1. Barg nima?
A) o’simliklarning muhim biologik jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi.
B) o’simliklarning muhim biologik jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi organi.
C) o’simliklarning muhim biologik jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi organi.
D) o’simliklarning muhim biologik jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi organi.
2. Barg necha qismdan tashkil topganini aniqlang?
A) uch qismdan: barg yaprog’i va barg bandidan, xamda yonbargchalardan tashkil topgan
B) barg yaprog’idan iborat
C) barg po’sti, ustunsimon to’qima, bulutsimon to’qima, nay tolali bog’lamlardan tashkil topgan
D) asosan ikki qismdan: barg yaprog’i va barg bandidan tashkil topgan
3. Barglarning qaysi qismi ayrim o’simliklar barg bandining pastki qismida bo’ladi?
A) tikanlari B) barg bandi bo’g’ini C) yon bargchalar D) tuklar
Do'stlaringiz bilan baham: |