Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet37/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

SEMINAR MAVZULARI.


1-seminar mashg’ulot
Mavzu: Yerning geologik evolutsiyasi.
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Yerning geologik evolutsiyasi to’g’risida bilimlar berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Organik olam evalutsiyasini isbotlashda tarixiy, dolzarblik prinsiplari asosli ekanligiga talabalarni ishontirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Jixozlar: Yerning geologik evolutsiyasiga oid rasmlar va multimediyani noutbuk, proyektor orqali ko’rsatish.
Mashg’ulotda foydalanadigan texnalogiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster
Xususiy metodik daraja Hamkorlikda o’qitish texnalogiyasi ( ”arra”).
Mashg’ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2.Talabalarni mashg’ulot mavzusi
3.Yangi mavzuni o’rganish.
Mavzu 4 qismga ajratiladi.
1. Yer taraqqiyotining astronomik bosqichi
2. Yer taraqqiyotining geologik bosqichi
3. Yer taraqqiyotining biologik bosqichi.
4. Yer taraqqiyotining antropogen bosqichi.
Ushbu qismlar bo’yicha talabalar 4 kichik guruhga bo’linadilar.
V. Yangi mavzu yuzasidan talabalar o’rtasida savol-javob uyushtirish.
VI. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ular tomonidan tuzilgan. Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster orqali amalga oshiriladi.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
Mavzu mazmuni:Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra, Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.
Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gra-vitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.
Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravish-da o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan. 
Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan. Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud.Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qat-lamlar yo‘nalishining umumiy ketmaketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu st-ratigrafiya shkalasi nomini oldi. Stratigrafik shkala geoxronologiya shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish