Nazorat savollari
1. Mehnat gigiyenasi fani va vazifalari?
2. Mehnat gigiyenasining maqsadi?
3. Havfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tasnifi?
4. Fizik omillarga umumiy tavsif?
5. Mehnat gigiyenasida qo‘llaniladigan qonunchilik hujjatlari haqida
tushuncha?
6. Mehnat gigiyenasi bo‘limining obyektlari haqida tushuncha?
288
9. Radiatsion gigiyena fani haqida tushuncha. Radiologik
bo‘limning tekshiruv obyektlari haqida tushuncha
XIX asrning eng muhim kashfiyotlaridan biri - radioaktivlik va
ionlantiruvchi nurlarning kashf etilishi bo‘lib, ular insoniyatning xo‘jalik
faoliyatidagi ko‘plab sohalar, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, energetika,
shuningdek, harbiy sohada keskin burilish yasalishiga sabab bo‘ldi. Ayni
vaqtda inson faoliyatida ionlantiruvchi nur manbalari qo‘llanilmaydigan
sohani topish mushkul. Biroq ushbu buyuk kashfiyotlar amalga oshiril-
ganidan so‘ng tez orada barcha ionlantiruvchi nurlar organizm uchun
xavf tug‘dirishi aniqlanib, shu bois radiatsion xavfsizlikni ta’minlash
bo‘yicha tadbirlar tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ldi.
Radiatsion gigiyena fani va uning vazifalari .Radiatsion gigiyena
bu – INM inson organizmiga ta’sir qilishining shart-sharoitlari va oqibat-
larini o‘rganuvchi va ionlantiruvchi nur manbalarining organizmga salbiy
ta’sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiquvchi fan.
Bu fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
- xalq xo‘jaligida INM turlari va foydalanish sharoitlarini o‘rganish;
- nurlantirish turi, dozasi, nurlantirish vaqti va boshqa radiologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nurlanishning salbiy ta’sir qilish
ehtimolini aniqlash;
- sanitariya qoidalari va radiatsion xavfsizlik me’yorlarini ishlab
chiqish;
- sanitariya qoidalari va radiatsiya xavfsizligini insonlarning amaliy
faoliyatiga tatbiq qilish.
Bu masalalarni hal qilish uchun radiobiologiya bilimlariga ega bo‘-
lish, shu bilan birga yadro fizikasi asoslari haqida aniq tasavvurga ega
bo‘lish kerak.
1895-yili nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen tomonidan ionlan-
tiruvchi nurlar kashf etildi. Dastavval bu nurni olim “X-nurlar” deb ata-
di. Germaniya olimlari bu buyuk ixtirodan larzaga tushishdi va Rentgen
kashf etgan nurlarni uning sharafiga “rentgen nurlari” deb atashga qaror
qilishdi. Yangi nurlarning o‘ziga xosligi shunda ediki, ular qora o‘rov
qog‘ozidan, inson tanasidan va barcha narsalardan o‘tib ketaverardi.
289
Ushbu kashfiyoti uchun V.K. Rentgen 1901-yilda Nobel mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
Radioaktivlik deganda, ayrim elementlarning o‘zgaruvchan atom
yadrolarining o‘z-o‘zidan o‘zgarishi natijasida boshqa nuklidga o‘tib
qolishi jarayonida, o‘zidan ana shunday nurlanishlarni tarqatishiga aytiladi.
Bu nurlar boshqa har qanday muhit orqali o‘tishi natijasida turli belgilarga
ega bo‘lgan ionlarni hosil qiladi, shuning uchun bunday nurlarning
barchasi “ionlantiruvchi nurlanishlar” (IN) deb nomlangan.
Ionlantiruvchi nurlar – bu o‘zi ta’sirga kirishadigan atomlarning
ionlanishi uchun yetarli darajada energiyaga ega bo‘lgan radiatsiyadir.
α- alfa-nurlar
β- beta-nurlar
j- gamma-nurlar
n- neytronlar, rentgen nurlari (Ax).
Bu nurlarning organizmga negativ ta’sir etishi mumkinligi haqidagi
ma’lumotlar amalda nurlar ixtiro qilingandan keyin ko‘p vaqt o‘tmayoq
ma’lum bo‘lgan. Nurlanishlarning organizmga ta’sir etishini shu sohada
ishlovchi ko‘pchilik tadqiqodchilar o‘zlarida sinab ko‘rganlar. Mas.,
Mariya va Per Kyuri bu nurlar bilan o‘zlarining qo‘l terilarini nurlantirib,
ularning ta’sir samarasini sinovdan o‘tkazganlar.
Radiatsion gigiyenada yadro fizikasi asoslari. Atomlarning har
qanday turi belgilar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin:
Z
A
S
yoki
s
z
A
bu yerda A – elementning kimyoviy belgisi;
s – atom og‘irligi;
z – atom raqami.
Atom tuzilishi
Atom yadrosi tuzilishi: Protonlar + neytronlar = nukleonlar;
Z — musbat zaryadli protonlar
(1,6 ∙10
-19
C);
Neytronlar — elektr zaryadiga ega emas (elektroneytral);
Nukleonlar miqdori davriy jadvaldagi element raqamiga va uning atom
og‘irligiga teng;
Bir xil tartib raqamiga ega, ammo og‘irligi turlicha bo‘lgan radio-
nukleidlar izotoplar deb ataladi. Izotoplarning parchalanishi nurlanish
ajralib chiqishi bilan birga kechadi.
Izotoplar — aynan bitta elementning atomlari bo‘lib, ularda pro-
tonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni turlicha bo‘ladi. Izotoplar bir
290
xil kimyoviy tarkibga ega, biroq yadro xususiyatlari (barqarorligi va
og‘irligi) salmoqli farqlanadi.
Radioaktiv parchalanish – bu atom yadrosidan juda katta tezlikda
atrof-muhitga tarqaladigan “elementar” zarrachalar (atomli va suba-
tomli) bo‘lib, odatda ularni radioaktiv zarrachalar yoki radioaktiv nur-
lanishlar deb atash qabul qilingan. Bunda deyarli hamma holatlarda ham
bir kimyoviy elementning atom yadrosi (demak atomning o‘zi), boshqa
kimyoviy elementning atom yadrosiga aylanib qoladi, yoki bir kimyo-
viy elementning bitta izotopi shu elementning boshqa izotopiga aylanib
qolishidir.
Radioaktiv parchalanish, huddi boshqa turdagi radioaktiv o‘zgarish
kabi, tabiiy (o‘z-o‘zidan, beixtiyor yuz beradigan) va barqaror atom
yadrosiga ichkaridan qandaydir zarrachaning tushib qolishi tufayli ro‘y
beradigan sun’iy bo‘lishi mumkin.
Alfa-
parchalanish (α -parchalanish) — Alfa - parchalanish - bu
atom yadrosidan alfa zarachalarning tarqatilishi bo‘lib, u 2 - ta proton va
2 ta neytrondan iboratdir. Alfa zarrachaning massasi 4 birlikka va
zaryadi +2 ga teng bo‘lib, amalda geliy atomining yadrosi hisoblanadi.
Alfa zarrachaning chiqarilishi natijasida yangi element hosil bo‘ladi.
9.1-rasm: alfa-parchalanish.
Alfa zarrachaning uchib chiqish tezligi 20000 km/sekundga teng.
Beta-
parchalanish (β-parchalanish) — Beta-parchalanish – radio-
aktiv parchalanishning (radioaktiv o‘zgarish) eng ko‘p tarqalgan turi
bo‘lib, ayniqsa sun’iy radionuklidlar o‘rtasida ko‘p uchraydi. Bu jarayon
amalda bugungi kunda fanga ma’lum bo‘lgan barcha elementlarda
kuzatiladi. Bu degani, har bir kimyoviy elementda, eng kam deganda
Do'stlaringiz bilan baham: |