Gigienistlar tomonidan o’tkaziladigan fiziologik tekshirishlarning asosiy maqsadi
qobiliyatiga ta’sirini o’rganib, mehnatni imkoni boricha yengillatib, uning
unumdorligini oshirish maqsadida profilaktik tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan
bo’lishi kerak. bunday tekshirishlar yangi va ilg’or mehnat jarayonlarini
o’zlashtirishga yordam bermog’i lozim: ishlab chiqarishning uzluksiz davomiyligi,
konveyer liniyalari, jadallashtirilgan ishlash usullari, zamonaviy murakkab
avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini boshqarish kabilar. Fiziologik
tekshirishlar oqilona mehnat qilish tartibi va dam olish tartibini ishlab chiqish
uchun zarurdir. Bu jarayonda fiziologik tekshirishlarning asosiy vazifasi mehnat
qilish va dam olish vaqtlarini muvofiqlashtirishdan iborat bo’lib, u konkret ishlab
chiqarish sharoitida odamda yuqori darajadagi mehnat qobiliyatini va barqaror
457
Sanoat korxonalarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, boshqarish
pultlarini joriy etilishi, avtomatik liniyalar, elektron-hisoblash texnikalari
ishchilarning fiziologik ta’sirlanishlarining tabiatini tubdan o’zgartirib yubordi,
aqliy faoliyati va asab-ruhiy faoliyatning tutgan o’rnini sezilarli darajada oshirdi.
Hozirgi kundagi sanoat korxonalardagi ko’pgina kasblar amalda aqliy mehnat
turiga aylanib bormoqda. Aeroport dispetcherlari, temir yo’l vokzallari, energiya
tarmog’idagi boshqarish pultlarining operatorlari, avtomatik liniyalarning
operatorlaridan juda qisqa vaqt mobaynida juda katta oqimdagi ma’lumotlarni
qabul qilish va javob qaytarish, bu ma’lumotlarga o’z vaqtida javob tayyorlash
hamda tegishli qaror qabul qilishni taqozo etadi. Oqim-konveyerli korxonalardagi
sharoitda salbiy omil sifatida mehnat faoliyatining bir xil tonda davom etishi
hisoblanib, ishchilar kayfiyatini tushiradi, holatini yomonlashtiradi va oqibatda
asab-ruhiy toliqishga sababchi bo’ladi. Aqliy mehnat turli-tuman bo’lib, ularning
ayrimlari ijodiy fikrlashni talab qiladi, qolganlari esa diqqatni zo’riqtirishi hamda
tashqi taasurotlarga tezlik bilan ta’sirlanishni shakllantiradi. Toliqishni
oldini
olish vositalarining asosiysi va ish qobiliyatini oshirish, unumdorlikni ko’tarishda
(hoh u jismoniy mehnat bo’lsin, hoh aqliy mehnat bo’lsin) mehnat qilish va dam
olishni to’g’ri tashkil etish, oqilona mehnat tartibi, to’g’ri ish holati, stanoklarning
konstruktsiyalari, instrument va jihozlarning odam organizmining anatomo-
fiziologik xususiyatlariga mosligi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish, ish joylarida eng muvofiq sanitar sharoitlarni yaratish, ishlab
chiqarish gimnastikasidan foydalanishdir. Ish joylarida bevosita bajariladigan
ishlab chiqarish gimnastikasining asosiy shakllariga har bir kasbdagi mehnatning
xususiyatlariga muvofiq jismoniy mashqlar majmuasini bajarish uchun fizkult
tanaffuslar tashkil etish va uni bajarish kiradi. Jismoniy tarbiya tanaffuslari
toliqishning birinchi belgilari yuzaga kelishi bilan 5-7 daqiqaga tashkil etiladi.
Gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi samarasi faqatgina toliqishni bartaraf etibgina
qolmay, balki mehnat unumdorligini ham oshiradi. Ish kuni davomida ishchilar
458
organizmidagi funktsional holatlarning o’zgarishini hisobga olgan holda oqilona
mehnat va dam olish tartibi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: