Bioinformatikaning asosiy tadqiqot yo`nalishlari Genetik ketma -ketliklar tahlili Genom annotatsiyasi Evolyutsion biologiya Biologik xilma hillikni baholash
Sekvenirlash natijasida qo`lga kiritilgan ulkan ma`lumotlarni qayta ishlash bioinformatikaning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. 1977 yilda Phi-X174 fag sekvenirlangandan buyon, juda ko`plab organizmlar DNK ketma -ketligi o`rganilib, ma`lumotlar bazasiga kiritildi. Genlarni bir yoki xar hil tur doirasida solishtirilishi oqsillar vazifasi yoki turlar o`rtasidagi munosabatni namoyish etishi mumkin (aynan shu ko`rinishda Filogenetik daraxtlar tuzilishi mumkin). Xozirgi kunda milliardlab juft nukleotidlardan iborat minglab organizmlar genomi bo`yicha qidiruvni amalga oshirish uchun komp'yuter dasturlari qo`llaniladi. Dasturlar xar hil turlar genomidagi o`xshash DNK ketma -ketligini o`zoro taqqoslab berishi mumkin ; ko`p xollarda bunday ketma -ketliklar o`xshash vazifalarni amalga oshiradi, farqlar esa aloxida nukleotidlarning almashinishi, qo`shilishi yoki "tushib qolishi" (deletsiya) kabi kichik mutatsiyalar natijasida yuzaga keladi.