52
Lorents almashtirishlariga ko„ra, qo„zg„almas holatdagi sanoq tizimidagi vaqtning
ma‟lum momentiga, harakatdagi sanoq tizimining cheksiz sondagi qiymatlari to„g„ri
kelardi. Cheksizlik aynan o„z asl ma‟nosida: makonning har bir nuqtasiga bittadan.
Shu tarzda, qirg„oqdagi ikkita alohida olingan nuqatdan aynan bir vaqtda sodir
bo„lgandek ko„rinadigan
ikki xil hodisa, kema tryumida joylashgan kuzatuvchi
uchun ayna bir vaqtda sodir bo„lgan bo„lmaydi. Agar tenglamalar bilan biroz ish
olib borilsa, unda ular ifodalab berayotgan olamdagi jismlar harakat vaqtida siqilar
ekan va harakatdagi tizimlar uchun vaqt sekinroq o„tar ekan. Olimlar uchun bu kabi
mavhumliklarni qabul qilish uchun nihoyatda asosli va salmoqli sabablar mavjud
bo„lishi kerak edi va ular buni qo„yib, avvalgi tushunchalarni zo„r berib himoya qila
boshladilar. Qo„l siltab taslim bo„lishdan avval,
ilm-fan elektromagnetizmni
nisbatan odatiy andozalarga solish uchun barcha kuch-g„ayratini safarbar etib
ko„rdi.
Maksvell va Gersning ishlari paydo bo„lishidan avval, olimlar to„lqin shaklida
mavjud bo„luvchi hodisalar biron-bir muhitga tayanib tarqalsa kerak degan fikr
mavjud edi. Masalan, tovush havo orqali yoki suvdan uzatiladi. Sog„lom fikr
(ba‟zan xavfli) bu tamoyilning universial ekanligi haqida pichirlab nido berardi.
Maksvell tenglamalari yorug„likning to„lqin tabiati haqida xabar berardi va shunga
muvofiq, yorug„likning tayanib tarqaladigan qandaydir muhiti, ya'ni, qandaydir efir
muhiti mavjudligi haqida farzalar paydo bo„la boshladi.
Qadimgi yunon faylasuflaridan farqli o„laroq,
fiziklar efirning xossalari
haqida bahs boylashib vaqt o„tkazib o„tirishmadi, aksincha, o„z tajribaxona
laboratoriyalarida qamalib olib, yangicha moddani (ya'ni efirni) qidira boshladilar.
Biroq, eng yuksak did bilan qilingan tajribalarning aqalli birortasidan ham, Yer
sayyorasi sayohat qiladigan ko„rinmas muhitning
mavjudligini tasdiqlab bera
olmadi. Efir o„zini xuddi detektiv asardagi qotil kabi tutardi: u jinoyat sodir etarkan
(yorug„likni tashib) o„zidan hech qanday iz qoldirmasdan yashirinar edi. Shubhasiz
efir yupqa modda bo„lishi kerak edi, lekin qator tajribalardan so„ng uning nihoyatda
efemer (muvaqqat) ekanligi borasida fikrlar paydo bo„ldi. Umidsizlikka tushgan
ayrim olimlar tomonidan esa, hattoki tabiat o„z tadqiqotchilari bilan bekinmachoq
o„ynayotganligi haqidagi xitoblar ham yangrab qoldi.
Shubha-gumonlarga liq to„la ushbu vaziyatda, sodir bo„layotgan narsalarga
nisbatan
juda turli-tuman taxminlar, shu jumladan, haqiqatga ancha yaqin bo„lgan
tushuntirishlar ham yuzaga chiqdi. Aksariyat savollarga javoblarni Maksvell
53
tenglamalari o„zida pinhon tutib turardi va qanday qidirishni bilgan odam, bu
pinhonalikni oshkoralikka aylantirishi mumkin edi. Eynshteyn voqea joyiga yetib
Do'stlaringiz bilan baham: