Evolyutsiya nazariyasi


EVOLYUTSION TA’LIMOT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH



Download 2,86 Mb.
bet36/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

EVOLYUTSION TA’LIMOT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH
Tabiatda har bir organizm turi alohida- alohida holda mavjud emas. Ular doimo bir- biri bilan organic bog’liq bo’ladi. Shunga ko’ra, ayrim turlarning u yoki bu sabablarga ko’ra qirilib ketishi o’z navbatida biogeosenozga kiruvchi boshqa turlarning o’zaro mutanosibligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, birorta o’simlik turining qirilib ketishi, o’z navbatida 5-7 ta hashorat va boshqa umurtqasiz hayvonlarning ham yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi. Ilmiy texnik revolyutsiya davrida insonning tabiatga aralashuvi tobora keskin tus olmoqda. Inson yangi sanoat markazlari bunyod etganda yoki yangi yerlar ochganda, qishloq xo’jaligi yuritganda turmushda turli ximyoviy preparatlardan foydalanganda ular har qanday oqibatlarga olib kelishini ko’pincha oldindan bilmaydi. Masalan, sanoatni rivojlantirish, trasportning ko’payishi bilan ularning chiqindilari, o’simlik va hayvonlarning yoppasiga nobud bo’lishi, biosferadagi muvozanatning buzilishi ro’y berishi mumkin. Shunga ko’ra, turli biogeosenozlarda muvazanat buzilishining sabab- oqibatlarini o’rganish evolyutsiyaning eng muhim muommolaridan biri bo’lib qoladi. Uni yechmasdan turib biosferadagi jarayonlarni samarali ravishda boshqarish mumkin emas. Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning tobora kambag’allashib borayotganidir. Bu ayniqsa inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligada yaqqol ko’zga tashlanadi. Faqat O’zbekistonning o’zida 40dan ortiq o’simlik turi va 400dan ortiq hayvon zoti kamyobligi buning yaqqol dalilidir. Ularning aksariyati bir tomondan, ovlash yoki ko’plab yig’ish bilan ikkinchi tomondan tabiiy komplekslarning yo’qolishi hisobiga ro’y bermoqda. Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan, mahalliy sharoitga moslashgan nav va zotlar kamayib, ba’zan esa tamomila yo’qolib ketmoqda.Hozirgi vaqtda 250000 yuksak o’simlik turidan 20000turi muhofaza qilinishi zarur. Ayniqsa, O’zbekiston ,Qrim, Ukrainna, Moldoviya , Kavkaz o’simliklari ko’plab nobud bo’lmoqda. Ming yillardan beri saqlanib kelayotgan O’rta Osiyodagi mevali daraxtlarning ko’p navlari va ularning yovvoyi ajdodlari deyarli yo’qoldi deyish mumkin. Yevropada mahalliy hayvonlarning 175ta zotidan 115tasi tamomila yo’qolib ketish arafasida turibdi. Vaholanki, ana shu nav va zotlar mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan va noyob genlar naboriga egadir. O’simlik va hayvonlar tur, nav zotlari soning kamayishi, genetik xilma- xillikning kamayishiga sabab bo’ladi. Har bir tur, nav, zot mavjudligini saql;ash faqat amaliyotda emas, balki organik olam evolyutsiyasi jarayonining normal borishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Kamayib ketgan hayvon, o’simlik turlarini qayta tiklash sohasida olib borilayotgan tadqiqot natijalariga ko’ra biror umurtqali hayvon turi 500dan, umurtqalin hayvon turi 50 mingdan kam bo’lmasligi kerak. Aks holda o’sha hayvon turining mavjudligini ta’minlash mumkin emas. Agar undan kam bo’lsa, tur genetik axborotining yarmi saqlanadi., xolos. Shuni hisobga olib, Bosh Assambelyaning tabiatni muhofaza qilish bo’yicha Xalqaro Ittifoqida, 1978 yil oktabr oyida qabul qilingan tabiatni muhofaza qilish butun dunyo strategiyasining bir moddasi har bir turga kiruvchi populyatsiyaning hayotchanligini saqlash uchun yetarli bo’lgan tur ichidagi o’zgarishlarning to’liq miqdorini saqlashga qaratilgan. Hozirgi vaqtda yovvoyi va xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o’simliklar genofondini saqlashning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Biogeosenozlarni tabiiy holda saqlashga qaratilgan qo’riqxonalar, botanika bog’lari, hayvonot bog’lari tashkil etish , o’simlik va hayvon hujayralari, spermatozoidlarni muzlatilgan holda saqlash, ulardan yangi organizmlar yetishtirish shular jumlasiga kiradi. Dunyo hayvonot bog’larida hozir qushlarning 72 turi va sutemizuvchilarning162 turi saqlanmoqda. Ularning 179 dan ortiq turi urchitilmoqda. Lekin bu yerda diqqat - e’tiborni tur yoki populyatsiyaning genetik xilma xilligini saqlashga qaratish kerak. Organik olamning xilma xilligi , turlar , populyatsiya genotipining turli tumanligi uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonining bizga qoldirgan katta inomi ekanligini unutmaslik kerak.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish