F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Xonalar mikroiqlimi ko’rsatkichlarini tekshirish gigiyenik baholash



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

 

4.4. Xonalar mikroiqlimi ko’rsatkichlarini tekshirish gigiyenik baholash 



asoslari 

 

Havo muhiti odam organizmining salomatlik holati va funksional holatlarini 



aniqlab  beradigan  muhim  omillar  qatoriga  kiradi.  Havo  muhitining  odam 

organizmiga  ta’siri  homiladorlik  davridan  boshlanib  va  keyinchalik  butun  umri 

mobaynida  davom  etadi.  Shuning  uchun  har  qanday  vaziyatlarda  ham  havo 

muhitining  odam  organizmiga  eng  muvofiq  ta’sir  etishini  ta’minlash  uchun  shu 

muhitning eng optimal  yoki  odam  organizmi  uchun  uzoq  muddat davomida  ta’sir 

yettirilganda  ham  salbiy  oqibatlarga  olib  kelmaydigan  befarq  parametrlarda 

bo’lishiga erishish kerak. 

Fiziologik  va  sanitar  ahamiyati  nuqtai  nazardan  havoning  asosiy  fizikaviy 

ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: harorati, namligi, havoning harakat tezligi 



 

188 


 

va  yo’nalishi,  atmosfera  bosimi,  havoning  eletrlanish  holati.  Havoning  harorati 

namligi  va  harakati  tezligi  berk  xonalarda  boshqarsa  bo’ladigan  omillar 

hisoblanadi;  bu  omillarning  berk  xonalardagi  yig’indisi  shu  xonaning 

mikroiqlimini ta’riflaydi.  

Ayrim  mualliflar  mikroiqlim  omillari  qatoriga  atmosfera  bosimini  ham 

kiritadilar. Ammo, germetik berkilmaydigan xonalarda havoning atmosfera bosimi 

huddi  tashqaridagidek  bo’ladi  va  bunday  sharotida  uni  boshqarish  mumkin  emas. 

Shuning  uchun  atmosfera  bosimining  qiymatini  meteolabil  odamlar  organizmiga 

ta’siri nuqtai nazardan hamda havoning absolyut namligini hisoblashda atmosfera 

bosimi qiymatini hisobga olish lozim bo’ladi. 

Mikroiqlim  omillari  organizmga  muntazam  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillar 

qatoriga  kiradi.  Ular  organizmning  termoregulyatsiyasi  uchun  katta  ahamiyatga 

ega,  chunki  organizmda  issiqlikning  uzatilish  jadalligini  o’zgartirish  xususiyatiga 

ega  va  ma’lum  darajada  issiqlikning  hosil  bo’lishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Bundan 

tashqari,  mikroiqlim  omilarining  nomuvofiq  parametrlari  juda  ko`p  organlar  va 

sistemalarining  funksional  holatini  o’zgartirish  xususiyatiga  ega:  yurak  qon  tomir 

sistemasi,  MNS,  oshqozon  ichak  yo’li,  endokrin  sistemasi.  Mikroiqlim  omillari 

ayniqsa  bemor  organizmga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi,  chunki  turli  kasalliklarda 

organizmdagi organlar va sistemalarning funksional holati o’zgargan bo’lib qoladi. 

Bundan  tashqari,  mikroiqlimning  muhim  bir  omili-havoning  harakati  tezligi  katta 

sanitar  ahamiyatga  egadir.  Xonalardagi  havoning  harakati  tezligi  havoning 

almashinishiga  ta’sir  ko’rsatadi,  demak  kasalxona  xonalari  havosining  kimyoviy 

bakteriologik tozaligini belgilab beradi.  

Kasalxona xonalari mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari SanQvaM 0292-11 

«Davolash profilaktika muassasalarini loyihalash, qurish va undan foydalanishning 

sanitar  me’yorlari  va  qoidalari»  keltirilgan.  Bu  hujjatda  ko’rsatlishicha  talab 

etiladigan  harorat  parametrlari  xonalarning  vazifalariga  muvofiq  o’zgarishi 

mumkinligi,  havoning  nisbiy  namligini  optimal  qiymati  40-60  %,  harakati  tezligi 

esa-0,12-0,3  m/sekundni  tashkil  etishi  kerak.  Shu  bilan  bir  qatorda  shuni  nazarda 




 

189 


 

tutish  kerakki,  xonadagi  havo  haroratini  hisobga  olish  xonaning  harorat  tartibini 

to’liq  ta’riflamaydi.  Bunday  ta’rif  berish  uchun  xonaning  harorat  tartibini 

belgilovchi  ko’rsatkichlar  -  o’rtacha  harorat,  vertikal  va  gorizontal  yo’nalishdagi 

harorat parametrlarini aniqlash talab etiladi

.

 Katta yoshdagi odam organizmi uchun 

xonadagi  o’rtacha  havo  harorati  poldan  1,5m  balandlikda,  bolalar  xonalarida  0,8-

1m  balandlikda  aniqlanadi;  o’lchashlar  xonaning  diagonali  bo’yicha  uch  nuqtada 

o’lchanib,  so’nga  o’rtacha  harorat  hisoblanadi.  Vertikal  yo’nalishdagi  harorat 

gradienti  poldan  10  va  110sm  balandlikda  o’lchanib,  vertikal  bo’yicha  gradienti 

ta’riflaydi  va  uning  qiymati  2,5°C  oshmasligi  kerak.  Agar  harorat  farqi  bu 

ko’rsatgichdan  ortib  ketsa,  oyoqlar  sovushi  va  shamollash  holatlarini  keltirib 

chiqarishi  mumkin.  Gorizontal  yo’nalishdagi  harorat  gradientini  aniqlash  uchun 

haroratni  o’lchash  poldan  1,5m  balandlikda  ikki  nuqtada-tashqi  va  ichki 

devorlardan 1m tashlanib o’lchanadi. Gorizontal yo`nalish bo’yicha gradient 1,5°C 

oshmaligi  kerak,  aks  holda  diskomfort  kuzatilib,  nurlanish  orqali  organizmdan 

issiqlik uzatilish ortib ketadi.  


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish