Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va tebranishni tekshirish
Barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalarida inson organizmiga nomuvofiq
ta’sir etuvchi omillar ko’p. Ishlab chiqarish sharoitida mexanik tebranma harakatlar
bilan yuzaga keluvchi zararli omillarga shovqin, infratovush (IT), ultratovush
(UT), tebranish kiradi. Hozirgi davrda halq ho’jaligining turli tarmoqlarida texnik
qurilmalar, mashinalar, yuqori tovushli manbalarni kirib kelishi aholi salomatligiga
salbiy ta’sir etib, kasb kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq shovqin – bu turli intensivlikdagi (kuchdagi) va
chastotadagi tartibsiz o’zgaruvchan tovushlarni jami bo’lib, ishlab chiqarish
sharoitida yuzaga keladi. Tovush to’lqini manbadan havoga tartibsiz ravishda
420
tarqaladi, u amplituda va chastota bilan harakterlanadi. Chastota – bu 1 sekunddagi
jami tebranishlar soni. O’lchov birligi – Gerts (Gts). Tebranish amplitudasi tovush
bosimini kattaligini belgilaydi. Shuning uchun tovush to’lqini aniq mexanik
energiya hisoblanib, vatt/sm
2
da o’lchanadi. Tebranish chastotasi tovushning
balandligini belgilaydi: qanchalik tebranishlar chastotasi yuqori bo’lsa, tovush
shuncha baland bo’ladi. Lekin inson qulog’i 20-20 000 Gts bo’lgan tovushlarni
qabul qiladi. 20 Gts dan kichik tovush – IT, 20000 Gts dan katta tovush – UT deb
ataladi. Ishlab chiqarish korxonalarida 50-5000 Gts bo’lgan tovush chastotasini
uchratish mumkin.
Shovqin yoki tovush kuchini o’lchashda logarifmik shkala – Bel (dB)dan
foydalaniladi. Boshlang’ich son 0 Bel – tovushni qabul qilish (eshitish) bo’sag’asi
deyiladi. Shovqin ortib borgan sayin, uning kuchi ham ortadi. Masalan, shivirlab
gapirish – 30 dB, soat chiqillashi -20 dB, avtomobil, tramvay yo’llarida – 80-90
dB, samolyot uchishida -130 db shovqin. Shovqin kuchi 140 dB ga borganda inson
qulog’ida noxush ta’sir uyg’otadi. Bu diapozon og’riq sezish bo’sag’asi deyiladi.
Sub’ektiv eshitish hissiyoti tovushning logarifmiga proportsional ravishda ortadi.
Yuqoridagi fizik-gigienik tavsiflarni ko’rib chiqib, shovqinni turli belgilar
bo’yicha sinflarga bo’lish mumkin.
1.
Kelib chiqishi bo’yicha – aerodinamik, gidrodinamik, metall...
2.
Spektral kengligi bo’yicha – keng chiziqli, tonal (yorqin tonli) Bu xususiyati
fizika kursida to’liq o’rganilgan.
3.
Vaqt bo’yicha taqsimlanishiga qarab – doimiy va doimiy bo’lmagan
(vaqtinchalik) shovqin turlari farqlanadi. Vaqtinchalik shovqin uzilib
turuvchi, impulsli, tebranuvchi bo’ladi (xushtak chalish, bolg’ani urish,
otishmalar).
4.
Chastotali tarkibiga qarab – past (1-350 Gts), o’rta (350-800 Gts), yuqori
(800 Gts va undan yuqori) chastotali shovqin.
Ishlab chiqarishda shovqinni o’lchash uchun SanQ va M 0120-01 “Ish
joylarida shovqinni RED gi sanitar me’yorlari”ga muvofiq o’tkaziladi.
421
Shovqinni jadalligini o’lchash uchun VShV-003, ShI-01 kabi asboblardan
foydalaniladi.O’lchash doimiy ish joylarida o’tkaziladi. Qabul qiluvchi qismi –
mikrofon ishchining qulog’i balandligi, ya’ni 1,5 m balandlikda va ishchi
mashinalardan 0,5- 1m uzoq masofada o’rnatiladi. Bunda yana xonadagi barcha
mavjud mashinalar ham ishchi holda bo’lishi kerak (4/3 qismi).
O’lchangan natijalar maxsus qayd qilish varaqasiga to’ldiriladi va me’yor bilan
solishtirilib, baholanadi.
Yaqin yillar ichida shovqin ta’siri bo’lmagan ishlab chiqarish sharoitini
topish qiyin. Shovqin inson organizmiga mahalliy va umumiy ta’sir etadi.
Shovqin ta’siri bo’lgan turli kasb egalarida esa kasb kasalliklari kelib chiqadi.
Mahalliy ta’siri oqibatida, yuqori chastotali shovqin ta’sirida og’ir quloqlik
(karlik) kasalligi paydo bo’ladi. Kasallik kelib chiqish mexanizmida quloqdagi
Kortiev a’zosi asab tolalarini oxirida atrofik jarayonlarni rivojlanishi sabab
bo’ladi. Eshitishni pasayishi asta-sekinlik bilan o’sib boradi. Shuning uchun sex
vrachi tibbiy ko’riklar vaqtida audiometriya tekshiruvi o’tkazishi kerak. Bundan
tashqari yana bir kasallik turi – quloqning nog’ora pardasi va o’rta quloqni
mexanik jarohatlanishi (yuqori shovqin kuchi ta’siri, portlashlar) ham
kuzatiladi. Shovqinning organizmga umumiy ta’siri quyidagi a’zolarda
namoyon bo’lishi mumkin - yurak qon-tomir tizimi, oshqozon ichak tizimi,
endokrin tizimi, asab tizimida. Ishchilarda bosh aylanishi, bosh og’rishi,
behollik, tez charchash, uyqu buzilishi, A/B ni ko’tarilishi, pulsni sekinlashuvi,
oshqozonni motorik funktsiyasini ishdan chiqishi, xotirani susayishi va x.k.
kuzatiladi. Klinikada bunday belgilarni jamlab, “shovqin kasalligi” deb tashhis
qo’yiladi.
Ishchi organizmiga shovqinni ta’sirini oldini olish uchun, bir qancha
profilaktik chora tadbirlar o’rnatilgan.
-
qonuniy choralar, me’yoriy hujjatlar o’rganish
-
shovqinni RED da ushlab turish, ish soatlarini chegaralash, shovqinsiz
moslamalarga almashtirish, shovqin yutuvchi ekranlar o’rnatish
422
-
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish – berushi, antifon, shlemofon (bu
SHXV shovqinni 10-50 dB gacha kamaytiradi)
-
korxonalarda ratsional ovqatlanishni tashkil etish, dam olish soatlarini
bo’lishi (tinchlantiruvchi kamera xonalar)
-
dastlabki va davriy tibbiy ko’riklarni tashkillashtirish, tor soha
mutaxassislarini (LOR vrachi, nevropatolog, terapevt vrachi) chaqirish,
audiometriya o’tkazish, A/Bni o’lchash, qon tahlili o’tkazish.
-
Dam olish oromgohlariga yo’llanma berish.
Ishlab chiqarishda yana bir keng tarqalgan zararli omil – bu tebranish
(vibratsiya)dir. Tebranish – ishlab chiqarish sharoitida tarang qattiq jismlarni
bevosita odam tanasiga yoki alohida qismlariga beriluvchi tebranma harakati
bo’lib, salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, metallarga ishlov berishda, pnevmatik
asboblar (drel) bilan ishlashda, transport vositalari boshqarishda kelib chiqadi.
Tebranish odam tanasiga berilishiga qarab:
- umumiy va mahalliy bo’ladi. Umumiy tebranish tayanch a’zolariga berilib,
butun tanaga tarqaladi. Mahalliy tebranish esa, qo’l, oyoqqa beriladi.
Hosil bo’lish joyiga qarab quyidagicha bo’linadi:
- transport tebranishi – traktor, buldozer, samosval mashinalari;
- transport-texnologik tebranish – yuk ortuvchi ekskavator avtomashinalari;
- texnologik tebranishi – statsionar mashinalar, ish joyidagi mashinalar.
Chastota tarkibiga qarab: past (2,4,8,16 Gts), o’rta (16, 31,5 va 63 Gts), yuqori
(31,5 va 63, 250, 500 va.x.k.) tebranishlarga bo’linadi.
Ish joylarida tebranishni o’lchash va baholashda VShV -003, IShV,
asboblari ishlatiladi. Tebranishni o’lchashda mehnat havfsizligi uchun tuzilgan
me’yoriy hujjat ko’ra, 3 ta o’q yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi. Mahalliy
tebranishni o’lchashda qabul qiluvchi qismi (datchik) qo’lning tebranayotgan
yuzasiga mahkamlanadi. Umumiy tebranishda statsionar jihozlar yonidagi ish
joylarida qabul qiluvchi maydoncha yuzasiga yoki o’tirgichiga o’rnatiladi.
423
Olingan natijalar SanQ va M 0122-01 “Ish joylarida mahalliy va umumiy
tebranishning sanitariya me’yorlari”ga muvofiq baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |