Genetik algoritmlardan foydalanuvchi komp'yuter soxasi vakillari uni komp'yuterli evolyutsion biologiya bilan adashtirishadi. Bu soxadagi ishlarda xisob-kitob va algoritmlarni yaxshilash uchun maxsus dasturiy ta`minotlardan foydalaniladi hamda replikatsiya, mutatsiya yoki rekombinatsiya orqali tabiiy tanlanish jarayonida tirik qolish kabi evolyutsion printsplarga asoslanadi. Biologik xilma hillikni baholash Ekotizimning biologik xilma hilligi –aniq bir muhitni tashkil etuvchi, istiqomat qiluvchi barcha turlarning to`liq genetik yig’indisi kabi aniqlanishi mumkin. Ekotizim shaxtaga tashlab qo`yilgan bioplyonka, dengiz suvi tomchisi, er qatlami yoki butun Yer sayyorasi bo`lishi mumkin. Turga doir nomlar, tavsiflar, tarqalish areali, genetik ma`lumotlar uchun MBdan foydalaniladi. Maxsus dasturiy ta`minot axborotlarni izlash, vizuallashtirish va tahlil uchun qo`llaniladi va eng muximi ushbu ma`lumotlar boshqalar uchun ham tuxfa etiladi. Kompyuter simulyatorlari populyatsiya dinamikasi kabi narsalarni modellashtiradi yoxud agronomiyadagi umumiy genetik sog’lom namunalarni aniqlab beradi. Ushbu soxaning eng muhim potentsiallaridan biri- bu nobud bo`lib borayotgan turlarning DNK ketma -ketligi yoxud butun genomining tahlil etilishi sanaladi. Bunda o`sha turning genetik ma`lumotlari komp'yuterda saqlanib qoladi va kelajakda ushbu tur butunlay yo`qolib ketgan taqdirda ham uning ma`lumotlaridan foydalanish imkoni bo`ladi. Kompyuter simulyatorlari populyatsiya dinamikasi kabi narsalarni modellashtiradi yoxud agronomiyadagi umumiy genetik sog’lom namunalarni aniqlab beradi. Ushbu soxaning eng muhim potentsiallaridan biri- bu nobud bo`lib borayotgan turlarning DNK ketma -ketligi yoxud butun genomining tahlil etilishi sanaladi. Bunda o`sha turning genetik ma`lumotlari komp'yuterda saqlanib qoladi va kelajakda ushbu tur butunlay yo`qolib ketgan taqdirda ham uning ma`lumotlaridan foydalanish imkoni bo`ladi. Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi ta'rifiga ko'ra bioxilma-xillik - hayotning barcha shakllari ko'rinishlari va uyushmalarining xilma-xilligidir. Bioxilma-xillik yoki biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |