EVOLYUTSION TA’LIMOTNING METODOLOGIK ASOSI
Ch.Darvin ta’limoti organik olam evolyutsiyasini ilmiy – materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. U tabiatdagi voqea hodisalarni obyektiv ravishda ifodalaydi. Evolyutsion ta’limotning materialistik g’oyasi ayniqsa tabiatga tarixiy yondashishda ko’zga yaqqol tashlanadi. U organik olamning genetic kod tuzilishidan to biosferagacha bo’lgan rivojlanishni tarixiy jarayon natijasi deb talqin qiladi. Darvin organik olamning tarixiy rivojlanishi bilan birga organizmlarning muhitga moslanishini ham ilmiy asosda tushuntirib, tabiatshunoslik sohasidan idealism, metafizika oqimlarini quvib chiqardi va biologiyaning keng ko’lamda rivojlanishiga yo’l ochib berdi . Evolyutsion nazariyaning materialistik mohiyati shundan iboratki, u biologik evolyutsiyaning murakkab jarayonlarini irsiy o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, alohidalanish kabi moddiy omillar yordamida izohlab va ilhiy kuchlarga o’rin qoldirmaydi. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarning moddiyligini tan olish darvinizmning ilmiy nazariyaga aylanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Evolyutsiya jarayononga olib keluvchi asosiy ziddiyat populyatsiya tarkibiga kiruvchi sifat jihatdan farq qiluvchi individlar bilan muhit o’rtasidagi ziddiyatlardir. Bu ziddiyat ichki ziddiyat bo’lib, tuzilish darajasining yuksalishi bilan bu munosabatlar kuchaya boradi. Organizm bilan muhit o’rtasidagi ziddiyatlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va yangi moslanishlarning paydo bo’lishi bilan bartaraf qilinadi. Organik olamdagi evolyutsiya qarama qarshilik kurashi mavjud tuzilish, forma va hako0zolarni saqlash bilan, ularning yangi sharoitda o’zgarishi o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish natijasi ekanligini qayd etish zarur. Ziddiyatlar kurashi orqali Darvin biologiyaning eng asosiy masalalaridan biri bo’lgan organik olamdagi olamdagi moslanish muomosini ham materialistik asosda tushuntirdi. Evolyutsion ta’limot organic olam doimo harakatda, o’zaro munosabatda va qarama qarshilikda ekanligini atroflama ochib berdi. Organik olamdagi tarixiy rivojlanish yuzaki qaraganda tasodifiy hodisalarga, to’satdan paydo bo’ladigan o’zgarishlarga asoslansada, aslida u tabiiy tanlanish orqali malum yo;nalishga kiradi. Molekulyar genetik darajadagi muqarrar va qonuniy o’zgaruvchanlik yashash uchun kurash individlarning qirilishi darajasida butun evolyutsion jarayon uchun qonuniy va yo’nalishli bo’ladi. Evolyutsion ta’limotda rivojlanish jarayoni bir tomondan uzlukli, miqdor, ikkinchi tomondan sekin va tez sodir bo’luvchi sifat o’zgarishlarini almashlab turishi natijasi ekanlagini qayd etish kerak. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar rivojlanayotgan sistemalarning har biri chunonchi, populyatsiya, tur, biogeosenoz ichida bo’lishi ishonchli dalilar bilan tushuntirib berildi.Dialektik materialiym falsafasi singari darvinizmda ham organik olamning rivojlanish manbai bo’lib, ziddiyatlar hisoblanadi, taraqqiyot esa qarama qarshlik kurashidan iborat deb talqin qilinadi. Bu evolyutsion nazariyaning metodologik asosini tashkil etadi. Evolyutsiyaning boshqako’pgina muommolari, xususan eski tuzilishning yangi tuzilishga o’tishi, rivojlanishning yo’lalishli va yo’nalishsizligini , progress va regress, evolyutsiyaning qaytarilmasligi, qaytarilishi ham falsafiy tavsivga ega. Evolyutsiyaning asosiy yo’nalishi mayda irsiy o’zgarishlar tanlanish tufayli yig’ila borishi hisobiga amalga oshadi. Shunday qilib, boshqa biologiya fanlariga nisbatan evolyutsio nazariya rivojlanishining umumiy qonunlarini o’rganuvchi falsafa ( dialektika) bilan chambarchas bog’liqdir. Rivojlanishning dialektika konsepsiyasi evolyutsion nazaziya uchun metodologik asos bo’lishi bilan birga o’zi ham evolyutsion ta’limot ma’lumotlarini xulosalab takomillashtiribv boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |