Birlamchi kosmik nurlar -
protonlardan (92%), alfa zarrachalari
(7%) va zaryadi 10 dan ortiq bo‘lgan atom yadrolaridan iborat. Kosmik
nurlanishlar galaktika tumanlaridan va quyosh sathida sodir bo‘ladigan
termoyadro reaksiyalaridan hosil bo‘ladi.
Ikkilamchi kosmik nurlanishlar -
kosmik nurlar yer yuzasiga yetib
kelishi jarayonida atmosfera havosi tarkibidagi atomlar va boshqa kim-
yoviy elementlar bilan reaksiyaga kirishib, boshqa atom va moleku-
lalarning ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan fotonlarni hosil qiladi.
Ularning qiymati geografik kenglikka bog‘liq, uning eng yuqori qiymati
geografik qutb kengliklarida kuzatiladi.
Yer qobig‘iga bog‘liq bo‘lgan tabiiy radioaktiv manbalar-litosfera,
gidrosfera, atmosfera, o‘simliklarda va hayvon organizmlaridagi RM.
Bu elementlarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1.Uran (
238
U), toriy (
232
Th ) va aktinouran (
235
AcU) oilasiga mansub
bo‘lgan radioaktiv tarkibga kiruvchi radioizotoplar.
2.Yuqoridagi oila bilan genetik bog‘liq bo‘lmagan radioaktiv
elementlar: kaliy (
40
K), kaltsiy (
48
Ca), rubidiy (Ru) va b.
3.Tog‘ jinslari, yer qobig‘ini tashkil qiluvchi moddalar hamda tup-
roq tarkibidagi kosmik nurlanishlar ta’sirida to‘xtovsiz hosil bo‘lib
turadigan radionuklidlar. Inson organizmiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
yillik nurlanish dozalari. Aholining nurlanish dozasiga antropogen
manbalarda ionlantiruvchi nurdan foydalaniladigan rentgen diagnostika
294
tekshirishlari eng katta hissa qo‘shadi. O‘zR aholisi uchun AES dan
tashqari, barcha nurlanish hisobiga bo‘ladigan o‘rtacha shaxsiy samarali
nurlanish dozasi, taxminan yiliga 3,5 mZv (440 mkR/soat) ni tashkil
qiladi.
Organizmga nurlanish ta’sirining biologik samarasi.
Nurlanishlarning inson organizmga ta’siri 2 guruhga bo‘linadi:
- 1 guruh — somatik (deterministik) samaralar: nurdan kuyishlar,
katarakta (ko‘z gavharining xira tortishi), nur kasalligi, gemopoezning
buzilishi, bepushtlik, alopetsiya.
- 2 guruh — stoxastik samaralar: genetik buzilishlar, umr ko‘rish
muddatining qisqarishi.
9.4-rasm. IN biologik ta’siri.
Ushbu samaralarning har biri uchun biologik ta’sirning ba’zi bir
xususiyatlari xos bo‘ladi:
Deterministik samaralar:
- bo‘sag‘a doza samarasi mavjudligi (nurlanishning boshlang‘ichdan
oldingi dozasi bunaqangi biologik ta’sir ko‘rsatmaydi);
- biologik o‘zgarish qiymati nurlanish dozasiga to‘g‘ri praportsional.
Stoxastik samaralar uchun:
- boshlang‘ich doza yo‘qligi;
Ta’sir samaraning yuzaga chiqish mumkinligi nurlanish muddatini
oshirish bilan o‘sib boradi. Natijada genetik o‘zgarishlar, xavfli o‘sma-
lar, umr ko‘rish muddatining qisqarishi yuzaga keladi.
Ko‘rsatilgan samaralar asosida ionlantiruvchi nurlanishning hujayra-
ga bevosita yoki bilvosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘l-
magan)ta’sir ko‘rsatishi yotadi.
295
Ionlantiruvchi nurlarning hujayralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevo-
sita) ta’siri: oqsil molekulasini parchalashi, DNK ning jarohatlanishini
keltirib chiqarishi, mustahkam bo‘lmagan bog‘larning uzilishi, radikal-
larning ajralishi, boshqa denaturatsion o‘zgarishlarni kelib chiqishi.
Ionlantiruvchi nurlarning hujayralarga bilvosita ta’siri: nurlan-
gan xujayradagi xromosom apparat mexanizmining jarohatlanishi, xu-
jayralarning tiklanishi va tabaqalanish jarayonlarini qurshab olinishi,
birlamchi jarayon hujayradagi suvga yutilgan nurlanish va yuqori
aktivlikka ega bo‘lgan ON+ yoki N+ ozod radikallarning hosil bo‘lishi
bilan belgilanadi.
Hujayralardagi eng muhim o‘zgarishlar:
a) nurlantirilgan hujayralarda bo‘linish mexanizmi va xromosomalar
apparati shikastlanishi;
b) hujayralarning yangilanish va taqsimlanish (differensiyalanish)
jarayonlari to‘silib qolishi (uzoq vaqtgacha bitmaydigan nurdan kuyish-
lar);
d) proliferatsiya va to‘qimalarning kelgusidagi fiziologik regenerat-
siya (tiklanish) jarayonlari to‘xtab qolishi (nurdan kuyish va boshqa
jarohatlanishlar).
Ionlantiruvchi nurlarning biologik ta’siri: umumiy olingan doza
qiymatiga, nurlanish davomiyligiga, radiatsiya turi (tashqi, ichki)ga, or-
ganlarning radiosezgirligiga, hujayralarning ta’sirchanligiga va individual
ta’sirchanlikka bog‘liq bo‘ladi.
IN ta’sirida yuzaga keladigan jarohatlar va samaralar eng avvalo nur-
lantirish dozasi va uning organizmga ta’sir qilgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar IN insonga o‘zaro ta’sirining somatik samaralari yiliga 0,5 Zv (50
ber/yil) va undan kattaroq dozadagi muntazam nurlantirishda namoyon
bo‘lsa, unda istalgan dozadagi uzluksiz nurlantirish ta’sirida stoxastik
samaralar xavfi oshishini kutish mumkin. Shu sababli 1985-yildayoq
qabul qilingan qarorga binoan, har qanday kichik dozadagi qo‘shimcha
nurlantirilish kanserogenez xavf oshishi bilan bog‘liqdir. Bu qaror IN
boshlang‘ichsiz ta’siri konseptsiyasiga muvofiq bo‘lib, o‘z kuchini saqlab
kelmoqda.
Tana a’zolarining radiosezgirligi. Barcha a’zolar ham IN ta’siriga
birdek ta’sirchan emas, bu esa “radiosezuvchanlik” (RS) tushunchasi
bilan ifodalanadi. Ular organlar sistemasiga ta’sirchanligi jihatdan 3
guruhga bo‘linadi: yuqori, o‘rtacha va past:
296
9.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |