Ey, farzand


BIRODARNING BIRODARGA MUNOSABATI



Download 120,67 Kb.
bet40/66
Sana18.01.2022
Hajmi120,67 Kb.
#391579
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
Документ

BIRODARNING BIRODARGA MUNOSABATI

Ey, farzand!

Aka ukani to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, himoya qilib, qo‘llashi kerak. Unga bilmaganlarini o‘rgatishi, shirin so‘z bilan nasihat qilishi zarur. Uni yaxshi ko‘rishga harakat qilishi lozim.

Uka ham akaga nisbatan hurmatda kamchilikka yo‘l qo‘ymasligi, akadan hech narsasini qizg‘anmasligi, hasad qilmasligi kerak.

Din va oxirat yo‘lida aka-uka bo‘lgan birodarlar, qardoshlar bir-biriga nisbatan mehr-muhabbatda, izzat-hurmatda qusur qilmasliklari lozim. Bir-biri bilan Alloh uchun diniy qarindosh, uxroviy birodar, qiyomatli aka-uka, opa-singil bo‘lishi kerak. Ishi tushganda tezroq bitirishga harakat qilish lozim. Otaona bir qarindoshdan ko‘ra, diniy qarindosh, uxroviy birodar, qiyomatli og‘a-inilik yaxshiroqdir, xayrliroqdir, afzalroqdir. Bu haqda Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hadisi shariflari bor.

«Bir kishi boshqa bilan oxirat birodari (qiyomatli do‘st, aka-uka) bo‘lib, buni boshqalarga bildirsa, Alloh har ikki tarafdagi birodarlarga oxiratda shunday bir rutba ehson etadiki, u rutba hech bir ibodat bilan qo‘lga kirmaydi».

Uzoq joyda yashaydigan diniy birodarini, qiyomatli do‘stini ko‘rmoq uchun ketayotgan kishi bilan bog‘liq voqeani Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:

«Bir kishi uzoq joydagi uxroviy qardoshi — qiyomatli do‘stini ziyorat etgani ketayotganida Alloh bir farishtani unga duch qildi. Farishta unga:

— Yo‘l bo‘lsin! — dedi.

— Falon qishloqda qiyomatli do‘stim bor. Uning hajga ketayotganini eshitib, ziyoratiga boryapman, — dedi u kishi.

— Senga undan bir manfaat bormi, bu qadar uzoq yo‘l azobini tortib ketyapsan? — dedi farishta.

— Hech bir manfaat yo‘q, faqat Alloh rizosi uchun yaxshi ko‘raman va shu uchungina ketyapman, — dedi kishi.

— Ey, odam! Hech shubha qilmagaysan, sen qiyomatli do‘stingni qanchalik sevsang, Alloh ham seni shunchalik sevadi! — dedi farishta va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Bir ishni Alloh Rizosi uchun qilganni Alloh javobsiz tashlab qo‘ymaydi va muhaqqah o‘sha qulini sevadi!




Download 120,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish