Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Eynshteynning Yost Vintelarga yo‘llagan maktubidan



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Eynshteynning Yost Vintelarga yo‘llagan maktubidan
.
1919 yilgi Quyosh tutilishi bilan bog„liq sharaf shohsupasidan keyin, endi 
Eynshteynning emas, balki Nobel mukofotining obro„si shubha ostida qoldi. Oxir 
oqibatda shvedlar o„zlarining maqolu matallarga ko„chgan mashhur diplomatik 
qobiliyatlarini ishga solishdi hamda Eynshteynning ilmiy salohiyati oldida bosh 
egishdi. Biroq, nisbiylik nazariyasiga barbir mukofot nasib etmadi. Yakunda shunday 
bo„lib chiqdiki, Eynshteynning ilm-fan oldidagi xizmatlari – butun boshli nazariyani 
barpo qilganligida emas, balki, fotoeffekt qonunini kashf qilgani bilan 
o„lchanayotgandek edi. Qirollik Akademiaysi kotibi hatto tavsifnomaga maxsus 
tuzatish kiritib, unda Eynshteynning ilmiy yutuqlari sirasiga nisbiylik nazariyasi 
kiritilmaganligi va uning tasdiqlangangan taqdirida ham, hisobga kiritilmasligini 
belgilab qo„yomqchi bo„lgan.


128 
Eynshteynga Nobel mukofoti belgilaberishmoqchiligi munosabati bilan 
safarini bekor qilib o„tirmadi. Uning mukofotini olib ketish uchun Stokogolmga 
tashrifi faqatgina keyingi yilning yozida amalga oshdi.
Plank, Bor va Geyzenberg kvant mexanikasining asoslarini yaratish ustida ish 
olib borayotgan bir vaqtda, ularning ko„plab vatandoshlari boshqa bir katta 
amaliyotga – siyosiy tajribaga jalb etilishgan edi. Millatchilik ildiz otgan Veymar 
respublikasining diqqinafas atmosferasidan Eynshteynning zaharlanishi haqida butun 
boshli bir bob yozish mumkin edi. Tomirida yahudiy qoni oqayotgan olim, ayrim 
nemislarning ashaddiy millatchiligida ham jirkanib, ham jabr chekardi. Armiyada 
xizmat qilmaslik uchun olim Germaniya fuqaroligidan voz kechdi (shunga qaramay, 
Prussiya Fanlar Akademiaysiga qabul chog„ida unga yana takroran harbiy chqiriq 
qog„ozi tutqalishgan). U ochiqchasiga patsifizm g„oyalarining tarafdori bolib, I-jahon 
urushiga ashaddiy ravishda qarshi bo„lgan. Eynshteyn internatsionalizmning yorqin 
tarafdorlaridan biri edi.
Mashhurlik va shon-sharaf Eynshteynni yengil nishon qilib qo„ydi. Uni ta‟qib 
etish vositalari sifatida nimalarni qo„llashmadi deysiz: matbuotda chp etilgan 
maqolalar, nasherdan chiqqan kitoblar, hajviya va mutoyibalar, ma‟ruzlar... Va hatto 
ish-amali 
uning 
faoliyatini 
«chaynash»dan iborat bo„lgan butun boshli 
konferensiyalar ham tashkillangan edi. Eng ajablanarlisi va oshib tushgani esa, 
«aksilEynshteyn» jamiyatining tashkil qilingani bo„lgan bo„lsa kerak. Bu jamiyatning 
nemischa rasmiy nomi – «
Arbeitsgemeinschaft Deutscher Naturforscher zur 
Erhaltung reiner Wissenschaft
» bo„lgan. O„zbekchadagi ma‟nosi esa: «Sof ilm-fanni 
saqlab qolishga qaratilgan nemis tabiatshunoslari jamiyati» tarzida yangraydi.
Millatchi-sotsialistlarning ashaddiy namoyondalaridan biri bo„lgan Ditrix 
Ekkart ismli shaxs hatto Eynshteynni o„ldirib yuborish kerakligi haqida ochiqchasiga 
chiqishlar qilar edi. Olim hotirjamlikni saqlashga intilar edi. «
Barcha muammo 
shundaki, gazetalar doimo men haqimda yozib, shu orqali menga nisbatan g„iybat va 
yolg„on-yashiqning avj olishiga xizmat qilmoqda. Shunday ekan, men uchun chet-
elga ketish va sabr bilan kutishdan boshqa yo„l qolmayotir. Sendan esa faqat bitta 
iltimos: mazkur ahamiyatsiz hodisaga mening kabi yumor hissi bilan yondoshaver
» - 
deb yozgan edi u Maks Plankka yo„llagan xatlarining birida.
Bo„ron tindi. Lekin xavf-xatar saqlanib qolaverdi. Maks Born ta‟biri bilan 
aytgada, «kul ostida hali yovuzlik uchqunlari miltillab turgandi va ular 1933 yilda 
qayta alanga oldi». Marsel, Kolombo, Singapur, Gongkong, Shanxay, Kobo, Tokio, 
Falastin, Barselona, Buenos-Ayres, Rio-de-Janeyro, Montevideo, Gavana va nihoyat 
AQSH – Eynshteyn o„z chamadonlari bilan qayerlarda bo„lmadi deysiz. Xuddiki u 
o„zida tobora so„nib borayotgan vatandoshlariga bo„lgan ishonchni, musofirchilikdagi 
vatan sog„inchi bilan qayta alangalatmoqchidek edi. U haqiqatan ham o„zining 
respublika bilan aloqasini saqlab qolishga urinar va tinchlik elchisi sifatida, I-jahon 


129 
urushidagi g„olib davlatlar bilan Germaniya o„rtasidagi muzokaralarni tiklashga bel 
bog„lagandi. Axir bekorga u 1914 yilgi harbiy safarbarlikka jalb etilmagan kamsonli 
nemislardan biri emasdi. Va katta ehtimolki, bunday shahrma-shahar kezib yurish 
sargardonliklari, uning uchun yaqinlashib kelayotgan butunlay quvg„in oldidan 
repititsion tayyorgarlik bo„lib xizmat qilgan bo„lsa ajabmas.
Eynshteyn Germaniaydan ketish yoki ketmaslik uchun o„ziga-o„zi turli xil 
uzundan-uzoq dalil va vajlar keltirar va mazkur dalil hamda vajlar o„rtasida sarson 
bo„lib, fotonlarning amalda ham to„lqin, ham zarra holida mavjud bo„la olishi singari, 
«shizofrenik» ahvolda – arosatda kuymoqda edi. 1932 yil yozida u o„z tug„ilib o„sgan 
yurti – Germaniyaning «chidab bo„lmas millatchilikka asoslangan ijtimoiy bo„hron» 
arafasida turganini sezib turardi. Osha yilning kuz va qishida sodir bo„lgan va 
Giltlerning mamlakat kansleri lavozimiga kelishi bilan yakunlangan keyingi siyosiy 
o„zgarishlar Eynshteynning xavotirlari o„rinli ekanini isbotlab turardi. Berlin 
yaqinidagi qishloqda joylashgan uydan chiqib ketar ekan, Albert Eynshteyn rafiqasi 
Elzaga, qadrdon uyini so„nggi bora to„yib ko„rib olishini maslahat bergan edi: 
«
Uyimizni endi qaytib ko„rmaysan
»... 
Aytish mumkinki, bu vaqtga kelib Eynshteyn, o„zining olamga mashhurligi va 
ko„chmanchi yashash tarzi bilan, butun dunyo fuqarosiga aylanib ulgurgandi. 1932 
yilning 10 dekabrida «Oklend» kemasi Bremerxafendagi dengiz qirg„ogidan langar 
ko„tarib, okean osha AQSHga tomon yo„nalish oldi. Uning bortida avrning mashhur 
insonlaridan biri – Albert Eynshteyn ham, Prussiya va nemis millatchiligidan 
uzoqroqqa suzib ketdi.
Keyingi oyda Reyxstagga o„t qo„yildi. Tez orada butun Germaniya ashaddiy 
millatchilik kayfiyatidagi mal‟un fashist gazandalarning jinoiy tuzumi alangasi 
girdobida qoldi.


130 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish