106
2.8. Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi o‘z faoliyatida
ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratini olib boradilar.
Ogohlantiruvchi sanitariya
nazorati, sanitariya nazorati ishi-
ning barcha tarmoqlari; maishiy-kommunal, jamoat binolari, dam olish,
o‘quv binolari, bolalar muassasalari, jismoniy-tarbiya va sport inshoot-
lari, sanoat korxonalari, ishlab chiqarish sexlari, agregatlarni qayta
jihozlash, texnologik jarayonga o‘zgartirishlar kiritish, yangi texnologik
jihozlarni, texnologik jarayonlarni ishga tushirish va boshqalar, hamda
aholi turar joy binolari qurilishini rejalashtirish va obodonlashtirish va
hokazolarda olib boriladi.
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati quyidagi asosiy
elementlar-
ni o‘z ichiga oladi:
1. Barcha loyihalashtirilayotgan obyekt inshootlarni ro‘yxatga
olish.
2. Qurilish uchun ajratilgan yer maydonlariga rozilik berish.
3. Qurilish (qayta qurish) obyekti, inshootining loyihasini ko‘rib
chiqish, gigiyenik xulosa berish va tasdiqlish.
4. Qurilish (qayta qurish) mobaynida obyektning tasdiqlangan
loyihaga mos holda qurilayotganini muntazam nazorat qilish.
5. Qurilgan (qayta qurilgan), qayta jihozlangan obyektni, inshoot-
larni qabul qilishda ishtirok etish.
6. Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati sanitariya-gigiyenik muhit-
da, atmosfera havosi, suv havzalari, tuproqni muhofazalash va aholini
ichimlik suvi bilan ta’minlanish bo‘yicha ham olib
boriladi, ya’ni
atmosfera havosini (suvni, tuproqni) ifloslantiruvchi barcha muassa-
salarni, jumladan, sanoat korxonalari, sanoat va maishiy-xo‘jalik
manbalarini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish.
— Statsionar punktlarda tashqi muhitning sanitariya holatini
nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya tekshiruvini tashkil etish
va olib borish.
— Aholining kasallanish darajasining va unga ta’sir etuvchi
atmosfera havosini (suv havzalari va manbalarini, tuproqni)
muntazam reja asosida sanitariya-gigiyenik holatini o‘rganish.
– Yangi texnik
tozalagichlar, usullarni ishlab chiqish va ularni
sanitar-gigiyenik jihatdan sinovdan o‘tkazish.
107
– Ifloslanishni oldini olish va yo‘qotish bo‘yicha sanitariya-
gigiyenik vazifalarni belgilash: atmosfera havosini (suvni, tuproqni)
ifloslanishdan himoyalash yuzasidan vazirliklar, tashkilotlar, xo‘-
jaliklarga sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan
tadbiriy rejali vazifalarni taqdim etish.
7. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib borish davomida bar-
cha sanoat xomashyolari, oziq - ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklar,
sovun, maktab partalari, bo‘yoqlar va boshqa aholi salomatligiga salbiy
ta’sir etishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallarga sanitariya-gigiye-
nik normativlar, me’yorlar, qoidalar va davlat standartlarini (DavSt)
o‘rnatadi.
8. Kimyo va kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan eng so‘ngi,
yangi kimyoviy mahsulotlar, kimyoviy xomashyolarni
gigiyenik
baholaydi va davlat standartlarini belgilaydi.
9. Barcha yangi ishlab chiqarilayotgan biologik preparatlarni
(tirik va o‘lik
vaksinalar, tashxislovchi zardoblar, profilaktika va da-
volash maqsadida ishlatiladigan
bakteriofaglar, toksinlar, anatoksin-
lar, gamma globulin, kolibakterin, antifagin, barcha antibiotiklar,
lyumenessent xususiyatiga ega bo‘lgan antitelalar, allergenlar, tok-
soplazmoz prepa-ratlari, fibrinolizin va boshqalar) sanitariya-gigiye-
nik normalari va qoidalariga mos kelishi ustidan nazorat o‘rnatish va
ularni eng yuqori darajadagi zararsizligini ta’minlash. Preparatlar bar-
cha ko‘rsatkichlar bo‘yicha talab darajasida bo‘lganida institutlarning
bakterial nazorat bo‘limi (BNB) yoki zavodlarning
texnik nazorat
bo‘limi (TNB) tomonidan preparatlarning har bir ishlab chi-
qilayotgan seriyasiga, uning idishida preparatning ishlatilishi,
uni tayyorlagan institut (zavod), tayyorlangan sana, ishlab chi-
qilgan preparatning miqdori, uning xususiyati, davlat nazoratidan
o‘tganligi va uning seriyasining tartib raqami ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: