F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Jarrohlik, yuqumlik kasalliklar va tug’ruqxona bo’limlariga bo’lgan



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

3.8. Jarrohlik, yuqumlik kasalliklar va tug’ruqxona bo’limlariga bo’lgan 

asosiy gigiyenik talablar 

Avvalgi  bo’limda  palatalar  bo’limiga  bo’lgan  umumiy  gigiyenik  talablar 

haqida  to’xtalgan  edik,  bu  talablarning  hammasi  jarrohlik  bo’limlari  uchun  ham 

to’liq tadbiq qilinishi kerak. Ammo, jarrohlik bo’limining muhim xususiyatlaridan 

biri shundan iborat-ki, bo’lim tarkibida tashkil etiladigan operatsion blokka bo’lgan 

talablarning o’ziga xosligidir. 

Operatsion  blokka  qo’yiladigan  asosiy  gigiyenik  talab  u  yerda  aseptika 

shartlarini  muntazam  ta’minlashdan  iborat.  Ma’lumki,  havo  muhitining  bakterial 

ifloslanishi operatsiyadan keyin yuzaga keladigan yiringlash va ularning miqdoriy 

ko’rsatkichlarini belgilab beradi. 

Zamonaviy ko’p o’rinli kasalxonalarda markazlashtirilgan operatsion bloklar 

qurilmoqda,  ammo  akusherlik  bo’limlari  va  yuqumli  kasalliklar  bo’limlarida 

operatsion blok aloqida tashkil etilishini talab etadi. 

Operatsion blok jarrohlik bo’limidagi palatalar va boshqa hamma xonalardan 

ajratilgan  holda  tashkil  etilishi  kerak.  Buning  uchun  operatsion  blokni  binoning 

alohida  qanotida  yoki  boshi  berk  bo’lgan  bino  bo’limida  tashkil  etish  orqali 

erishiladi.  Operatsion  blok  boshqa  xonalardan  ajratilgan  holda  bo’lishi  bilan  bir 

qatorda  kasalxonaning  boshqa  bo’limlari  bilan  issiq  o’tish  yo’llari  orqali  aloqada 

bo’lishi,  agar  kasalxona  bitta  ko’p  qavatli  binoda  joylashgan  bo’lsa,  jarrohlik 

bo’limi  va  tabiiy-ki,  operatsion  blok  ham  shu  binoning  yuqori  qavatida 

joylashtirilishi kerak. 

     


Operatsion  blokning  ichki  rejalashtirilishida  bir-biriga  aloqasi  bo’lmagan 

ya’ni  bir-biri  orqali  o’tmaydigan  toza  (aseptik)  va  yiringli  (septik)  bo’limlarga 

bo’linishi kerak. Bu bo’limlarning har birida barcha turdagi yordamchi xonalarning 

bo’lishi  shart.  Operatsion  bo’limni  rejalashtirishga  va  uni  jihozlashga  bo’lgan 




 

137 


 

muhim  gigiyenik  talablar  aerogen  infektsiya  va  ayniqsa  stafilokokkka  doir 

infektsiyani oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak. 

Operatsion  blokka  infektsiyalarni  olib  kirishda  xodimlar,  operatsiya  uchun 

zaruriy  bo’lgan  jihozlarni  olib  kirish,  bemorlarni  olib  kelishga  mo’ljallangan 

aravachalar  (katalka)  va  boshqalar  orqali  bo’lishi  mumkin.  Shuning  uchun 

operatsion  blokda  ishlovchi  xodimlar  blokka  albatta 

sanitar  ishlov  berish 

orqali 

kirishlari  lozim.  Sanitariya  ishlov  berish  xonasining  "iflos"  bo’limida  xodimlar 

yechinadilar  va  u  yerda  o’z  kiyimlarini  belgilangan  shaxsiy  shkaflarga  qo’yib, 

yuvinish bo’limi orqali "toza" zonaga o’tadilar. Bu yerda ham har bir xodim uchun 

shaxsiy shkaflar ajratilgan bo’lib, bunda ularning operatsion blokda kiyishi uchun 

mo’ljallangan maxsus kiyimlari saqlanadi.  

Operatsion  blok  tarkibiga  minimal  tarzda  operatsiya  xonasi,  operatsiyadan 

oldingi, sterilizatsiya, narkoz berish va materiallarni saqlash xonalari ajratiladi. 

Operatsiya  bloki  tarkibiga  kiruvchi  xonalarning  to’plami  kasalxonaning 

kategoriyasiga  bog’liq  bo’ladi.  Yirik  ko’p  sohali  va  ko’p  o’rinli  shifoxonalarda 

anesteziologiya xizmati, jonlantirish, operatsiyadan keyingi maxsus xonalar tashkil 

etilib,  u  xonalar  kislorod  bilan  davolash,  sun’iy  nafas  oldirish  (intensiv  terapiya 

palatalari)  apparatlari  bilan  jihozlanishi  kerak.  Bundan  tashqari  bunday 

kasalxonalarning  operatsion  bloki  tarkibiga  rentgen  xonasi,  instrument-material 

saqlash xonalari ham kiradi. 

Zamonaviy  ko’p  o’rinli  kasalxonalarda  anesteziologiya-jonlantirish 

bo’limlari  tashkil  etilgan  bo’lsa,  operatsion  blok  tarkibida  intensiv  terapiya 

palatalari tashkil etilmaydi. 

Operatsion blokning asosiy xonasi - operatsiya xonasi hisoblanadi va u 1 ta 

operatsiya  stoliga  mo’ljallanadi.  Operatsiya  xonalarining  miqdori  va  bo’limdagi 

30-40 koyka uchun 1 ta operatsiya stoli hisobidan tashkil etiladi. 

Operatsiya xonasining maydoni barcha jihozlarni joylashtirish uchun yetarli 

bo’lishi  kerak,  shuning  uchun  u  bo’limning  sohasiga  bog’liqdir.  Mas., 

umumjarrohlik  bo’limiga  taalluqli  bo’lgan  operatsiya  xonasining  kattaligi  36  m

2




 

138 


 

yurak  va  tomirlarda  jarrohlik  ishlarini  bajarish  uchun  tashkil  etiladigan  xonaning 

kattaligi 48 m

2

 dan kam bo’lmasligi kerak. 



Operatsiya  xonalari  shimoliy  rumblarga  qaratib  jihozlanadi,  bu  esa 

operatsiya  maydoniga  quyosh  nuri  oqimining  to’g’ridan-to’g’ri  tushmasligini 

ta’minlaydi,  xonadagi  mikroiqlimni  yaxshilashga  imkon  beradi,  hamda  jarrohlik 

asboblarining  nikellangan  yuzasidan  quyosh  nurining  yaltirab  akslanmasligini 

ta’minlaydi. 

Operatsiya  xonasida  tabiiy  yorug’likning  bo’lmasligi  maqsadga  muvofiq 

emas,  chunki  bunday  sharoitda  tibbiy  xodimlarning  toliqishlari  uchun  sharoit 

yaratiladi va ular organizmi uchun quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlardan 

to’liq  baxramand  bo’lmasligi  oqibatida  organizmda  silqovlanish  va  tez  toliqish 

holatlari  yuzaga  kelishi  mumkin.  Operatsiya  xonalarining  derazalari  yetarlicha 

katta  bo’lsa,  xonaning  yoritilganlik  darjasi  shuncha  yuqori  bo’ladi  va  yoritish 

koeffitsientining qiymati 1:2, 1:4 nisbati atrofida bo’lishi ta’minlanadi. Operatsiya 

xonasining  TYoK  -  1,5%  dan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Operatsiya  xonasi  sun’iy 

yoritish  manbalariga  ham  ega  bo’lishi  zarur:  bunda  xonaning  umumiy  yoritilish 

darajasi  500  lyuksga  va  mahalliy  yoritilganlik  ya’ni  opreatsiya  maydonini 

ta’minlovchi yoritilish darajasi 10000 - 15000 lyuksni tashkil etishi kerak. 

Aseptik  sharoitni  ta’minlash  operatsiya  xonalarini  puxta  qilib  tozalash  va 

dezinfektsiya  qilish  uchun  sharoit  yaratilish  orqali  erishiladi.  Shuning  uchun 

operatsiya xonasining devorlari moyli bo’yoqlar bilan moylanib, devorlar esa kafel 

bilan  qoplanishi  talab  etiladi.  Operatsiya  xonasi  bunday  jihozlangan  taqdirda 

devorlarni ho’llab artish yoki yuvish vositalari orqali tozalash uchun zaruriy sharoit 

yaratilgan bo’ladi. Devorlarni bo’yalganda uning rangiga alohida e’tibor qaratiladi, 

kulrang-ko’k  yoki  havo  rangda  bo’lishi,  shiftlari  esa  yaltiramaydigan  ranglarda 

bo’lishi nazarda tutiladi. 

Operatsiya  xonalari,  narkoz,  operatsiyadan  oldingi  xona  va  boshqa 

ixtisoslashtirilgan  xonalarning  pollari  o’zidan  suvni  o’tkazmaydigan  yoki  o’ziga 

suvni shimdirib olmaydigan  materiallar  bilan  qoplanishi kerak,  chunki bu  xonalar 



 

139 


 

tez-tez ho’l lattalar bilan artilib va dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan tez-tez yuvib 

turishni  taqozo  etadi,  hamda  bemorlarni,  material  va  jihozlarni  aravachalarda 

tashishga imkon beradi. 

Aseptika  sharoitini  yaratish  bundan  tashqari  yana  bir  qator  tadbirlarni 

bajarishni  taqozo  qiladi,  jumladan  operatsiya  blokining  xonalari  bir-biri  bilan 

tutashgan, ammo berk ya’ni boshqa bo’limlar bilan tutashmaydigan bo’lishi kerak, 

bunday  holat  xonalardagi  mikroiqlim  sharoitiga  ham  jiddiy  ta’sir  ko’rsatib,  xona 

havosi  tarkibida  xushsizlantiruvchi  moddalarning  bug’lari,  karbonat  angidrid  gazi 

va  mikroorganizmlarning  to’planishi  uchun  sharoit  yaratadi.  Operatsiya 

xonalaridagi  havo  muhitini  doimo  yaxshi  sanitar  holatda  bo’lishi  va  mikroiqlim 

sharoitlarini muvofiq holda ta’minlash maqsadida operatsiya xonasi konditsionerlar 

bilan  ta’minlangan  bo’lishi  kerak  yoki  bo’lmasa  havo  beruvchi  va  so’rib  oluvchi 

shamollatish  moslamalar  bilan,  hamda  xonaga  uzatiladigan  havoni  bakteriologik 

tozaligini  ta’minlaydigan  va  10  karralik  havo  hajmini  yetkazib  beraoladigan 

moslamaga ega bo’lishi kerak. 

Bunday sharoitda xonalardagi ifloslangan havoni so’rib chiqarish karraligi 5 

dan  kam  bo’lmasligi  lozim.  Xonalarga  uzatiladigan  toza  havo  yuqori  tarafdan, 

so’rib chiqariladigan havo esa xonaning pastki qismidan amalga oshiriladi. 

Operatsiya  xonasidagi  havoning  tozaligini  ta’minlash  uchun  operatsiyalar 

orasidagi  muddatda  havoni  tozalash,  pollarini  ho’llab  artish  va  havo  muhitini 

kvarts lampalari bilan zararsizlantirish talab etiladi. Havo muhitini kvarts lampalari 

yordamida  ultrabinafsha nurlar bilan  zararsizlantirish  navbatdagi  operatsiyadan  1-

1,5 soat oldin amalga oshirilishi kerak.  




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish