F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Pestitsidlar bilan ishlashda zaharlanishning oldini olish choralari



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Pestitsidlar bilan ishlashda zaharlanishning oldini olish choralari. 

Pestitsidlarni turar-joy binolari, suv bilan ta’minlash manbalari va chorvachilik 

ob’ektlaridan  200m  oraliqdagi  masofada  joylashgan  maxsus  omborxonalarda 

saqlash  lozim.  Bunday  omborxonalarda  ishlash  juda  xavfli  bo’lganligi  bois,  u 

yerda  faqat  tibbiy  ko’rikdan  o’tgan  va  pestitsidlar  bilan  ishlashga  maxsus 

ruxsatnomasi bo’lgan shaxslarga ruxsat beriladi. Zaharli ximikatlar va pestitsidlar 

omborida  gigiyenik  ratsional  tara,  yumshoq  tarani  mexanikka  almashtirish, 

binoni  nam  latta  bilan  tozalash,  sun’iy  ventilyatsiyadan  foydalanish  zarur 

(mexanik  ventilyatsiyani  ish  boshlashdan  1,5-2  soat  avval  yoqish  zaharli 

ximikatlar kontsentratsiyasini kamaytiradi). Omborxonalarda kuniga 6 soatgacha 

ishlash mumkin, granozan bilan ishlashda esa kuniga 4 soatdan oshmasligi lozim. 

Ish vaqtida shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur. 

Dorilashda  urug’larni  uzatish  va  dozalash,  zaharli  ximikatlarning 

suspenziyasini  tayyorlash,  urug’larni  dorilash  va  qoplarga  joylashtirish, 

ekiladigan  materialga  uzluksiz  ishlov  berish  to’liq  mexanizatsiyalashgan  va 

avtomatizatsiyalashgan bo’lishi zarur. Barcha texnologik jarayon germetik tarzda 

olib  borilishi  lozim.  Dorilangan  urug’larning  fungitsidlar  va  changlar  bilan 

zaharlangan  havo  so’rib  olinadi  va  filtrlanadi.  Shaxsiy  himoya  vositalaridan 

foydalanishdan tashqari, xodim ishlashning xavfsiz usuliga o’rgatiladi. 

O’simliklarga dori purkash va changlashda traktor kabinasi germetik yopilgan, 

toza  havo  bilan  ta’minlangan  bo’lishi  lozim.  Purkash  ishlarini  distantsion 

boshqaruviga ega bo’lish maqsadga muvofiq. 

Shamol  tezligi  4  m/s  dan  yuqori  bo’lganida  yer  usti  apparaturasi  yordamida 



 

408 


 

o’simliklarga  dori  purkash  va  changlashni  o’tkazish  mumkin  emas,  aerozollar 

bilan  ishlashga  shamolsiz  ob-havoda  yoki  yo’nalishini  hisobga  olib,  kuchsiz 

shamol (2 m/s gacha)

 

bo’lganida yo’l qo’yiladi.



 

Ko’pgina  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  yetishtirishda  (uzum,  sabzavotlar, 

mevalar  v.b.)  va  xususan,  pestitsidlar  bilan  ishlov  berilgan  dalalarda 

mexanizatsiyalashtirilgan  va  qo’l  ishlarini  bajarishda  nafas  yo’llari  va  teri 

qoplami  orqali  organizmga  pestitsidlar  tushishi  mumkin.  Ishlovchilarning 

pestitsidlar  bilan  muloqotini  maksimal  bosqichda  kamaytirish  maqsadida 

ularning  kimyoviy  ishlovdan  so’ng  dalaga  chiqish  muddatlari  reglamentlab 

qo’yilgan. Masalan, ftalofos bilan ishlov berilgan lavlagi dalasiga faqatgina 3-6 

sutkadan so’ng chiqish mumkin. 

Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish pestitsidlar va mineral o’g’itlarning 

ta’sir ko’rsatishini oldini oladi (kombinezonlar, respiratorlar, ko’zoynaqlar v.b.). 

Pestitsidlar  va  mineral  o’g’itlar  bilan  chaqirilgan  kasbiy  kasalliklarning 

profilaktikasi  uchun  tarkibida  terapevt,  nevropatolog,  ko’rsatma  bo’yicha 

dermatolog,  otolaringolog,  oftalmolog,  ginekolog  va  zarurat  bo’lganida  boshqa 

mutaxassislardan iborat hay’at ishtirokida tibbiy ko’riklar o’tkaziladi. 

Tibbiy-  profilaktik  chora-tadbirlar,  shuningdek  ishlovchilar  organizmining 

qarshilik  kuchini  oshirishga  yo’naltirilgan,  davolovchi-profilaktik  ovqatlantirish, 

davolovchi gimnastika, fizioterapevtik muolajalar va boshqalar amalga oshiriladi.  

Pestitsidlar bilan ishlash qat’iyan taqiqlangan shaxslar:  

-ayollar 50 yoshdan keyin, erkaqlar – 60 

-homilador ayollar va ko’krak bilan emizadigan ayollar 

-18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar hisoblanadi. 

O’zbekistonning  tuproq  sharoiti  kam  unumli  tuproq  mintaqasiga  kiradi, 

shuning uchun bunday tuproq muntazam ravishda 



mineral o’g’itlar

 bilan boyitilib 

turilishini  talab  etadi.  Mineral  o’g’itlar  o’z  o’rnida  kaliyli,  fosforli,  azotli 

o’g’itlarga bo’linadi. Lekin bular ichida asosiy mineral o’g’it sifatida azotli mineral 




 

409 


 

o’g’itlar  hisoblanib,  ular  barcha  turdagi  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  yetishtirishda 

keng foydalaniladi.          

        Azotli  o’g’itlar  ichida  juda  keng  ko’lamda  qo’llanadigan  o’g’it  selitradir 

(ammiaqli,  natriyli  va  boshqalar),  uning  ta’sir  etuvchi  asosiy  elementi  nitrat 

hisoblanadi. 

             Tuproqqa  yuqori  darajada  ishlov  berish  uning  hosildorligini  bir  me’rda 

bo’lishini  ta’minlaydi,  hamda  hosildorlikni  qo’tarishda  juda  muhim  omil 

hisoblanadi  va  yuqori  hosil  olishga  sharoit  yaratadi,  ammo  Ammo  selitradan 

nazoratsiz  va  ko’p  hollarda  asossiz  ravishda  foydalanishi  kuzatilishi  mumkin. 

Bunday  sharoitda  selitradan  ortiqcha  foydalanish  sharoitida  atrof  muhit  -  tuproq, 

suv,  yetishtirilayotgan  mahsulotlarning  nitratlar  bilan  ifloslanishidan  tashqari,  bu 

mahsulotlarning iste’mol sifati ham pasayadi. Bundan tashqari selitradan ortiqcha 

foydalanish  shu  sohadagi  ishchilar  organizmi  uchun  ma’lum  darajada  xavf 

tug’diradi.  Nitratlar  odam  organizmiga  ifloslangan  suv,  ovqat  mahsulotlari  orqali 

tushishidan  tashqari,  ulardan  foydalanishda  mexanizatsiyadan  to’liq  va  unumli 

foydalanmaslik sharoitida qo’llarning ifloslanishi, o’g’itlarning mikrozarrachalarini 

havo  muhitiga  o’tishi  va  nafas  orqali  organizmga  kirish,  so’lak  orqali  so’rilish 

kabilar natijasida nitratlarga doir zo’riqish holati kuzatiladi. 

           Bundan  tashqari  organizmga  nitratlarning  yuqori  miqdorlarda  tushishi 

dalada  ishlovchilar  organizmida  xavfli  o’sma  kasalliklarining  kelib  chiqishiga 

sharoit  yaratishi  mumkin.  Mas.,  nitratlarning  organizmga  tushishi  N  -

nitrozoaminlarningendogen  sintezlanishini  belgilab  beradi,  nitrozoaminlar  esa 

sezilarli  darajada  kantserogenlik  xususiyatiga  egadir.  O’zbekistondagi  qishloq 

aholisining  onkologik  kasalliklar  bilan  kasallanishida  nitratlarning  tutgan  o’rnini 

o’rganish  maqsadida  o’tkazilgan  tadqiqotlar,  nitratlarning  ortiqcha  miqdori  bilan 

onkologik  kasallanish  o’rtasida  korrelyatsion  bog’liqlik  borligi  aniqlangan.  Bu 

omilning  nomuvofiq  ta’sirini  oldini  olish  bo’yicha  ishlab  chiqilgan  tadbirlar 

guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin: 



 

410 


 

        1.Qishloq  xo’jaligida  tabiiy  azot  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish 

(tabiiy go’nglar, kompost va boshqalar); 

        2.Tuproqning    agrotexnik  holatini  hisobga  olib,  mineral  o’g’itlardan 

foydalanish va gigiyenik reglamentlar asosida tuproqqa solish, o’g’itlar tarkibidagi 

azot  miqdorini  albatta  inobatga  olish,  hamda  o’stirilayotgan  o’simlikning  turini 

hisobga olish katta ahamiyatga ega. 

        3.O’g’itlarni granula yoki donador holida ishlab chiqish va qo’llash , qaysiki 

havo muhitining ifloslanishini ma’lum darajada kamaytiradi. 

       4.Mineral  o’g’itlarni  qo’llashda  mexanizatsiyani  joriy  qilish  orqali  tuproqni 

parvarishlash. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish