Sanoat korxonalari ishchilariga davolash profilaktika yordamni
tashkillashtirish
Ishlovchilar salomatligini saqlash va mustahkamlash - tibbiyotning muhim
vazifasi hisoblanadi. Sanoat ishchilarining salomatligini mustahkamlanishi bir
tomondan salomatlikni mustahkamlanishidan guvoh bersa, boshqa tomondan esa
ishlab chiqarishda mehnat resursini saqlash imkonini berai. Undan tashqari
kasallanish ishlab chivarishga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Shifokor ishlovchilar
kasallanish bosqichsi va strukturasini belgilovchi omillarni bila olishi va hamda
kasallanish va mehnat sharoitlari va sanoat ishlab chiqarishi muhiti orasidagi
bog’lanishni aniqlay olishi kerak. Shu sababli aholiga tibbiy xizmat
tashkillashtirishda sanoat korxonalari ishchilariga alohida e’tibor qaratiladi.
Mehnat gigiyenasi shifokorni tayyorlashdagi muhim bir bosqich hisoblanadi
va u ishchi-xizmatchilarga tibbiy xizmatni ko’rsatishni amalga oshirishni
ta’minlaydi. Ishchilarning soni 4 mingdan ortiq bo’lgan yirik sanoat korxonalri o’z
tarkibida tibbiy-sanitariya qismlariga (TSQ) egadir. Ammo bir qator korxonalar
(tog’-kon sanoati, kimyoviy zavodlar, neft va gazni qayta ishlash korxonalari) da
iщshchilarning soni 2 mingdan oshgan taqdirda ham TSQ tashkil etiladi. Kichik
korxonalarning ishchilariga mahalliy poliklinika vrachlari xizmat ko’rsatadi,
korxonaning o’zida esa vrachlik yoki feldsherlik punktlari faoliyat ko’rsatadi.
332
TSQ - tibbiy muassasalar majmuasi bo’lib, uning tarkibida poliklinika, statsionar,
sanatoriy-profilaktoriy, hamda fizioterapevtik kabinetlar mavjud (fotariy,
ingalyatoriya xonasi va b.q.).
TSQ lar ikki turda bo’lishi mumkin: ochiq va yopiq turdagi tibbiy-sanitariya
qismlari. Yopiq turdagi TSQ faqat ana shu korxona ishchi va xizmatchilarga tibbiy
xizmat ko’rsatadi, ochiq TSQ esa, korxona ishchilar va shu atrofdagi aholiga ham
tibbiy-sanitariya xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
TSQ -larning asosiy vazifalari - ishchi va xizmatchilarga malakali va
ixtisoslashtirilgan tibbiy-xizmat ko’rsatish, hamda profilaktik tadbirlarni amalga
oshirishdir. TSQ-ning ishchilarga tibbiy xizmat ko’rsatishidagi tutgan o’rni juda
yuqori, chunki tibbiy xizmat ko’rsatishni ishchilarga bevosita yaqinlashtiradi,
mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlar majmuini amalga
oshiradi.
TSQ uchastka (sex) printsipi asosida faoliyat ko’rsatadi va u TSQ ning
asosiy ishchilari-terapevtlariga biriktirib qo’yiladi. Sex terapevti TSQ-ning asosiy
xodimi hisoblanadi. Sex terapevti davolash-profilaktika ishlarini kompleks tarzda
amalga oshirib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Davolash-profilaktika ishlari:
-poliklinikada bemorlarni qabul qilish, kasallikka tashhis qo’yish, ambulatoriyaga
doir davolanish talab etiladigan kasalliklarga davolash muolajalarini qo’llash;
-zararli kasbda ishlovchilar va organizmida kasbiy kasallik belgilari nomoyon
etilganlarni dispanser hisobiga o’tkazish
-vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik hollarini tekshirish (ekspertiza)
(VKK)
-ishchilarni tibbiy ko’riklardan o’tkazishni tashkil qilish va o’tkazish;
-ko’rik natijalariga ko’ra, kasalligi aniqlangan bemorlarni statsionarlarda
davolanishi uchun yo’llanmalar berish, sanatoriyalarga, parhezli ovqatlanishga,
fizioterapevtik davolanishlarga talon va yo’llanmalar berish;
333
-nogironlik haqidagi masalalarga qaror chiqarish yoki boshqa ishga o’tkazish
uchun tibbiy xulosalar berish (VTEK);
-tibbiy ko’rik natijalarini umumlashtirish
2.
Sanitariya gigiyenik, epidemiyalarga qarshi ishlar.
Bu guruhga kiruvchi tadbirlar ishlab chiqarish korxonalaridagi asosiy
sog’lomlashtiruvchi ishlar hisoblanadi. Uning sifatli bajarilishi korxonada
faqatgina kasbga oid kasalliklarning kamayishini emas, balki ishchilar o’rtasidagi
umumiy kasallanish bosqichsiga, mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Bu
guruhga quyidagi omillar kiradi:
a) - ish joylaridagi zararli omillarni aniqlash maqsadida texnologik jarayonlarni
o’rganish, ularni ishchi organizmiga ta’sir etish mumkinligi haqidagi xulosalarni
chiqarish;
-sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish
muhitidagi ayrim omillarning ta’sir etish jadalligini tekshirish va ularni gigiyenik
me’yorlar bilan taqqoslab baho berish;
-sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan hamkorlikda sog’lomlashtirish
tadbirlarini ishlab chiqish, DSENM tomonidan belgilangan tadbirlarning korxona
ma’muriyati tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
-shu uchastkada ishlaydigan ishchilar o’rtasida sanitariya faollarini tanlab, ularni
mehnat sharoitini o’rganish va tekshirishga o’qitish va tayyorlash;
b) korxona hududidagi umumiy ovqatlanish korxonalarini nazorat qilish -
ovqatlanish ob’ektlarining sanitariya holati, oziq-ovqat maxsulotlarining saqlanish
holati, ovqatlarni tayyorlash, ularni tarqatish, tayyorlangan ovqatlarning sifatini
nazorat qilish;
v) DSENM bilan hamkorlikda ovqatdan zaharlanish holatlari qayd qilinganda
zaruriy tekshirishlarni o’tkazish;
-atrof muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga
oshirish, jumladan:
-ish rejasini tuzish jarayonida bu vazifani inobatga olish;
334
-DSENM bilan hamkorlikda atrof muhitga chiqariladigan har qanday iflosliklarni
chiqarish manbalarini aniq hisobga olish;
-chiqindilarni tozalash inshootlarining ishini muntazam nazorat qilish;
-ma’muriyat oldiga chiqindisiz texnologiyani yaratish va o’rnatish masalalarini
qo’yish;
g) epidemiyalarga qarshi tadbirlar:
-ovqatlanish ob’ektlaridagi sanitariya holatlarini va bu ob’ektda ishlovchilarni
tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini nazorat qilish;
-korxonadagi suv ta’minotini nazorat qilish;
-yuqumli kasalliklarga chalinganlarni aniqlash va ularni tezlik bilan boshqalardan
ajratish (izolyatsiya kilish);
-rejali va shoshilinch vaktsinatsiyalarni amalga oshirish;
-korxona hududida dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiyaga doir
tadbirlarning qo’llanishi va o’tkazilishini nazorat qilish.
3. Sanitariya-oqartuv ishlari - ishchilarni ishlab chiqarish muhitida bor bo’lgan
omillarning organizmga ta’sir etish mumkinligi haqidagi, hamda umumtibbiy
masalalarga doir savollar bilan muntazam tanishtirib borish.
4. Tashkiliy ishlar - ish rejalarini tuzish, hisobotlarni tayyorlash, majlislarda
ishchilarni sog’lomlashtirish va korxona muhitini sog’lomlashtirishgan doir
tadbirlarni muntazam o’tkazilishiga doir chiqishlar qilish.
Alohida aytish lozim-ki, agar qoida bo’yicha davolash-profilaktika ishlari
yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, sex vrachining qolgan ish guruhlariga doir
bajaradigan ishlari yetarli bosqichda o’tkazilmaydi. Bu eng ko’p bosqichda
sanitariya-gigiyenik tadbirlarga taaluqlidir.
Sanoat korxonalarini xususiylashtirilishi boshlangandan so’ng juda ko’p kichik va
o’rta korxonalar paydo bo’la boshladi va bularning aksariyat qismi xususiy
korxonalardir.
Ammo, O`zbekiston Respubliksining
Do'stlaringiz bilan baham: |