Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Eynshteynning unchalik ham «ikkinchi darajali» bo‘lmagan xulosalari



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

 
Eynshteynning unchalik ham «ikkinchi darajali» bo‘lmagan xulosalari. 
Eynshteynning «ikkinchi darajali» izlanishlari deb, faqat uning olamshumul azariyasi bilan 
taqqoslagandagina ikkilamchibo„lib ko„rinadigan ishlarini aytish mumkin. aslida esa ushbu ishlar 
ham istalgan boshqa fizik uchun ham cheksiz shon-sharaf keltirgan bo„lur edi. Bu izlanishlarning 
asosiy tadqiqot manbai bo„lib yorug„lik nuri xizmat qiladi: 
-
Metall plastinaning yuzazasini ultrabinafsha nurlari bilan yoritilganida, elektronlarning 
uchib chiqishi kuzatiladi. 1902 yilda Filipp Lenard (1862-1947) shuni aniqladiki, uchib 
chiqayotgan elektronlarning tezligi, yuzani yoritish nurining intensivligini emas, balki 
chastotasining ortishi tufayli kuchayar ekan. Eynshteyn mazkur fotoelektr effekti deb 
nomlangan fenomen uchun tushuntirish berdi: fotonlarning hari biri tashib boradigan 
energetik zaryad yorug„lik chastotasiga bog„liq bo„ladi, intensivlikning ortishi esa, yuzdan 
uchib chiquvchi elektronlar sonining ortishini ta‟minlaydi, lekin ularning energiyasining 
ortishiga ta‟sir ko„rstamaydi.
-
Elektronlar, enrgetik shkalani spontan orttirish yoki kamaytirish orqali fotonlar bilan o„zaro 
ta‟sirga kirishadi. 1917 yilda Eynshteyn nurlanishni forsatsiya qilish haqida o„yab qoldi. Bu 
g„oya ikkita asosiy zaruriy shartni taqozo etardi: qo„zg„atilgan elektronga egan bo„lgan 
atomning (ortiqcha energiyaning mavjudligi bilan xarakterlanadi) va fotonning mavjudligi. 
Atomni foton bilan o„qqa tutilganida, atomda teng qiymatli energiyaga ega bo„lgan ikkita 
foton aynan bitta yo„nalishda uchib chiqadi. Zamonaviy lazer texnologiyalarining asosini 
tashkil qiluvchi – 
majbiriy nurlanish
(yoki, inglizcha aytganda 
SER
– 
simulated emission of 
radiation
) tushunchasining tamal toshi shu tarzda qo„yilgan edi. Lazer (inglizcha LASER)
so„zining 
o„zi, 
asli 
inglizcha 
abbreviatura 
bo„lib, 
uning 
ma‟nosi 

« ight mplification by imulated mission of adiation» so„zlarining bosh harflaridan 
yasalgan. O„zbekcha ma‟nosi – «Majbiriy nurlanish vositasida yorug„liknin kuchaytirish» - 
bo„ladi.
-
1924 yilda Kalkuttalik fizik Shatyendranat Boze (1894-1974) qalamiga mansub maqola 
Eynshteynning qo„liga tushib qoladi. Unda yorug„likning statistik bayoni haqida yangicha 
yondoshuvlar keltirilgan edi. Bozening taxminiga 
ko„ra, leketronlardan farqli raishda fotonlar 
o„zining bir xilligidan mosuvo bo„lishi mumkin 
ekan. Eynshteyn esa gazlar ham o„zini aynan 
shunday 
titishi 
mumkin 
deb 
hisobladi. 
Haroratning mutlaq nol darajaga tushish bilan, 
atomlar o„zining yagona o„ziga xosligi – 
energiyasidan mosuvo bo„ladi va materiyaning 
yangi holati – Boze-Eynshteyn kondensatiga 
aylanadi. Bunday holatdagi materiyada atomlar 
harakati favqulodda sekinlashib, xuddiki ular 
bitta yaxlit superatomga birlashadi va endi bunda 
kvant effektlari makroskopik miqyosda namoyon 
bo„la boshlaydi. 1995 yilda Boze-Eynshteyn 
kondensati ilk bora laboratoriya sharoitida olindi.
(Rasmda hind olimining 1925 yilda olingan 
fotosurati).


126 
Geyzenbergning izdoshlari, xususan Maks Born, noaniqlik tamoyilini keskin 
statistik tekshirishlar to„fonida sinab ko„rishdi. O„lchash amalga oshirilmaguniga 
qadar, elektronning qayerda ekanligini va qo„g„atilgan atomdan aynan qachon foton 
uchib chiqishini bilib bo„lmaydi, lekin bu savollarning javoblari tasodifiylikdan ancha 
yiroq. Kvant mexanikasining qonuniyatlari, u yoki bu natijaning ehtimolligini 
nazarda tutadi va uning vaqt bo„yicha o„zgarishlari haqida bashoratlar beradi.
Eynshteyn shaxsiy o„zaro suhbatlarda va ba‟zan oshkora tarzda ham, fandagi 
ushbu yangi doktrinani hazm qila olmasligini bildirardi. U olim Nils Bor bilan ilm-
fan tarixidagi eng keskin ilmiy bahslardan biriga kirishdi. Garchi bu ikki buyuk 
olimlar doimo o„zaro iliq munosabatda bo„lishgan bo„lsa hamki, kvant mexanikasini 
izohlash, uni tushuntirish masalasida ularning qarashlari qarama-qarshi qutblarga 
tarqab ketar edi. Kun kelib Eynshteynda o„z fikrini izohlash uchun yetralicha dalillar 
qolmadi va u odatiga ko„ra aforizmga murojaat etdi: «
Xudo shoshqol o„ynamaydi!
». 
Bunga javoban Bor ham o„zining barcha xushmuomalaligini yig„ishtirgan tarzda: 
«
Xudoga nima qilish kerakligini o„rgatmang!
» - deb terslik qildi.
Asosiy ko„ndalang savol – kvant olami haqidagi axborotning yetishmasligi, 
uning statistik manzarasiga qay darajada ta‟sir qilishi mumkinligi bilan bog„liq edi. 
Nyutonga xos aniqlash uslubiga ko„ra, bizga agar koinotdagi barcha zarrachalarning 
egallagan vaziyati va tezligi ma‟lum bo„lsa, unda koinot biz uchun, xuddiki soat 
mexanizmi singari, ish faoliyati va tamoyilini mutlaq aniq-ravshan tushunsa 
bo„ladigan voqe‟likka aylanar edi. Lekin bunday daraja va miqdorfagi axborotni 
qabul qilish va qayta ishlashning amalda imkoni yo„q. Shunga o„xshash vaziyat o„ta 
murakkablikka ega bo„lgan tizimlarni o„rganishda, masalan iqlim haqida fikr 
yuritishda yuzaga keladi. Va bu holda ham biz ilojsizlik bilan, vaziyatning statistik 
bayoniga murojaat etamiz. Bu o„rindagi noaniqlik, shunchaki hodisotning ajralmas 
chambarchas qismigina emas, balki, bizning hali bu miqdordagi axborotni qayta 
ishlash imkonimiz yo„qligi bilan ham izohlanadi.
Kvant nazariyasi bayonida Eynshteyn uchun tugallanganlik yoki, tugallik 
yetishmadi. Biroq, Bor kriteriyasiga ko„ra, real voqe‟likning aniqlik darajasi borasida 
boradigan boshqa manzil qolmagandi. Faqatgina o„lchash akti va kuzatiluvchi 
kattalikni tanlash masalasi, noaniqlikni bartaraf etishi va xarakterstikalardan birini: 
yoki joylashuvni, yoki vaqt momentini, yoki energiyani va yoki vaqtni yo„q qilishi 
mumkin. kitobimiz qahramoni bo„lgan olimning kvant olami oldidagi dovdirab 
qolishining asosiy omili, atom darajasidagi bo„shliqlarni to„ldirishga urinish va 
avvalo mikrodunyoda biror mantiq topishga intilish bo„lgan bo„lsa ajab emas. Bor, 
Geyzenberg va Borndan keyingi olam manzarasi, ehtimol odamni biroz sarosimaga 
soladigan, esankiratadigan ko„rinish oldi. Biroq, u izchillik bobida boshqa fan 
sohalaridan kuchliroq edi.


127 
Kvant paradokslari fizikani tobora o„z iskanjasiga olib bormoqda edi va bunday 
sharoitda Eynshteynning ilm-fan olamidagi eng oliy mukofot bo„lmish Nobel 
mukofotini, nisbiylik nazariyasi uchun emas, balki, fotoeffekt hodisasini tushuntirib 
berganligi uchun olganligi hecham g„ayritabiiy emasdir. Olimni mukofot uchun 
to„qqiz bora tavsiya qilishdi va sakkiz marotaba uning nomzodi rad etildi. Avvaliga 
Nobel mukofoti qo„mita a‟zolari ichida uning kashfiyotlarining asl ko„lami va 
mohiyatini anglab yeta oladigan odamlarning o„zi juda kam edi. Qo„mita a‟zolaridan 
biri, aniqrog„i, Nobel mukofotining 1905 yilgi laureati Filipp Lenardning 
Eynshteynga nisbatan shaxsiy adovati ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan paytlar 
bo„lgan. Lenard garchi o„z chiqishlarida o„zidagi millatchilik ruhiyatini niqoblashga 
ursinsa-da, uning Eynshteyn haqidagi fikrlarida, olimning millati yahidiy ekaniligiga 
e‟tob qaratishi ko„zga tashlanib qolardi. Xususan nisbiylik nazariyasi haqidagi 
fikrlaridan birida u xatto mazkur nazariyani «Juhudcha qalloblik» deb ham atagan. 
Qolaversa, o„sha paytlarda Nobel mukofoti qo„mitasi a‟zolari yoki, Shvetsiya Qirollik 
Akademiyasi a‟zolari bo„lgan boshqa hurfikr fizik olimlarning aksariyatini 
amaliyotchi fiziklar tashkil etar edi. Lar ishida ham, nazariy fizika haqida salbiyroq 
fikrga ega bo„lgan va unga «safsataboz chayqovchilik» deb qaraydiganlar topilardi. 
Umuman olganda adolat yuzasidan shuni aytish kerakki, Eynshteyn shvedlar ilmiy 
akademiyasining qora ro„yaxtiga tushib qolgan yagona nazariyotchi fizik emasdi. U 
bilan bir qatorda yana Maks Plank va Maks Born kabi yuksak zehn egalari ham 
bo„lgan.
Kishi obro„si va nufuziga bo„lgan ko„r-ko„rona ishonch - haqiqatning 
eng yuvuz dushmanidir
!

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish