2 Ж бор 3 ЖPZR-amplifikasiyasi metodining asosiy tushunchalari. Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) - in vitro amplifikasiya metodi bo’lib, uning yordamida qisqa vaqt mobaynida muayyan sondagi DNK ketma-ketligini odatdagidan 1000 marotaba ko’proq tanlash yoki ko’paytirish mumkin
Metod mohiyati – probirkada muayyan DNK qismlarini qaytalanuvchi temperatura sikllarida ko’p marotabali ko’chirish (amplifikasiya). Amplifikasiyaning har bir siklida yuqorida sintezlangan fragmentlar yana DNK-polimeraza fermenti yordamida ko’chiriladi va DNK fragmentlari o’ziga xos ko’p marotaba kattalashadi.
PZR (PSR) tarixi. 1983 yil- Amerikaning «Gettus» firmasi xodimi Keri Myullis kaytalanuvchi xarorat sikllari yordamida probirkada DKN uchustkasining amplifikasiya kilish metodini yaratdi. 1985 yil-Betta-gemoglobin uchustkasi amplifikasiya kilindi (metodning dastlabki amaliyotda kullanilishi). 1989 yil «Science» jurnali polimeraza fermentini «yil molekulasi deb ta’rifladi. 1993 yil- Keri Myullis Nobel mukofoti bilan takdirlandi.
PZR qo’llanalish sohasi: 1. genom ketma-ketligini yuqori darajali klonlash
2. mitoxondriya va genom DNK larini to’g’ri sekvenerlash
3. nukleotid ketma-ketligi o’zgaruvchanligini tahlil qilish
4. kasallik qo’zg’atuvchilarni aniqlash
PSR bosqichlari: 1. DNK saklovchi namuna denaturasiyaga uchratiladi
2. DNK bir zanjiriga praymerlar «yopishtiriladi» (bu vaktda xarorat pasaytiriladi)
3. DNK-polimeraza ishtirokida elongasiya sodir buladi.
4. DNK yana denaturasiyaga uchratiladi.
5. Yangi praymerlar «yopishtiriladi»
6. Polimeraza paraymerlarni kurib tugatadi.
4-Жбор 5-Жбор
Xordalilarning, faqat ularga xos, belgilaridan biri orqa va qorin tomonlarining o’rin almashinganligidir. Xordalilarning orqa tomoni boshqa barcha ikkitomonlama simmetriyali hayvonlarning qorin tomoniga mos keladi, shu jumladan, xordali bo’lmagan ikkilamchiog’izlilarning ham. Bu holat embriologiya va rivojlanish genetikasi tomonidan tasdiqlangan va tan olingan holatdir.
Xordalilarning qadimgi vakillaridan biri bo’lgan assdiy yetuk davrida xaltasimon shaklda bo’lib, o’troq va koloniya holatida yashaydi, lekin uning lichinkasida xordalilarning tipik belgilari namoyon bo’ladi. U suv qatlamlarida suzib yuradi hamda xorda va unga tegib turgan nerv nayiga ega bo’ladi. Odatda xordalilarda nerv nayi va xorda joylashgan tomoni «orqa tomon» deb hisoblanadi. Lekin qizig’i shundaki, assidiy lichinkasida, boshqa barcha xordalilardan farqli ravishda, og’iz teshigi ham shu tomonda, nerv nayining oldingi tomoniga yaqin joylashgan. Bundan tashqari, lichinka spiralsimon harakatlanadi va uning qaysi tomoni orqa tomon, qaysi tomoni qorin tomon ajratib bo’lmaydi. Bunga e’tibor bergan K.Nilsen, assidiy va uning qarindoshlarida (boshqa xordalilardan farqli ravishda) qorin va yelka tomoning almashinuvi to’liq emas deb hisoblaydi. Xuddi shunday fikrni rus olimi V. V. Malaxov ham aytgan edi (V. V. Malaxov, 1996. Proisxojdeniye xordovыx jivotnыx). Demak, tana tomonlarining almashinuvi barcha ikkilamchiog’izlilarning emas, balki faqat xordalilar uchun xos bo’lib, xordalilar evolyusion tarmog’i ichidagi xususiyatdir va hammasida ham tugallanishga ulgurmagan. Barcha ikkilamchi og’izlilarga tegishli bo’lgan muhim xususiyatlar ham mavjud. Birinchi muhim xususiyat -hazm sistemasining oldingi qismini tashqi muhitga tutashtiradigan jabra yoriqlariningmavjudligidir. Aftidan, jabra yoriqlari barcha ikkilamchi og’izlilarning umumiy ajdodida mavjud bo’lgan va bu holat paleontologiya va genetika ma’lumotlari bilan tasdiqlangan. Jabra yoriqlari dastlab filtrasiya usulida oziqlanishni ta’minlagan. Shunday usulda oziqlanish hozirda ham ko’pchilik yarimxordalilar va ayrim xordalilarda saqlanib qolgan.