Evolyutsiya nazariyasi


EVOLYUTSIYANING MUOMMOLI MASALALARI



Download 2,86 Mb.
bet34/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

EVOLYUTSIYANING MUOMMOLI MASALALARI.
Evolyutsiya jarayonining hal qilinmagan ko’pgina masalalari bor. Ulardan biri turning bir ekologik sharoitdan boshqa ekologik sharoitga o’tish sabablarini aniqlashdir. Ba’zi evolyutsionistlar ontogenetik reaksiya keng ko’lamda beqaror bo’lishini, boshqalari preadaptatsiyani, uchinchilari o’zgaruvchanlikning safarbarlik rezervini va tanlash hodisasini bunga asosiy sabab deb ko’rsatmoqdalar.
Evolyutsiya asosiy omillarining tabiiy tanlanishga bo’lgan munosabatini aniqlashda ham olimlar orasida yakdillik yo’q. Ba’zi olimlar evolyutsiyaning boshlang’ich omillaridan hisoblangan mutatsiya jarayoni, populyatsiya to’lqini, alohidalanish, tabiiy tanlanishning har birining “ bosimi” evolyutsiyani vujudga keltiradi, deb talqin qiladilar. Bu omillarga ba’zilar duragay (kombinativ) o’zgaruvchanlikni ham kiritadilar. Bunday tasavvurlar albatta evolyutsiya omillari sonini kamaytiradi, ularning ta’sirini keng qiymatli qilib qo’yadi va oqibatda qo’yilgan muommoni soddalashtiradi. Bulardan tashqari, yuqoridagi tsavvurlarda hayvonlarning hatti harakati fenoti, populyatsiya tuzilishi, har xil urchishning roli evolyutsiya jarayonida tegishli baholanmagan. Tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning boshlang’ich omillariga kiritish ham munoyaraga sabab bo’lmoqda. Bularning hammasi evolyutsiya omillarini klassifikatsiyalash evolyutsion nazariyada dolzarb muommo ekanligidan dalolat beradi. Bazi olimlar tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning boshlang’ich omillariga kiritib bo’lmaydi, chunki u boshqa omillardan alohida bo’lsa ham ularning ta’sirini birlashtiruvchi mexanizmi deb uqtiradilar. Yashash uchun kurashni evolyutsion omillar qatoriga kiritish lozimliga haqida ham fikr bildirilmoqda. Shu munosabat bilan I.Shmalgauzen evolyutsiyaning genetik- matematik nazariyasini qattiq tanqid qiladi va bunday tadqiqotlar evolyutsiya mexanizmini ochib bermasligi, uning qonuniyatlarini to’lig’icha ifoda eta olmasligi, chunki unda yashash uchun kurash tushunchasi diqqat –etibordan chetda qolganligi, tabiiy tanlanish tashqi omil, organizm esa bo’shang obyekt sifatida talqin etilganligini ta’kidlaydi. Yashash uchun kurashni evolyutsiya omili sifatida talqin qiluvchi kelishmovchilik mikroevolyutsiyaning populyatsion evolyutsiyani tushuntirishda genetic va ekologik yondashishning malum jihatdan alohidalanganligi dadir, ya’ni ularning evolyutsiya hodisalarini tushuntirishda hali to’lig’icha birlashmaganligidadir.Simpatrik tur paydo bo’lishi , genetik avtomatik jarayon, genlar dreyfi bilan tanlanishining aloqasi, populyatsiya ichidagi raqobat, guruhni tanlash va uning evolyutsiyadagi roli haqida ham munozara bornoqda. Geologik solnomalarning chalaligi bilan yuqori taksonlar kelib chiqishining aloqasi, qisqa geologik davr ichida evolyutsiya jarayonining nisbatan tezligining ortish muomolari ham hali o’z yechimini to’lig’icha topganicha yo’q.Evolyutsiyada abiotik va biotik muomolarning yetakchi roli ham munozaraga sabab bo’lmoqda. Darvinning evolyutsiya jarayonida biotik omillarningroli nihoyatda katta ekanligi haqidagi g’oyasi ko’pchilik biologlar tomonidan e’tirof etilsada , lekin unga qarama qarshi, kosmik va geologik sabablar roliga ortiqcha baho beruvchilar ham uchraydi. Evolyutsiya omillari va qonunlari haqidagi masalalarning holati evolyutsion ta’limotning yanada rivojlanishini cheklab qo’yishi mumkinligini ta’kidlab o’tmoq kerak.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish