yettinchi muammosi hisoblanadi. . - Tabiat to’g’risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi tasavvurlar
- Organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi ta’limot XIX asr o’rtalarida yaratilgan bo’lsada, biroq evolyutsion ta’limotga doir ba’zi malumotlar, g’oyalar juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Organik olamning paydo bo’lishi to’g’risidagi tasavvurlar ko’p jihatdan tirik tabiatni bilish darajasiga bog’liq. Inson tabiatni ijtimoiy mehnat faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq o’rgana boshlagan. Uning bu sohadagi tajribasi, bilimi foydali o’simliklarni topish va ekish, yovvoyi hayvonlarni ovlash va xonakilashtirish jarayonida tobora ortib borgan, takomillashgan. Keyinchalik bu bilimlar turli tarixiy davr va ijtimoiy formatsiyalarda amaliy biologiya, tibbiyot, qishloq xo’jalik sohasi bo’yicha sekin-asta kengaya borgan.
-
- Qadimgi sharq mamlakatlarida quldorlik bo’lsada, lekin bu vaqtda yozilgan ba’zi asarlarda olamning moddiyligi, tabiat qonunlarining tabiiy xarakteri va tirik mavjudotlarning tabiiy ravishda vujudga kelishiga mansub ayrim fikrlar uchraydi. Chunonchi, Qadimgi Misrda mashhur bo’lgan «Arfist qo’shig’i» nomli asarda jon abadiy emasligi, haqida fikr yuritiladi.
- Qadimgi misrliklarga ko’p shifobaxsh o’simliklar, davolash vositalari, gigiyena qoidalari ma’lum bo’lgan, jarrohlikning nisbatan yuksak rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon berdi. Qadimgi Misrda eramizdan 3000 yil muqaddam bug’doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, no’xat, zig’ir, tok va boshqa o’simliklar ekilgan.
- .
- Qadimgi faylasuflarning tabiat haqidagi tushunchalari.
- Hindistonliklarning eramizgacha bo’lgan davrdagi VIII asrda yozilgan «Hayot kitobi» nomli asarida olamning moddiyligi va uning 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efir) dan iboratligi haqida fikr yuritiladi. Tirik tabiatni o’rganish ishlari tibbiyot talablariga mos ravishda olib borilgan. Shu sababli ular 760 ta xilma-xil shifobaxsh o’simlikni bilganlar. Murtakning rivojlanishi ustida olib borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi hindilarga tegishlidir. Bu o’sha davrda Hindistonda anatomiya, embriologiya kabi fanlarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori ekanligidan dalolat beradi..
- Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo’jaligida almashlab ekish joriy etilgan. Yerlarni o’g’itlashda, sug’orishda birmuncha yutuqlar qo’lga kiritilgan. Eramizdan 3000 - 4000 yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o’simliklarning navlarini (manzarali o’simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo’llanilgan.
- Qadimgi Xitoy tibbiyotida qo’llanilgan davolash usullarining ba’zilari (ninaterapiya, kuydirish yo’li bilan davolash) hozirgacha ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Eramizdan oldin 298 - 238 yillarda yashagan xitoylik faylasuf Syun Szi odam bilan hayvonlar o’rtasidagi farq haqida gapirib, inson aql-idrokka ega, jamiyatda yashab, o’z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o’ziga qaraganda kuchliroq bo’lgan hayvonlar ustidan hukmronlik qilishga, ulardan o’z maqsadlarida foydalanishga imkon beradi, degan edi..
- O’simliklar bilan hayvonlar olamini xitoylar qadimdan o’rganganlar. Ularning klassifikatsiyasi eramizgacha bo’lgan ikkinchi asr oxiri birinchi asr boshlarida yashagan Djouli asarlarida uchraydi. U o’simliklarni 5 guruhga — danaklilar, qo’zoqlilar, sharbatlilar, yotib o’suvchilar va butalarga bo’lgan. Hayvonlar ham 5 gruppaga bo’lingan. Ular jun bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirh bilan qoplanganlar, tangacha bilan qoplanganlar va chig’anoq bilan qoplanganlar deb nomlangan. Qadimgi xitoylarning tasavvuriga ko’ra, organizmlarda bir formaning boshqa formaga o’tishi nihoyatda turli-tumandir.
- Qadimgi sharq madaniy merosi Qadimgi Yunoniston fani va madaniyati rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Shu sababli ham Qadimgi Yunoniston tabiatshunos faylasuflaridan Fales, Anaksimandr asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir qatorda, tabiiy bilimlar asosida rivojlangan yangi ijtimoiy xo’jalik amaliyoti ham o’z ifodasini topgan. Ular barcha borliq asosida dastlabki materiya yotadi, tabiat doimo harakatda bo’ladi, o’zgaradi, degan g’oyani ilgari surdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |