4.1. Havo muhitining fizikaviy
tarkibining fiziologik va gigiyenik ahamiyati
Havo harorati, namligi, harakatining tezligi muhim fiziologik ahamiyatga
ega bo’lgan omillar guruhiga kiradi.
Chegaralangan hududda havoning harorati, namligi, harakat tezligi
mikroiqlim ko’rinishida ta’riflanadi. Bu omillarning o’zgarish parametrlari odam
organizmida biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning darajalarini o’zgarishiga
sababchi bo’ladi. Mikroiqlim sharoitlari eng ko’p miqdorda organizmning issiqlik
almashinish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, havo haroratining ko’tarilishi
boshqa parametrlar o’zgarmagan sharoitda organizmda issiqlikni terlash orqali
ko’proq yo’qotilishiga olib keladi, chunki bunday sharoitda konvektsiya,
konduktsiya va nurlanish orqali issiqlikning uzatilishi nisbatan kamayadi.
Havo harakatining tezligi oshganda terlash jarayoni yana ham ortadi va
asosan konvektsiya yo’li orqali amalga oshiriladi. Havo namligining pasayishi esa,
terlashning ko’payishiga sababchi bo’ladi va terlash uchun qulay sharoit yaratadi.
Demak, shuni doimo nazarda tutish kerak ekanki, mikroiqlim omillari organizmga
birgalikda ya’ni kompleks ta’sir ko’rsatar ekan, shuning uchun odam
organizmining issiqlik komforti mikroiqlimning gigiyenik me’yorlariga rioya
qilingan holatlardagina emas, balki uning ayrim parametrlarini boshqarish orqali
erishish mumkin bo’lar ekan. Masalan, havo harorati juda yuqori bo’lganda
organizmdan issiqlikning uzatilishi qiyinlashadi, ammo havoning harakat tezligini
oshirish bilan organizmdan issiqlikning uzatilishini oshirish mumkin ya’ni
organizmning qizishi va o’ta qizishini kamaytirish mumkin.
176
Normal holda kiyingan odam unchalik og’ir bo’lmagan jismoniy ishni
bajarganda, agar havo harorati 20-22
o
C (komfort zonasi), uning namligi 40-60%
bo’lsa va havoning harakat tezligi 0,1-0,4 m/sek ni tashkil etganda eng muvofiq
issiqlik holatini sezadi. Shuning uchun mikroiqlimning gigiyenik me’yorlari ana
shu parametrlarga yaqin qilib belgilangan, biroq binodagi xonalarning qanday
maqsadlarda foydalanilishiga qarab, yilning fasllariga binoan va bajariladigan
ishlarning turiga muvofiq bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. Mas., yilning issiq
faslida juda og’ir jismoniy mehnatni bajarishda havoning harakat tezligini 0,5-
1,5m/sek gacha oshirish maqsadga muvofiqdir, chunki bunday sharoitda ishchi
organizmidan uzatiladigan issiqlik terlash va konvektsiya orqali uzatilishga
erishiladi. Shuni nazarda tutish kerak-ki, organizmdagi issiqlikni boshqarish uchun
odamga yaqin turgan jihozlarning yoki mexanizmlarning harorati ham katta
ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, agar xona devorlarining harorati past bo’lsa,
hattoki xonadagi havo harorati, namligi va harakatining tezligi optimal miqdorlarda
bo’lsa ham, organizmdan uzatiladigan miqdori ko’p bo’lib, u asosan nurlanish
orqali yuqori bo’lishi mumkin, bunday sharoitni sub’ektiv sezgi orqali baholaganda
inson bu mikroiqlim sharoitini "sovuq" yoki "sovuqroq" deb baholanishi mumkin.
O’zbekistonning kontinental iqlimi sharoitida yilning sovuq fasllarida
organizmning sovushi yoki o’ta sovish holatlari kuzatilishi mumkin, chunki juda
ham past bo’lmagan havo harorati ko’pincha yuqori namlik va yuqori darajadagi
harakat tezligi bilan birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Yilning issiq fasllarida esa,
havoning yuqori harorati hamda yuqori darajadagi va jadallikdagi infraqizil
nurlanish xona havosining faqat haroratigagina ta’sir ko’rsatmay, balki ichki
devorlarning qizib ketishiga sababchi bo’ladi. Bunday sharoitda organizmdan
issiqlikning uzatilishi keskin kamayadi, bu esa o’z o’rnida organizmning qizishiga
olib keladi. Ana shu holatlarni turar-joy binolarini qurishda va ularni sanitar-texnik
jihozlar bilan jihozlashda inobatga olinishi zarur.
Havo harakati xonalarni shamollatilishida katta ahamiyatga egadir, chunki
bu orqali xonalardagi havoning harakat tezligini oshirish orqali ta’minlanadi.
177
Bundan tashqari atmosfera havosining harakati gigiyena nuqtai-nazardan
aholi yashash joylaridagi u yoki bu ob’ektlarni to’g’ri joylashtirishda muhim
ahamiyatga egadir. Har bir geografik joy o’zining hukmron shamol yo’nalishiga
egadir. Joyning shamolga doir ta’rifini baholash uchun shamolning dunyo
tomonlari (rumb) bo’ylab qaytalanishini grafik ifodasidan foydalaniladi va uni
"shamollar guli" deb ataladi. Atmosfera havosini ifloslovchi har qanday ob’ekt
shamol yo’nalishiga nisbatan qarshi tarafda joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu jihatdan ana shu aholi yashash joyidagi aholining turar-joy binolari, davolash-
profilaktika muassasalari, bolalar muassasalariga nisbatan sanoat korxonalari va
ishlab chiqarish muassasalarining to’g’ri joylashtirilishi nazarda tutiladi.
Atmosfera bosimi ham odam organizmiga ta’sir etuvchi muhim omillardan
biri hisobida ahamiyatga egadir. Normal atmosfera bosimi deb - dengiz sathida 0
o
C
haroratda kuzatiladigan bosimga aytiladi. Uning qiymati 1013 gPa (760mm simob
ustuni) ga teng deb hisoblanadi. Atmosfera bosimining qiymati joyning dengiz
sathidan qanchalik balandda joylashganligiga bog’liqdir, chunki har 10,5m
balandlikka ko’tarilish bilan atmosfera bosimi 0,8-1,0mm simob ustun ustuniga
pasayadi. Shu sababli har bir geografik joy uchun o’zining atmosfera bosimi
me’yori bor. Masalan, Toshkent shahri dengiz sathidan 460-480m balandda
joylashganligi sababli bu yerning normal atmosfera bosimi 728mm simob ustuniga
(970 gPa) tengdir.
Atmosfera bosimi doimo tebranib turadi, chunki yer sathining bir tekisda
qizimasligi va havo oqimlarining o’zgarib turishi bunga sabab bo’ladi, ammo
bunday tebranish unchalik katta qiymatlarda bo’lmaydi va ko’pchilik odamlar bu
o’zgarishlarni deyarli sezmaydilar. Biroq atmosfera bosimining o’zgarishi
atmosfera havosining tarkibiga kiruvchi ayrim gazlarning organizmdagi
suyuqliklarda erish xususiyatlarini o’zgarishiga sababchi bo’ladi va organizmga
shu nuqtai-nazardan sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday ta’sirlar oqibatida
kelib chiqadigan kasalliklar haqida havo muhitining kimyoviy tarkibiga gigiyenik
ta’rif berilganda batafsil bayon qilinadi.
178
Bundan tashqari, atmosfera bosimi ob-havoning o’zgarishi natijasida ham
o’zgarganligi tufayli, ayniqsa meteolabil (meteosezgir) odamlar organizmida bir
qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Havo
muhitining
elektrlanish
holati
havo
tarkibidagi
aero-
va
gidroionlarning bo’lishi bilan bog’lanib baholanadi. Bunday ionlar manfiy va
musbat ionlardan tashkil topgan bo’lib, ular havo molekulasi va atomlariga
ionlantiruvchi nurlar, qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar, elektr uchqunlari kabi
omillar ta’sir ko’rsatganda hosil bo’ladi. Manfiy ionlar "engil" ionlar hisoblanib,
ular o’zlariga chang zarrachalarini biriktirib olishi natijasida "og’ir" ionlarga
aylanib qoladi.
Toza havo muhiti o’z tarkibida engil ionlarni ko’proq ushlaydi. Masalan, 1
sm
3
tog’ havosi tarkibida 1000-1500 juft engil ionlar bo’ladi. Havo tarkibida og’ir
ionlarning ko’payishi muhim sanitar ahamiyatga egadir, chunki bunday havoni
ifloslangan havo muhiti sifatida baholanadi. Odam organizmiga engil
aeroionlarning ta’siri natijasida biokiyomviy reaktsiyalar stimullanadi, shuning
uchun organizmni umumchiniqtiruvchi omil sifatida fizioterapiya amaliyotida
yengil ionlar bilan davolash amalga oshiriladi.
Mikroiqlim ko’rsatkichlari organizmga har doim kompleks ta’sir
ko’rsatadi, shuning uchun mikroiqlimning u yoki bu parametrini o’zgartirish
bilan, organizmning issiqlik boshqarilishi va funksional holatini yaxshilash
mumkin.
Mikroiqlim sharoiti birinchi navbatda organizmdagi issiqlikni boshqarilish
mexanizmiga ta’sir ko’rsatadi, Bunda mikroiqlim parametrlarining o’zgarishi
bilan organizmda issiqlikni hosil bo’lishi uning uzatilishiga nisbatan kamroq
darajada bo’lsa ham, har holda o’zgarishga uchraydi.
Organizmdan issiqlikning uzatilishi asosan uchta yo’l bilan boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |