F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Vaziyatga doir masalalar. 

1.

 Dala hovlilar joylashgan aholi yashash punktidan tibbiy yordam uchun 3ta oila 

murojaat  qilgan.  Murojaat  qilganlar  quyidagicha  shikoyatlarni  aytishgan:  qorinda 

og’riq,  tez  hamda  ko’p  qusish.  Bulardan  3-5  yoshdagi  bolalarning  ahvollari 

og’irroq.  Kasallik  kunning  o’rtasida  boshlangan  bo’lib,  jami  8  kishi  kasallangan. 

Uchta oila a’zolari turlicha ovqatlanganlar, ammo umumiy ovqat sifatida mahalliy 

aholidan sotib olingan sut iste’mol qilingan. Kasallik boshlanishidan bir kun avval, 

sut  sotgan  ayol  haridorlarni  ogohlantirib,  yendi  sutni  olib  kelmasligini  aytadi, 

chunki sigirining mastit bilan og’rib qolganligini bildirgan. 



 

104 


 

2. 

Toshkent  shahridagi  1-sonli  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasiga  bir  oiladan  8  ta 

bemor yotqizilgan bo’lib, ularning barchasi qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, qusish, 

ich  ketish,  haroratning  ko’tarilishi  kabi  shikoyatlarni  aytishgan.  Ayniqsa, 

bolalarning  ahvoli  og’irroq  bo’lgan.  Kasallanganlarning  barchasi  uy  sharoitida 

qaynoq  suvda  tayyorlangan  kremli  tort  iste’mol  qilishgan.  Tort  tayyorlash  uchun 

bir  oy  oldin  bozordan  sotib  olingan  tuxumdan  foydalanilgan  va  u  muzxonada 

saqlangan.  Kasallik  ich  ketish  va  haroratning  ko’tarilishi  bilan  boshlangan. 

Chaqirilgan  vrach  o’tkir  yuqori  nafas  yo’llarini  yallig’lanishi  deb  tashhis  qo’yib, 

shifoxonaga yotqizishni taqlif qilgan, lekin oila a’zolari uni rad etishgan. Ikkinchi 

kuni  12  yoshli  qizni  o’ta  og’ir  (agonal)  ahvolda  kasalxonaga  yotqizilgan  va  u  15 

kuni  qilingan  barcha  muolajalarga  qaramasdan  vafot  etgan.  Oilaning  boshqa 

a’zolari  ham  turli  ahvollarda  gospitalizatsiya  qilingan  va  o’tkazilgan  davolash 

kursidan  so’ng  5-7  kunlari  uylariga  chiqarilgan.  O’lgan  qizni  yorib  ko’rilganda 

yarali  enterokolit,  o’pka,  yurak,  buyraqlarida  chuqur  o’zgarishlar,  toksik  nefrit, 

ingichka ichakda esa qon oquvchi yara borligi aniqlangan. 



3. 

Yuqumli  kasalliklar  klinikasi  (KIB)  ga  kam  quvvatlik,  qorinda  og’riq,  ko’ngil 

aynishi,  ich  ketish  kabi  shikoyati  bor  bo’lgan  bemor  yotqizilgan.  Ko’rsatilgan 

kasallik  belgilari  ertalab  paydo  bo’lib,  bir  necha  soatdan  so’ng  bemorning  ahvoli 

og’irlashgan.  Ko’z  qovoqlari  shishgan,  nafas  olishi  og’irlashgan.  Bemor  ovqat 

iste’mol qila olmagan. Kechqurunga borib uning ahvoli yanada og’irlashgan, so’ng 

tez  yordam  chaqirilib,  bemorni  kasalxonaga  olib  kelingan.  So’rash  natijasida 

bemorning kasallanishidan oldingi kuni kechqurun «Gospital» bozori oldidagi pivo 

barida  uy  sharoitida  dudlangan  baliq  iste’mol  qilganligi  aniqlangan.  O’tkazilgan 

spetsifik  va  simptomatik  davolash  tadbirlari  natijasida  bemor  qoniqarli  ahvolda 

kasallikning 19 -kuni uyiga jo’natilgan. 

4. 

Yuqumli  kasalliklar  klinikasiga  ikki  oiladan  ko’ngil  aynishi,  tez-tez  qusish, 

bo’shashish,  qorin  sohasida  og’riq  kabi  shikoyatlar  bilan  7  kishi  yotqizilgan. 

Bemorlarning tana harorati me’yorida. Kasallik to’satdan 1 yanvar kuni erta bilan 

boshlangan.  Ikkala  oila  yangi  yilni  birga  kutib  olishgan.  Kasallanganlar  31 



 

105 


 

dekabrda  «SUT»  nomli  firma  do’konidan  sotib  olingan  va  hovlida  saqlangan  tort 

iste’mol qilganlar. 12 kishidan 7 kishi kasallangan. 

Taqlif  yetilayotgan  ovqatdan  zaharlanish  hodisasini  ko’rib  chiqing  va  quyidagi 

savollarga javob bering: 

1.

 



Bu qanday ovqatdan zaharlanish va u qaysi guruhga kiradi? 

2.

 



Zaharlanishni qaysi ovqat mahsuloti keltirib chiqargan? 

3.

 



Bemorlarga qanday tibbiy yordam ko’rsatish kerak? 

4.

 



Ovqatdan zaharlanish o’chog’ida qanday tadbirlarning o’tkazilishi kerak? 

5.

 



Shunday hodisalar qaytalanmasligi uchun oldini olish choralarini sanab bering. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish