335
shaklligidan qat’iy nazar hamma korxonalar va ulardagi ishchilar uchun eng
muvofiq mehnat sharoitlarini yaratib berilishi shart deb ko’rsatib qo’yilgan. Shu
bilan bog’liq holda turli sohadagi sanoat korxonalari va qishloq xo’jaligi
ishchilariga tibbiy xizmat ko’rsatuvchi vrach ishlab chiqarish muhitida bor bo’lgan
omillarning ishchilar organizmiga ta’sir etish mumkinligi haqida aniq tasavvurga
ega bo’lishi va bu omillar qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aniq
tushunib olishi shart.
Bunday ta’sirlarning mumkinligini hisobga olish, ishchilarni ishga qabul
qilish bosqichidan boshlanishi kerak. Bundan tashqari, ish jarayonida zararli ishlab
chiqarish omillari ta’siriga uchraydigan ishchilarning salomatliklarini muntazam
tibbiy nazorat ostiga olib turish talab etiladi. Shunga bog’liq holda ishchilarni ishga
qabul qilishda va keyinchalik ish jarayonida ularni tibbiy ko’riklardan o’tkazib
turish qoidasi saqlanib qolingan.
Zararli omillari bor bo’lgan korxonaga ishga qabul qilinuvchi har qanday
shaxs dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tishi shart bo’lib, bu ko’rikning asosiy maqsadi
ishchining umumiy salomatlik holatini aniqlash va bo’lajak kasbda ishlay olish
uchun yaroqli ekanligi haqidagi tibbiy xulosa chiqarish hisoblanadi.
Keyinchalik ish jarayonida korxonadagi ishchilar korxonaning zararlilik
xususiyatiga ko’ra va O’zR SSV ning 200 buyrug’iga muvofiq tegishli
muddatlarda tibbiy ko’riklardan o’tib turishlari shart. Bu ko’rikning asosiy
maqsadi, kasb kasalliklarining dastlabki shakllarini aniqlashdan iboratdir. Davriy
tibbiy ko’rik natijalarini tahlil orqali mehnat sharoitlarining muvofiq tashkil
etilganligi yoki yo’qligi va olib boriladigan sog’lomlashtirish tadbirlarining
samaradorligini baholash imkoniga ega bo’linadi.
Tibbiy ko’riklarni o’tkazishning huquqiy asoslari bo’lib, O’zR SSV-ning
2012 yildagi 200-sonli "Ishga qabul qilishdagi dastlabki va davriy tibbiy
ko’riklarni o’tkazish haqidagi" buyrug’i hisoblanadi. Ushbu buyruqda tibbiy
ko’riklarni tashkil qilish va o’tkazishga doir umumiy holatlardan tashqari, tibbiy
ko’rikni tashkil qilish va o’tkazishda ishtirok etadigan tibbiy xodimlarning
336
funktsional vazifalari, tibbiy ko’riklarni o’tkazish muddatlari, tibbiy komissiyaning
tarkibi, tibbiy ko’rik davomida o’tkazilishi shart bo’lgan laboratoriya va
funktsional tekshirishlar ro’yxati, hamda zararli omillarning turiga ko’ra qanday
odamlar uchun shu kasbda ishlash mumkin emasligi haqidagi ma’lumotlar
keltirilgan.
Buyruqda to’ldirilishi kerak bo’lgan tibbiy hujjatlar, shu jumladan yakuniy
dalolatnomaning
nusxalari
berilgan.
Bundan
tashqari
buyruqda
kasb
kasalliklarining to’liq ro’yxati va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan omillar,
hamda shunday kasb kasalliklari eng dolzarb hisoblangan korxonalar va u yerdagi
kasblar keltirilgan. Shuni aytish kerakki, tibbiy ko’riklarni tashkil qilish va uni
o’tkazishning asosida ishchilar organizmiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi ishlab
chiqarish omillarining ta’siriga doir bilimlarning mavjudligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: