3.10. Kasalxonalarning yuqumli kasalliklar bo’limlari.
Yuqumli kasalliklarni kamaytirish va ularni samarali davolash uchun
yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni o’z vaqtida shifoxonaga yotqizish,
kasalxona ichi infektsiyasini oldini olish, bemorlarni qabul qilishdagi o’ziga xos
xususiyatlarga amal qilish, sanitariya tartibi va yuqumli kasallik bo’limida xizmat
qiluvchi xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya qilishlari
muhim ahamiyatga egadir. Yuqumli kasalliklar bo’limining rejalashtirilishi va u
yerda sanitariya-gigiyena tartibining sifatini baholashdagi asosiy mezonlardan biri
shu kasalxonaning kunning har qanday vaqtida ham bemorlarni hech so’zsiz qabul
qilishi, uni izolyatsiya qilish va davolash hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklar shifoxonasining oqilona rejalashtirish asoslari va undagi
sanitariya tartibi va qoidalari allaqachon ishlab chiqilgan.
1931-1937
yillardayoq
davolash
muassasalarining
qurilish
rejalarida
ko’rsatilganidek, yuqumli kasalliklar shifoxonasining asosiy funksional
bo’linmalari -qabul qilish va ko’rish bo’limi, izolyator, statsionar bo’lishi keraqligi
ko’rsatib o’tilgan.
Zamonaviy yuqumli kasalliklar shifoxonasi yuqorida bayon etilgan
vazifalarni bajarilishini ta’minlay oladigan holda qurilishi kerak.
Bemorlarni qabul qilish kasalxona qoshidagi ko’rish bokslarida amalga oshirilib,
ular quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
-
bo’limdagi 60 tagacha koykaga 2 ta boks
-
bo’limdagi 61- 100 ta koykaga 3 ta boks
-
bo’limdagi koykalar soni 100 tadan ortiq bo’lsa, umumiy koykalar sonining
3+1 qo’shimcha har 50ta o’ringa bokslar tashkil qilinadi.
Qabul bo’limi tarkibida bemorlarni sanitariya ko’rigidan o’tkazish, yuvintirish,
kiyintirish (sanitar ishlov berish) xonalarining tashkil etilishi shart va u bo’limdagi
bemorlar va xodimlar uchun xizmat ko’rsatadi. Bemorlarning ifloslangan
143
kiyimlarini, ko’rpa-yostiq anjomlarini saqlash uchun alohida xona tashkil etilishi
kerak.
Palatalar bo’limidagi muhim vazifalardan biri kasalxona ichi infektsiyasini
oldini olish hisoblanadi. Kasalxona ichi infektsiyasi bilan zararlanishni oldini olish
uchun ishonchli qurilish bo’lib bokslar hisoblanadi (boksning tuzilishi va tarkibiga
doir rasmni ko’rsatish).
Boks - bu bir necha xonalar majmuasi bo’lib (bemorlar uchun tashqaridan
kirish tamburi, xojatxona-vannaxona, palata, shlyuz), bemorni boshqa infektsiya
bilan og’rigan bemorlardan ajaratish maqsadida tashkil etilgan. Shlyuz boksni
bo’limning markaziy yo’lagi bilan bog’lovchi xonadir. Bemor boksga tashqi kirish
tamburi orqali kiradi, tibbiy xodimlar esa bemor bilan shlyuz orqali aloqada
bo’ladilar. Shuning uchun shlyuzda qo’l yuvish chig’anog’i, xalatlar uchun shkaf,
boksga ovvat kiritish va saqlash uchun stollar bilan jihozlanadi.
Yarim boks - huddi boksdagi xonalar majmuasidan iborat bo’lib, faqat tashqi
kirish tamburining yo’g’ligi bilan farq qiladi, yarim bokslardan tashkil topgan
sektsiyada bemorlar faqat shu turdagi kasallik bo’yicha davolanishi mumkin.
Boks va yarim bokslardagi koykalar soni 2 tadan oshmasligi kerak.
Sanitariya qoida va me`yorlariga muvofiq boks va yarim bokslarning kattaligi 1 ta
koyka uchun 20m
2
ni, 2 ta koyka uchun 22 m
2
ni tashkil etishi kerak.
Bundan tashqari bemorlarni 3-4 o’rinli palatalarga ham joylashtirish
mumkin, bunday sharoitda palatalar sektsiyasining hammasi bir turdagi kasallikka
mo’ljallangan bo’ladi (guruhlab izolyatsiya qilish prinsipi).
Palatalar bo’limi bitta yoki bir nechta palatalar sektsiyasiga mo’ljallab
rejalashtiriladi va uning tarkibida boks, yarimboks va palatalar bo’lib, ularning
nisbati bo’limdagi koykalar soni bilan belgilanadi (3.2.1-jadval).
3.2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |