Radioaktivlik
dt vaqt ichida parchalanuvchi radioaktiv moddalarning atomlar miqdori mavjud atomlar miqdoriga proporsional bo`lib, quyidagi nisbat bilan aniqlanadi:
Bunda λ – radioaktiv parchalanish doimiysi. Tenglamani integrallasak,
Bunda vaqtda mavjud atomlar soni, N – t vaqt o`tgandan keyingi ularning soni.
Yarim yemirilish davri T va parchalanish doimiysi quyidagi nisbatda bog`langan:
Parchalanish doimiysiga teskari miqdor radioaktiv atomning o`rtacha yashash vaqti deb ataladi.
Agar A radioaktiv preparatning biror miqdori berk idishga joylashtirilgan bo`lsa, A modda parchalanganida yana radioaktiv B preparat hosil bo`ladi, t vaqt o`tgandan keyin idishda B modda miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bunda vaqtdagi A preparatning miqdori, – A va B preparatlarning tegishligicha parchalanish doimiysi. Agar A preparatning yarim yemirilish davri B preparatning yarim yemirilish davridan ancha katta bo`lsa, oxirgi formula quyidagi ko`rinishni oladi:
Radioaktiv muvozanatda
Radioaktiv preparatning solishtirma aktivligi parchalanayotgan modda massa birligida bir sekunddagi parchalanish akti sonlari bilan aniqlanadi.
21.1. 1 million poloniy atomidan bir sutkada qanchasi parchalanadi?
21.2. 1 million radiy (radon) emanatsiyasi atomidan bir sutkada qanchasi parchalanadi?
21.3. 1 g radiyning 1 sek dagi parchalanish soni topilsin.
21.4. Aktivligi 1 kyuri radonning massasi topilsin.
21.5. Aktivligi parcha/sek ga teng poloniy miqdori topilsin.
21.6. Radon atom soni 1 sutkada 18,2% kamaysa, radonning parchalanish doimiysini toping.
21.7. 1) Uran va 2) radon larning solishtirma aktivligini toping.
21.8. Geyger – Myuller ionizatsiya schyotchiklarida radioaktiv preparat bo`lmaganda ham ma’lum “fon” bo`ladi. Shu fon kosmik nurlanishlardan yoki radioaktiv ifloslikdan vujudga kelgan bo`lishi mumkin. 5 sek da schyotchikda bir marta impuls beruvchi fon qancha radon miqdoriga muvofiq keladi?
21.9. Muayyan radioaktiv preparatning parchalanish tezligi ionizatsiya schyotchigi yordamida tadqiq etilmoqda. Boshlang`ich paytda schyotchik 10 sek da 75 marta impuls beradi. sek vaqt o`tganidan so`ng schyotchik 10 sek ichida necha marta impuls beradi? T≫10 sek deb hisoblansin.
21.10. Muayyan radioaktiv preparatning parchalanish soni λ=1,44∙ . Oradan qancha vaqt o`tgandan so`ng dastlabki atom miqdorining 75%i parchalanadi?
21.11. Tabiiy uran 3 xil izotoplarning aralashmasidan iborat. uranning miqdori nihoyatda oz (0,006%), hissasiga 0,71% tog`ri keladi, qolgan massani (99,28%) uran tashkil qiladi. Mazkur izotoplarning yarim yemirilish davrlari tegishlicha ,5 yil, 7,1 yil va 4,5 yil. Har bir izotopning tabiiy uran umumiy radioaktivligiga kirituvchi radioaktivlik protsent ulushini hisoblab chiqaring.
21.12. Radioaktiv parchalanishda radiy atomi yadrosidan uchib chiquvchi α- zarrachsning kinetik energiyasi 4,78 MeV. 1) α-zarracha tezligi, 2) α- zarracha uchib chiqayotganda ajraluvchi to`la energiyani toping.
21.13. 1 kyuri dozali radon: 1) 1 soatda va 2) o`rtacha yashash vaqtida qancha issiqlik miqdori ajratadi? Radondan uchib chiquvchi α- zarrachaning kinetik energiyasi 5,5 MeV.
21.14. 1 g uran parchalanish mahsulotlari bilan muvozanatda 1,07∙ Vt quvvat chiqaradi. Uran atomlarining o`rtacha yashash vaqtida bir gramm atom uran chiqargan issiqlikning to`la miqdori topilsin.
21.15. Bir soatda 1 g radiydan hosil bo`lgan radonning aktivligi nimaga teng?
21.16. Bir yilda 1 g radiyning parchalanishidan hosil bo`lgan geliy miqdori normla sharoitda 0,043 hajmni egallaydi. Bulardan Avogadro sonini toping.
21.17. Berk idish (ampula) ga 1,5 g radiyli preparat joylashtirilgan. vaqtdan keyin bu ampulada qancha miqdor radon to`planadi? Bunda T – radonning yarim yemirilish davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |