi qurilishlar, texnologik
jarayonlarni tatbiq etishda amaldagi sanitar-gigiyenik va sanitar-
epidemiologik qoidalar va me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qilish
maqsadida ilmiy tasdiqlangan gigiyenik me’yorlar va qonuniy
dalolatnomalardan iborat bo‘lgan, mukammal tadbirlar yig‘indisidir.
OSN bo‘yicha sanitariya shifokorining faoliyati va talablari quyi-
dagilarga asoslangan:
1) asos bo‘luvchi qonuniy hujjatlarga asoslanib;
2) amaldagi umumdavlat me’yoriy hujjatlarga asoslanib;
3) me’yoriy-uslubiy hujjatlarga asoslanib.
OSN ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi, ularning har biri bir necha
bosqichdan iborat.
Birinchi yo‘nalish. Yangi qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki
kengaytirilayotgan obyektlarni qurishda va loyihalashdagi OSN.
Ikkinchi yo‘nalish. Sanoatni qayta qurishdagi, polimer va yangi
qurilish materiallarini, yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqishdagi
OSN.
Loyihalashtirish va qurilishdaga OSN quyidagi bosqichlardan
iborat.
1-bosqich – qurilishdagi texnik-iqtisodiy asoslarni yoki texnik-
iqtisodiy hisoblarni ko‘rib chiqish, loyihalashtirilayotgan obyekt
bo‘yicha texnik qarorlarni va loyihani ko‘rib chiqish, obyektni qurishda
yer maydonini tanlash komissiyasi ishida qatnashish;
121
2-bosqich – turli kommunal obyektlar loyihalarini ekspertizadan
o‘tkazishda ishtirok etish, loyiha bo‘yicha xulosa va tavsiya berish;
3-bosqich – qurilish jarayonida sanitariya gigiyena qoidalari va
me’yorlariga rioya qilinishini nazorat etish;
4-bosqich – obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishda ishchi va
davlat hay’ati ishida qatnashish.
Birinchi va ikkinchi bosqichlar hamma muassasalar tomonidan Q M
va Q 1. 02. 01-85 “Korxona, bino va qurilmalarni qurish, loyiha hujjat-
larini tasdiqlash, ko‘rib chiqish tartibi va tarkibi” haqidagi qo‘llanmaga
asoslanadi.
Yangi polimer va qurilish-materiallarini, kimyoviy moddalar,
sanitar-texnik jihozlar ishlab chiqishdagi OSN.
Ushbu ogohlantiruvchi sanitariya nazorati uchta bosqichda
o‘tkaziladi:
1-bosqich – ilmiy texnika hujjatlari loyihasining sanitariya eksper-
tizasi;
2-bosqich – ishlab chiqarish sinalmalarida (sinovlarida) qatnashish;
3-bosqich – yangi texnika va hokazolarni ekspluatatsiyaga qabul
qilishda davlat hay’ati ishida qatnashish.
Joriy sanitariya nazorati (JSN) - bu, SEOA xodimlari tomonidan
rejali ravishda bajariladigan joriy ishlardan iborat. Bu ishda SEOA
xodimlari inson organizmiga va uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi
omillarni turli usullar bilan o‘rganadilar. Ularning ta’sirini kamaytirish
yoki umuman yo‘q qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini va amalga
oshirilishini nazorat ostiga oladilar.
Joriy sanitariya nazorati ogohlantiruvchi sanitariya nazoratining da-
vomi bo‘lib, foydalanish uchun topshirilgan obyektlarni boshqarish
jarayonida mavjud bo‘lgan ijobiy yoki salbiy tomonlarini aniqlash va
shu yo‘llar bilan inson sog‘lig‘ini saqlashda ishtirok etishdir.
Joriy sanitariya nazoratida sanitariya shifokori 4 xil sanitar-gigi-
yenik tekshirishlar o‘tkazadi:
1) rejali, chuqurlashtirilgan;
2) maqsadli, tezkor;
3) nazoratli (nazorat tartibida);
4) tanlov asosida.
Obyektni sanitar tavsiflash usuli gigiyena fanida qo‘llanilgan eng
birinchi usullar qatoriga kirsa ham, hozirgi kungacha o‘z mohiyatini
yo‘qotgani yo‘q va bugungi kunda ham sanitariya shifokorlarining
122
amaliy faoliyatida qo‘llanadigan, ilmiy tekshirish ishlaridagi asosiy
usullardan biri bo‘lib qolmoqda. Sanitar tavsifiy tekshirishlardan yakka
holdagi obyektlar (suv havzasi, turar-joy binosi va b.), hamda o‘z
tarkibida turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan obyektlar majmuasi
(aholi yashash joylari, kommunal obyektlar, sport zallari, suv sporti
saroylari, hammom, kirxona, DPM, dorixona va b.)da ham o‘tkazish
mumkin. Sanitar tavsifiy usul obyektni sanitar tekshirishdan o‘tkazish-
ning birinchi qismi hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa, ko‘p qirrali
va murakkab asbob-uskunalar bilan tekshirish usullari, o‘rganilayotgan
obyektda bor bo‘lgan zararli omillarga nisbatan inson organizmining
javob ta’sirlanishlarini tekshirish kabilar aniqlanishi mumkin.
Ana shunday kompleks gigiyenik tekshirish natijalari asosida turli
tabiatga ega bo‘lgan gigiyenik tavsiyanomalar majmuasi ishlab chi-
qiladi. Atrof-muhitdagi u yoki bu omilning inson organizmiga ta’sirini
o‘rganishda ishchilar jamoasi yoki aholini ommaviy tekshirishlardan
o‘tkazish talab etilib, bunda anketa-so‘rov usullarini qo‘llash lozim bo‘-
ladi. Bunday tekshirish natijasida o‘rganilayotgan omilning organizmga
umumiy ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratiladi.
Tekshirilayotgan obyektni sanitar gigiyenik tavsiflashda ko‘pincha
o‘rganilayotgan obyektdagi zararli omil bilan aloqada bo‘lgan shaxs-
larning shikoyatlari ham inobatga olinadi va olingan subyektiv ma’lu-
motlar ma’lum darajada tekshirishlarda asbob-uskunalar yordamida va
klinik tekshirishlarning o‘tkazilishiga asos bo‘ladi. Sanitar tavsifiy usul-
ni atrof-muhitdagi barcha obyektlar hamda aholining turmush va mehnat
sharoitlarini baholashda keng ko‘lamda qo‘llash mumkin. Bunday
obyektlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: suv manbalari, havo
muhiti, tuproq, turar joylar, aholining dam olish joylari, kasalxona,
maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |