F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

VII BOB. MEHNAT GIGIYENASI 

7.1. Mehnat gigiyenasi va ishlovchilar salomatligini muhofaza qilish

 

 



Mehnat  inson hayoti  va  faoliyatida  muhim  o’rin tutadi. Inson  hayotining 

ko’p  qismida  ishlab  chiqarish  yoki  qishloq  xo’jaligi  sohasida  jamoaviy  foydali 

mehnatda  qatnashadi.  Ishlab  chiqarishda  mashg’ul  bo’lganlarning  yarmisini 

ayollar tashkil qiladi. 

 

Oxirgi o’n yillarda sanoat va qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarida yangi 



texnika va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog’liq holda ishlovchilar 

salomatlik  holatiga  ko’p  ishlab  chiqarish  omillarining  nobop  ta’siri  ancha 

kamaydi.  Bunga,  katta  jismoniy  zo’riqishni  talab  qiluvchi  mehnatda  katta 

quvvatga  ega  bo’lgan  mexanizmlarni  qo’llash,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

majmui avtomatizatsiyalash, jihozlarni germetizatsiyalash, kimyo va qayta ishlov 

berish  korxonalarida  berk  va  aylanma  texnologik  sikllarni  qo’llash,  masofadan 

boshqaruv va nazorat tufayli erishildi. 

 

Texnologik,  sanitariya-texnik  va  davolash-profilaktik  tadbirlar  keng 



majmui  kasb  kasalliklar  bosqichini  kamayishi  va  strukturasini  o’zgarishiga 

ko’mak beradi. 

 

Oxirgi  yillarda  ishlab  chiqarishdan,  masalan  benzol  va  boshqa  organik 



birikmalarni olib tashlanishi bilan bog’liq ba’zi kasbga oid patologiyalar amalda 

uchramayapti. Kasbga oid kasalliklar ko’pincha yengil va yashirin shaklda ko’zga 

tashlanmoqda. 

 

Shu  bilan  bir  vaqtda  zamonaviy  ishlab  chiqarishda  turli  tabiatli  yangi 



zamonaviy  zararli  omillar  yuzaga  kelmoqda.  Bular  lazer  nurlanishi,  infra-  va 

ultratovush  kabi  fizikaviy  omillardir.  Oxirgi  yillarda  keng  ko’lamda 

ionizatsiyalovchi nurlanish qo’llanilmoqda. Yangi kimyoviy birikmalar va ularni 

birgalikdagi  va  kantserogen,  allergen  va  mutagen  moddalarning  uchrashi 

kuzatilmoqda.  Alohida  ahamiyat  kasb  etadi  kompyuter  texnikasini  joriy  etish 

bilan bog’liq holda ishlab chiqarishni jadallashuvi va shitob bilan rivojida ruhiy 

fizologik omillar, shu bilan bir vaqtda elektron hisoblash mashinalari operatorlari 



 

330 


 

jismoniy faolligini pasayishi, ular bilan bog’liq holda kasbga oid patologiyalarni 

shakllarini  o’zgarishi  va  kasb  kasallikdarini  yuzaga  kelishiga  olib  kelishi 

mumkin. 


 

Sog’lom  va  xavfsiz  mehnat  sharoitini  yaratish  -  Respublika  sog’liqni 

saqlash, gigiyena fani va amaliyoti oldida turgan bosh vazifa hisoblanadi. 

Mehnat  gigiyenasi  –  profilaktika  fani  bo’lib,  mehnat  sharoiti  va  harakterini,  uni 

odam    salomatligi  va  funktsional holatiga  ta’sirini o’rganadi va ishlab chiqarish 

muhiti  va  mehnat  jarayoni  zararli  va  xavfli  omillarining  ishlovchilarga  ta’sirini 

profilaktikasiga  yo’naltirilgan  ilmiy  asoslari  va  amaliy  tadbirlarinini  ishlab 

chiqadi. 

 

Mehnat gigiyenasi maqsadga muvofiq mehnat sharoitini yaratish va ayrim 



ishchilar,  shuningdek  butun  jamoa  salomatigini  va  ish  qobiliyatini  saqlashga 

yo’naltirilgan  lar  ishlab  chiqadi.  Buning  uchun  mehnatni  ijtimoiy  va  biologik 

mazmuni  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bo’lish,  mehnat  jarayoni  harakteri  va 

ishlovchilarga uni ta’sirini,  zamonaviy  ijtimoiy  iqtisodiy  sharoitlarni kasbga  oid 

patologiyaga  kiritadigan  o’zgarishlarini  va  mehnatni  o’ziga  xosliklarini  bilish 

zarur. Organizmga turli tabiatli ishlab chiqarish omillarini ta’sirini, ishlovchilarda 

aqliy va jismoniy zo’riqish, toliqish va o’ta toliqishda kuzatilishi mumkin bo’lgan 

fiziologik o’zgarishlarni to’g’ri baholashni bilish kerak. 

 

Mehnat  gigiyenasi  o’rganuvchi  ob’ektlari  bo’lib  ishlab  chiqarish 



jarayonini  sanitariya  o’ziga  xosliklari,  jihozlar  va  ishlov  berilayotgan 

mahsulotlar,  ularni  ishlovchilar  organizmiga  ta’siri  nuqtai  nazaridan,  mehnatni 

sanitariya  sharoitlari,  mehnat  jarayonini  harakteri  va  tashkillashtirilishi,  ishni 

bajarilishida  fiziologik  funktsiyalarni  o’zgarishi,  ishlovchilar  salomatlik  holati, 

sanitariya-texnik  va  sanitariya-maishiy  qurilmalar,  shaxsiy  himoya  vositalar 

hisoblanadi. 

 

Vazifalar  xilma  xilligi,  shuninglek  olinadigan  natijalarni  katta  davlat 



ahamiyati turli tadqiqot usullarini  keng spektrini qo’llash imkonini beradi. Bular 

sanitariya  yozuv  yordamida  ishlab  chiqarish  muhitini  sanitariya  tekshiruvi  va 




 

331 


 

fizikaviy,  kimyoviy  va  biologik  instrumental  usullarini  qo’llash,  ishlovchilar 

salomatlik  holatini  klinik,  fiziologik,  biokimyoviy  va  statistik  usullar  qo’llab 

tekshirish. Eksperimental tekshirishlar ko’ngillilarda tabiiy gigiyenik eksperiment 

va  hayvonlarda  fiziologik,  biokimyoviy,  morfologik,  toksikologik  tajribalarni  va 

boshqa usullarni qo’llab eksperimentlarni o’z ichiga oladi. Markaziy asab tizimi 

modellashtirish  va  zamonaviy  kompyuter  dasturlaridan  foydalanish  va  hamda 

olingan  natijalarni  statistik  ishlov  berish  gigiyenik  va  eksperimental 

tadqiqotlarning ajralmas qismi hisoblanadi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish