1.
E T I K A
F A N I N I N G
F A N L A R A R O
BOG’LIQLIGI:
F A L S A F A ;
E S T E T I K A ;
D I N S H U N O S L I K ,
H U Q U Q S H U N O S L I K , M I L L I Y G ’ O Y A , P S I X O L O G I Y A ,
P E D A G O G I K A , S I Y O S A T S H U N O S L I K , E K O L O G I Y A .
3.
Qadimgi Hindi Xitoy mintaqasidagi axloqiy qarashlar.
Qadimgi sharq
axloqshunosligida qadimgi Hindiston axloqiy tafakkuri alohida o‘ringa
ega.
U tarixan vedachilik
, yoga, jaynchilik, buddachilik, bxagavadgita
va artxashastra hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan.
Vedachilik.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to‘rt tabaqa –
varnaga bo‘ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatriylar (harbiylar), vayshchilar
(dehqonlar, kosiblar), shudralar (qullar).
Buddachilik
. Buddachilik ham jaynchilikka o‘xshash «Xudosi yo‘q» din.
Uning
payg‘ambari budda ma’rifat egasi nomi bilan mashhur Sidharta Gautama
(miloddan avvalgi 567–487) ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim
muammo ana shu iztiroblardan qutulishning yo‘lini topish.
Jaynchilik.
Mohiyatan
axloq falsafasi bo‘lmish
bu
oqimga
buddaning
zamondoshi
, undan chamasi o‘ttiz yoshlar katta jin (jayin) – g‘olib deb
sharaflangan vardxamana (milodgacha 599–527) asos solgan. Jaynchilik ta’limoti
insonning to‘liq ozodlikka etishishi bilan bog‘liq. Unga inson o‘z ichki mohiyatini
qayta shakllantirish orqali erishishi mumkin. Bu ozodlik – nirvana: qalb–ruhning
ehtirosi, nafrat, pushaymon kabi hissiyotlardan forig‘langan, o‘zi mavjud bo‘la
turib vujudni tark etgan, cheklanmagan oromdagi holati –
nirvanaga
uch yo‘l bilan
etishish mumkin – jinga e’tiqod; uning ta’limotini bilish; o‘zni tutishda
nuqsonsizlik.
4.
O’rta asrlar musulmon Sharqida mashshoyiunlik yoki boshqacha qilib
aytganda, arastuchilik oqimini buyuk arab mutafakkiri
al-Kindiy boshlab
berdi. Uning asoschisi esa turkistonlik qomusiy alloma Abu Nasr
Forobiy(870-950) hisoblanadi.
Forobiy falsafani ikkiga – nazariy va amaliyga bo’ladi, hamda axloqshunoslikni
amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning «Baxtga erishuv
yo’lini ko’rsatuvchi kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining
hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» singari asarlarida ko’tarilgan.
Ularda inson
baxti eng asosiy muammo sifatida o’rtaga tashlanadi. «Baxt - har bir inson
intiladigan maqsad, zero, u muayyan komillik hisoblanadi», deydi Forobiy.
O’rta asrlarda axloqshunosligida raylik mutafakkir Abu Bakr ar-Roziy (865-925)
ta’limoti o’ziga xos o’rin egallaydi. Uning axloqiy qarashlari "Lazzat", "Falsafiy
hayot tarzi", "Ruhiy tabobat", "Baxt va farovonlik belgilari" singari kitoblarida aks
etgan.
5.
Tasavvuf axloqshunosligi
haqida gap ketar ekan
,
eng avvalo, tasavvufning
mohiyatini anglab olmoq lozim. Bu borada dastlabki sufiylardan bo’lmish
Robiya al-Adaviyaning(713-801) Xudoga munosabati diqqatga sazovordir.
Bu munosabatini u "muhabbat" deb ataydi va Yaratganga shunday iltijo
qiladi; "Yo, Olloh, yulduzlar charaqlab turibdi, odamlarning esa ko’zlari
yumilgan... Har bir oshiq o’z mahbubasi bilan visol lazzatini totmoqda, men
esa yolg`iz Sen bilanman. Yo, egam, agar Senga men do’zaxingdan
qo’rqqanim uchun ibodat qilayotgan bo’lsam, mendan mangu go’zal
jamolingni yashirin tutma!". Ko’rinib
turibdiki
,
Robiya al-Adaviya Xudoga
nimanidir qo’rqib, yoki nimaningdir ilinjida munojot qilayotgani yo’q, balki
mahbub sifatida, ya’ni muhabbat izhori bilan murojaat etmoqda. Demak,
shariat islomning tashqi-huquqiy ko’rinishi bo’lsa, tariqat uning ichki-
axloqiy, yuksak bosqichdagi ko’rinishi hisoblanadi. Zero, tangri insonni
farishtalardan ulug` qo’yib,
erdagi halifam deb atadi, ya’ni ayricha bir
muhabbat bilan yaratdi. Demak, inson ham unga muhabbat qo’ymog`i
lozim. Insonga yuboriladigan azob-uqubatlar ana shu muhabbat darajasining
Xudo tomonidan sinab ko’rilishidir. Tasavvufning mohiyati ikki tomonlama
muhabbatni talqin etmoq. Shuning uchun tasavvuf axloqshunosligida
muhabbat his-tuyg`ulik maqomidan tushuncha darajasiga ko’tariladi. qisqa
qilib aytganda, tasavvuf islomiy axloq falsafasi sifatida ish ko’radi.
6.
O’rta asr Sharqida axloq fanining rivojiga katta hissa qo’shgan
mutafakkir