2.9. Joriy sanitariya nazorati
Sanitariya-epidemiologiya muassasalarining barcha bo‘limlari va
bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Joriy sanitariya nazorati
SEOAlarining kundalik olib borayotgan faoliyatlarini belgilaydi. Ularga
asosan quyidagilar kiradi:
1. Mehnat (tarbiya, o‘qitish) sharoitlarining sanitariya - gi-
giyenik jihatdan o‘rganish, ishlab chiqarish sharoitiga gigiyenik
108
jihatdan baho berish (texnologik jarayonning xarakteri, ishlab chiqa-
rish jarayonini
mexanizatsiyalanganlik darajasi, ishlab chiqa-
rish jihozlari va apparatlarning holati, sanitariya texnik qurilmalar va ji-
hozlar bilan ta’minlanganlik va boshqalar).
2. Tashkilotlar, kommunal muassasalar, o‘quv yurtlari, bolalar
muassasalari, ishlab chiqarish, jamoat va madaniy - maishiy binolar-
da sanitariya-gigiyenik normalar va qoidalarga rioya qilinishi bo‘yicha
doimiy, muntazam ravishda laboratoriya nazoratini olib borish.
3. U yoki bu salbiy omillarni aniqlash, ularni kamaytirish va ob-
yektlarning holatining yaxshilash bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab
chiqish.
4. Ishchilar, xizmatchilar, bolalar va o‘smirlar orasidagi kasallanish
shikastlanish hollarini o‘rganish, kasbiy zaharlanish, kasbkasallik-
larini oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha chora tadbirlar ishlab
chiqish.
5. Profilaktik ko‘riklarni tashkil etish va ularni o‘tkazish, o‘smirlar
va ayollarni ishlashlari ustidan sanitariya qonunchiligiga qattiq rioya
qilinayotganligi bo‘yicha nazorat o‘rnatish.
6. Bolalar va o‘smirlarning normal jismoniy rivojlanishi uchun
ularning salomatligini mustahkamlovchi va to‘laligicha fiziologik
talabalarga javob beruvchi sharoitlarni har tomonlama, chuqur
o‘rganish.
7. Maktabda, bolalar muassasalarida bolalarning kun tartibini va
ularni o‘qitishni gigiyenik qoidalarga mos kelishligini nazorat
qilish.
8. Havo, suv, suv havzalari va tuproq holatini gigiyenik jihatdan
o‘rganish va nazorat qilish.
9. Chegaralarni sanitariya muhofazasini ta’minlash.
10. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, ularni tashish, saqlash,
hamda sotish davrida sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qili-
nishini ta’minlash.
11. Aholini ratsional ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha tadbir
choralar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish.
12. Korxona ishchilarini sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha
kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni o‘tkazish.
13. Belgilangan rejada, jamoa shartnomalarida ko‘rsatilgan
sog‘lomlashtirish tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish
va ushbu tadbirlarning samaradorligini o‘rganish hamda sanitariya
109
gigiyenik me’yorlarga mos keladigan sog‘lomlashtirish bo‘yicha
“reja-vazifa”ni ishlab chiqish va tavsiya etish.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, sanitariya-epidemiologi-
ya xizmati muassasalari, sanitariya vrachining faloyatini asosiy qis-
mini joriy sanitariya nazorati (JSN) tashkil etadi. JSN rejali, maq-
sadli va kompleks tarzda olib borilishi lozim.
SEOA o‘z ishida quyidagi asosiy ish usullarini qo‘llaydi:
— nazorat qilinayotgan obyektni sanitariya holatini yozish usuli;
— laboratoriya va asboblar bilan tekshirish usuli;
Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati, atrof muhit omillarining
inson organizmiga ta’siri, odamlarning yashash va xo‘jalik sanitariya
sharoitlari, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar, aholi demografi-
yasi ma’lumotlarini ishlab chiqish va o‘rganishga asoslangan statistik
usul.
Sanitariya tekshiruv natijalari yakunida shu obyektning tekshiruv
maqsadiga muvofiq tavsiyalar berish uchun dalolatnoma tuziladi.
Tekshirilayotgan obyektni sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lsa, muddat-
lari ko‘rsatilgan holda kerakli tadbirlar o‘tkazish talab qilinadi.
Ular bajarilmaganda Bosh davlat sanitariya vrachi yoki uning muovini
O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya epidemiologik oso-
yishtaligi to‘g‘risida”gi qonunga, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeks”ga asosan ma’muriy chora qo‘llaydi.
Davlat subyektlari ustidan sanitariya nazorat davlat sanitariya nazo-
rati vazifalari bo‘yicha bepul o‘tkaziladi, xususiylashtirilgan korxonalar
va xususiy tijorat tizimlari ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan
mahsulotlarni laboratoriya nazorati, ularga ko‘rsatilayotgan sanitariya -
epidemiyaga qarshi xizmatlar pullik asosda o‘tkaziladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligini huquqlari:
SEOA o‘z oldilaridagi vazifalar, to‘laqonli bajarish uchun, muassa-
sa uning rahbaridan tortib, har bir xodimlarigacha keng miqyosi-
dagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan huquqlar berilgan.
Respublika va hududiy davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtali-
gi agentligi quyidagi huquqlarga ega:
• xodimlar mehnatini rag‘barlantirish maqsadida budjetdan
tashqari mablag‘lardan foydalanish;
• davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat masalalarini hal
etish uchun shartnoma asosida ilmiy tadqiqot institutlari, filiallar,
110
yetuk mutaxassislar, shu jumladan chet el mutaxassislarini shartnoma
asosida ishga jalb etish;
• qonunchilikda belgilangan tartib bo‘yicha tashqi iqtisodiy
faoliyat olib borish, banklar va boshqa kredit muassasalarida valyuta
hisob raqamiga ega bo‘lish;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda
o‘z tarkibida tegishliy tashkiliy-huquqiy formadagi ishlab chiqa-
rish muassasasiga ega bo‘lish;
• tegishli muassasalarda amaldagi qonunchilikka zid holdagi
buyruq va farmoyishlarni bekor qilish;
Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi yuqo-
ridagilarga qo‘shimcha ravishda quyidagi huquqlarga ega:
• O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
sanitariya - epidemiologiya muassasalarining boshqaruv tizimining
isloh qilish, takomillashtirish, rag‘batlantirish, moddiy-tex-
nik bazasini mustahkamlash mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yi-
cha takliflar berish;
• joylardagi SEOA va Davlat hokimiyat organlari, tashkilot,
muassasalar va birlashmalardan, mulkchilikni shaklidan qat’iy
nazar belgilangan tartibda Respublikan davlat sanitariya
—
epidemiologiya markazi vazifalaridan kelib chiqqan holda kerak-
li axborotlarni talab qilish va olish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududida, hamda qo‘shni davlatlar-
dagi sanitariya-epidemiologiya holati bilan bog‘liq bo‘lgan masa-
lalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoshidagi
favqulodda epidemiyaga qarshi komissiyada ko‘rish uchun masa-
lalar kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |