Ey, farzand


QARINDOSH ZIYORATINING FAZILATI



Download 120,67 Kb.
bet41/66
Sana18.01.2022
Hajmi120,67 Kb.
#391579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
Документ

QARINDOSH ZIYORATINING FAZILATI

Ey, farzand!

Qarindoshlarni ziyorat qilish ibodatlarning eng go‘zallaridan biridir. Bunga beparvo bo‘lmaslik va uni unutmaslik kerak.

Bir kishi qarindosh ziyoratidan, ikkinchi kishi haj ziyoratidan qaytayotganda uchrashib topishdi. Hol so‘rashgach, hoji:

— Qarindosh ziyorati savobini menga bering, men sizga haj savobini berayin, — dedi. Bu orada g‘ayb olamidan ilohiy ovoz keldi:

«Zinhor qarindosh ziyoratining savobini berma. Biz sening bu ziyorating uchun qabul bo‘lgan yetmish haj savobini berdik».

Buni eshitgan ziyoratchi qarindosh ziyorati savobini haj savobiga almashmoqdan voz kechdi. Haj qilgan kishi — Ka’bai Muazzamani ziyorat etdi, u esa ko’ngil ziyoratida bo‘ldi.

Bir qudsiy hadisda Alloh marhamat etadi:

«Meni azamatim bilan arsh sig‘dirolmas, mo‘min qulimning qalbi sig’dirur».

Ey, farzand!

Kishi o‘g‘il-qizini kichik yoshdan tarbiyalab, odob bermog‘i kerak. Ma’lum yoshga yetgach, ba’zi narsalarni bolaga qabul qildirish qiyin bo‘ladi. Oila raisi oila a’zolarining ba’zi ayblarini kechirishi kerak bo‘ladi. Chunki oila raisidan a’zolar qo‘rqishadi. Zaif va kichiklar ayb qilishi mumkin. Shuning uchun ularni qo‘rqitishdan ko‘ra kechirish yaxshiroq.

Sadaqalarning eng afzali yaqinlarga va yaqin atrofga berilganidir. Xizmat mavqeida bo‘lganlar ham sadaqa va hadyalardan mahrum etilmasligi kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:

«Bir kishi oila a’zolarini yaxshi ko‘rgan taomlarini olib taomlantirsa, Alloh o‘sha kishiga ming savob berib, darajasini ming barobar ko‘taradi. O’sha kishini jannatda yaxshi ko‘rgan ne’matlariga yetkazadi».

Bir boshqa hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:

«Kishining jufti haloliga, bolalariga va xizmatida bo‘lganlarga sadaqa berishidan va ularni qo‘llashidan savobliroq bir ish yo‘q. Alloh ham o‘sha qulini ehsonga g‘arq aylaydi va har turli falokatlardan asraydi».

Bolalarga birinchi o‘rgatiladigan narsa-kattalarga hurmat. Bu odob o‘rgatilayotganda ularga shafqat qanotlarini tutish kerak. O’g‘il bolalarning behuda qiz bolalar bilan yaqin bo‘lishi aqlga kelmagan yomonliklarga olib kelishi mumkin. Ularni xafa qilmasdan, bezor etmasdan foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishiga diqqatlarini tortish kerak.

Bolalarni yetti yoshdan e’tiboran, namoz o‘qishga to‘qqiz yoshga kirgach, ro‘za tutishga odatlantirish, mahram va nomahram mavzularini ularga o‘rgatish kerak. Bolalarning ta’lim-tarbiyasi nihoyatda muhim va nozik mavzudir.

Bilmaganni bilimdon va samimiy bir mutaxassisdan o‘rganish kerak.

Qiz bolani kamolga yetkazadigan atrof-muhit, o‘quv yurti va maktabni yaxshilab o‘rganish lozim. To‘g‘ri kelgan joyda o‘qitish, tarbiyasiga e’tiborsizlik oqibati yaxshi bo‘lmaydi.

Kelin-kuyov masalalarida iffat tuyg‘usidan, Alloh qo‘rquvidan yiroq oilalar bilan zo‘raki qarindoshlik iplarini bog‘lasa chigal, zararli natijalarga olib keladi.

Eng buyuk martaba — ilm, eng ulug‘ fazilat — Allohdan qo‘rqish, eng ulkan boylik — salomatlik. Uylanishda bo‘lganidek, kasb tanlashda ma’lum yoshga kirgan navqiron yigit-qizlarga ishonch bildirish lozim. Zo‘rlash yo‘lidan bormasdan ishontirish yo‘lidan borish afzal.

Yoshlarni yetuklik, hayot yo‘liga yo‘llashda islom va zamon shartlari muvofiqligiga e’tibor berish foydalidir.

Go‘zal bir oila qurishda tadbirlar ko‘rib, Allohga tavakkal etish kerak.


Download 120,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish