ayollarni patologiyasi bor yoki bemor tug’uvchi ayollardan ajratish (izolyatsiya)ni
ko’zda tutish kerak. Buni nazarda tutib tug’ruqxona va akusherlik bo’limlari
140
1. Patologik homiladorlik bo’limi - bu bo’limga homiladorlik vaqtida patologik
holatlar qayd qilinishi va homiladorlik asoratlari aniqlangan ayollarni qabul
qilinadi, lekin bunday bemorlar boshqa sog’lom homilador ayollar uchun hech
qanday xavf-xatar tug’dirmaydilar.
2. Fiziologik tug’ish bo’limi - bu bo’limga homiladorligi normal o’tayotgan ayollar
qabul qilinadi va bu ayollarda hech qanday kasallik bo’lmasligi kerak.
3. Tug’ishdan keyingi fiziologik bo’lim - bu bo’limda homiladorligi normal o’tgan
va tug’ish jarayoni ham hech qanday asoratsiz o’tgan ayollar uchun mo’ljallanadi.
Bu bo’lim tarkibida yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun palatalar tashkil etilgan
bo’ladi.
4. Observatsion bo’lim - bu bo’limga harorati yuqori bo’lgan homilador ayollar,
yiringli yaralari bor yoki boshqa turdagi yuqumli kasalliklari bor bo’lgan ayollar
joylashtiriladi; zamonaviy ko’p qavatli tug’ruqxonalarda bunday bo’limlar
binoning yuqori qavatida joylashgan bo’lishi kerak. Har bitta tug’ish bo’limi o’z
tarkibiga tug’ish zali yoki sektsiyasini olishi lozim, bundan tashqari operatsiya
bloki va umumiy xonalardan tashkil topgan bo’ladi. Har bir bo’lim sektsiyalarga
bo’lingan bo’lib, bu bo’limga kirishdan oldin shlyuz tashkil etiladi.
Tug’ruqxona bo’limining tug’ishdan keyingi palatalari 2-4 koykaga
mo’ljallab loyihalashtiriladi va jihozlanadi, onalar va bolalar birga yotadigan
palatalar esa 1 yoki 2 ta ona-bolaga mo’ljallangan bo’ladi. Har bir palata tarkibida
ham shlyuz, xojatxona va egiluvchan dush rajoklari bo’lishi kerak.
Onalar va bolalarni alohida yotqizish lozim bo’lganda, chaqaloqlar uchun 10
krovatchaga mo’ljallangan bo’lim tashkil etilib, u yerda hamshira uchun post
tashkil etiladi. Har bir bo’linma bir-biri bilan oynavand devor bilan ajratilgan
bo’lib, 5 ta palatadan tashkil topadi. Chaqaloqlar palatasining har birida qo’l yuvish
chig’anog’i bo’lib, suv qo’yiladigan jo’mrak yuqori qilib o’rnatilgan
bo’ladi,
chunki chaqaloqlarning tualeti uchun bu zaruriy hisoblanadi.
Tug’ruqxonada sanitar tartibga rioya qilish katta ahamiyatga egadir, va bu
tartib homiladorlarni qabul qilishdan boshlanadi.
141
Tug’ruqxona bo’limidagi qabul qilish-ko’rish xonasida barcha homilador
ayollar ko’rikdan o’tkaziladi. Tug’ruqxonada kam deganda ikkita ko’rish-kuzatish
xonasi tashkil etilgan bo’lib, ularning biri homiladorligi normal o’tgan va
fiziologik tug’ish bo’limiga tushuvchilar uchun bo’lsa, ikkinchisi observatsion
bo’limga qabul qilinuvchilar uchun tashkil etiladi. Birlamchi ko’rikdan o’tkazilgan
ayollar "filtr" xonaga o’tkaziladi va u yerda termometriya, qisqa tahlillar,
epidemiologik ma’lumotlarni aniqlash, badan terisidagi yiringli yaralarning bor-
yo’g’ligini tekshirish, gripp, murtaqlarning yallig’lanishi va b. kasalliklarning bor-
yo’g’ligi aniqlanadi. So’ngra homilador ayol yuqorida ko’rsatilgan bo’limlardan
biriga joylashtiriladi. Tuqqan ayollarni tug’ruqxonadan chiqarish ham fiziologik va
observatsion bo’limlar uchun alohida-alohida amalga oshiriladi.
Tug’ruqxonada sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun tug’ishdan
keyingi palatalarni siklik tarzda to’ldirish prinsipiga amal qilish katta ahamiyatga
egadir. Bu prinsipning mohiyati shundan iborat-ki, har bir palataga bir vaqtda
tushgan ayollar joylashtiriladi. Bunday qilingan taqdirda ularni tug’ruqxonadan
chiqarilishi ham bir vaqtda amalga oshiriladi va palatalarni puxta sanitariya
ishlovidan o’tkazishga imkon yaratiladi va keyingi qabulga tayyorlab qo’yiladi.
Xonalarning oqilona shamollatilishi ham muhim ahamiyatga egadir, bundan
tashqari xonalar kuniga kam deganda 3 marta ho’llangan latta bilan artilib
tozalanishi, tuqqan ayollar tug’ruqxonadan chiqarilganidan so’ng yumshoq va
qattiq inventarlarni sanitariya ishlovidan o’tkazish, toza choyshablardan
foydalanish, xodimlar va tug’uvchi ayollar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga
puxta rioya qilinishi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga yuqumli kasalliklar
aniqlangan taqdirda karantinga doir tadbirlarni amalga oshirishning mohiyati
kattadir. Tug’ruqxona ma’muriyati "sanitariya-epidemiologik holatni kuzatish
karta"sini tutishi maqsadga muvofiq bo’lib, bunda shu davolash muassasasidagi
yiringli-yallig’lanish kasallanish darajasi va ularni oldini olish tadbirlari, shu
jumladan stafilokkoklarni tashuvchilarni aniqlash uchun tibbiy xodimlarni
muntazam tekshirib turish, hamda havo muhitining bakteriologik tekshirishlardan
142
o’tkazish natijalari, jihozlar, yumshoq inventarlar, ona sutining bakterial tarkibini
tekshirish natijalariga doir tadbirlar va amalga oshirilgan tadbirlar yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: