Partiya yoki teatrga sayohat - nafis kiyim yoki kostyum. Sport zalida - dam
olish liboslari. Albatta kiyimlarni toza, chiroyli, yaxshi dazmollangan
bo'lishi kerakligini eslating. Qanday kiyimlar va qaerga qo'yish kerakligi
haqidagi barcha qoidalar va tavsiyalar - bu tashqi ko'rinishning etiketi.
Kiyimlarda ish axloq qoidalari qat'iy belgilangan va poyafzallarga tegishli
qoidalar. Har doim kiyimning ohangiga mos bo'lishi kerak. Aksessuarlar
yorqin element bo'lishi mumkin, lekin ayni paytda umumiy tarkibni
buzmaydilar.
19.
Biznesmenlarning madaniyati to’g’risida taomlarni bevosita iste’mol
qilishiga va ularni istyemol qilish istrumentlaridan foydalanishiga hamd
a
stoldan turishiga qarab xulosa qilinadi. Shu sababli ham taom iste’mol
qilish, instrumentlardan foydalanish, ovqatlanish stoli atrofidan turishiga
qarab, ayniqsa chet mamlakatlarda nafaqat biznesmen, uning millatining
madaniyati to’g’risida ham xulosa qilinishi mumkin.
Ushbu bandda taomlarni iste’mol qilishning xalqaro etiket
qoidalariga
e’tibor berilgan. Band materiallarini o’zlashtirishni
osonlashtirish har bir biznesmen – kitobxon o’zini xo’randa o’rnida
ko’rish bilan bevosita bog’liq.
Restoran va mehmondo’stlik ziyofatlarida ovqatlanish jarayoni unga
tayyorgarlik ko’rishdan, tayyorgarlik esa bezatishdan, stol ustiga qo’yilgan
salfetkalardan foydalanishdan boshlanadi. Ma’lumki, nufuzli restoranlarda
ovqatlanish stoli ustiga har xil shakllarda buklangan mato va qog’oz
salfetkalar qo’yiladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, mato
salfetkalardan kiyimni taom qoldiqlari bilan ifloslanishdan saqlash, qog’oz
salfetkadan esa og’iz va qo’llarni tozalash uchun foydalaniladi. Bundan
tashqari mato salfetkadan barmoqlar uchlarini artish uchun ham
foydalanish mumkin. Shu sababli ham taomni iste’mol qilib boshlashdan
oldin buklangan mato salfetkani ochib, tizzaga to’shash lozim.
Ovqatlanishga umumiy etik qoidalardan tashqari fiziologik talablar
ham qo’yiladi. Fiziologik talablardan eng asosiylaridan bir shundan
iboratki, ovqatlanishda xo’randaning butun diqqati ovqatga qaratilgan
bo’lishi kerak. Boshqa narsalarga, masalan, gazeta, jurnal o’qish yoki
televizor ko’rish uchun diqqatni bo’lmaslik lozim, chunki diqqatning
bo’linishi iste’mol qilingan taomning hazm bo’lishini pasaytirib yuboradi.
Xuddi shuningdek, og’ziga olingan taom bo’lakchalari juda mayda qilib
chaylanilishi va keyin yutilishi kerak. Mayda chaynalgan taom juda tez
hazm bo’ladi. Ovqatlanish davrida diqqatni bo’lmaslik kerakligini rus
xalqining “ovqatlanishda men kar va gungman” degan kabi dona so’zlari
yaqqol tasdiqlaydi.
Taomlarni iste’mol qilishning umumiy etik qoidalari quyida batafsil
bayon etiladi.
Taomlarni iste’mol qilish jarayonida chap qo’l panjalari stol
chekkasining ustida bo’lishi kerak. Bundan tashqari ustiga taom quyilgan
tarelkani joyidan u yoki bu tomonga surish va unga qo’l bilan teginish
mumkin emas. Taomlarni bevosita iste’mol qilishda ular solingan
idishning ustiga juda ham ko’p engashmaslik kerak, chunki bu boshqa
tomondan qaraganda juda ham yomon ko’rinadi va madaniyatsizlik
belgisi deb hisoblanadi. Shuning uchun ham iste’mol qilishda taom ustiga
kamgina engashish kerak, chunki taom tomchilari va bo’lakchalari qoshiq
yoki sanchqidan idishga qaytib tushsa kifoya. Idishlarni stol ustiga
qo’yilgan joyidan olib va qo’lda ko’tarib taomni iste’mol qilish ham o’ta
madaniyatsizlik
hisoblanganli
sababli
yevropacha
xalqaro
etiket
qoidalariga ko’ra taom iste’mol qilishning bu shakli man qilingan.
Stolga berilgan birinchi taom, ayniqsa O’zbekiston yozgi iqlim
sharoitida, juda ham issiq bo’lishi mumkin. Sovutish uchun issiq taomlar
ustidan og’iz bilan puflash etiket qoidalari bo’yicha man etiladi, chunki
puflayotgan havo tarkibidagi mikroorganizmlar stol atrofidagi boshqa
kishilarga tushib, ifloslashi mumkin. Shuning uchun ham taomning tabiiy
holda sovushini kutib turish va kutish davrida qoshiq yordamida uni 1 – 2
marta aralashtirib qo’yish tavsiya qilinadi.
20.
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas b
og‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning
shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda in
divid axloqiy qadriyatlarni
anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’y
orlar asosida yashashga
o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida
ikki muhim masalaga
javob
izlaydi: bulardan
biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi —
nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim.
Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinish
idir. Tarbiya ona qornidan
boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-
onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi
kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-
ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vosita
sidagina vujudga keladi,
degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘
g‘ri, axloqiy tarbiyaning
ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilari
dan eng muhimi sifatida ato
etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida tako
millashtiramiz. Aks holda
maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin
bo‘lur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazi
sh yo‘llaridan biri. Uning
vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qis
mi zamonaviy vositalar.
Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha
bo’lgan axloqiy tarbiyada
ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yin
lar vositasidagi zamonaviy
tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilm
aslikka, halol bo‘lishga
o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, rad
io, qo‘g‘irchoq teatri, kino
san’ati katta rol o ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi —
san’at. Bu vosita aholining
barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning
badiiy adabiyot turi keng
qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar s
haxsning axloqiy
shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifa
tida ezgulik va yovuzlik
nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta.
21.
Do'stlaringiz bilan baham: |