«Эволюция» атамаси биологияда илк бор XVIII асрда швейцария олими Ш. Боннэ томонидан қўлланилган бўлиб, бу сўз дастлаб «ёйилиб очилиш» маъносини англатган эди.



Download 4,68 Mb.
bet13/14
Sana12.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#544936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-ma'ruza mavzusi taqdimoti

Этьенн Жоффруа Сент-Илер (15 апреля 1772 — 19 июня 1844) — французский зоолог, континентальный предшественник британского эволюциониста Ч. Дарвина и предтеча современного учения об инволюции[5].
  • Hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligi haqida E.Sent-Iler
  • Fransuz olimi Eten Joffrua Sent-Iler (1772 — 1844) o’z dunyoqarashi bilan J- Kyuvega tamomila qarama-qarshi edi. Agar Kyuve kreatsionizm va teleologiya oqimlarining himoyachisi bo’lsa, Sent-Iler ilg’or transformizm oqimining ko’zga ko’ringan namoyondasidir. Kyuve hayvonlar to’rt plan asosida yaratilgan desa, Sent-Iler ular bir plan asosida tuzilganligini ta’kidlagan. Buni isbotlash uchun u qiyosiy anatomiya, embriologiya fanlari dalillariga murojaat qilgan. Masalan, umurtqali hayvonlarning oldingi oyoqlari (odamning qo’li, ko’rshapalak va qushlarning qanoti, ko’rsichqonning yer qazuvchi oyoqlari, kitning suzgich oyoqlari) o’zaro taqqoslansa, ular yelka, bilak-tirsak, kaft ust, kaft va barmoq suyaklaridan iborat ekanligi ma’lum bo’ladi.
  • Binobarin, ular har xil vazifa bajarishidan qat’i nazar, tuzilishi o’zaro o’xshash. Bunday organlarni Sent-Iler analoglar deb atagan. Aslini olganda, Sent-Iler ta’riflagan analogik organlar hozirgi zamon biologiya fanidagi gomologik organlarga mos keladi. Analogik organlar deyilganda, esa funksiyasi o’xshash, kelib chiqishi va tuzilishi har xil bo’lgan organlar, gomologik organlar deyilganda esa funksiyasi har xil, kelib chiqishi va tuzilishi o’xshash bo’lgan organlar tushuniladi. Sent-Iler fikriga ko’ra, analogik organlar organizmda muayyan o’rin egallaydi. Ularning tuzilishi o’zgarishi mumkin, ammo joylashgan o’rni o’zgarmaydi. Hayvonlarning bir plan asosida tuzilganligini isbotlash uchun u yana qiyosiy embriologiyadan ham foydalandi.
    • Sent-Iler baliqning kalla suyagini sut emizuvchilar embrionining kalla suyagi bilan o’zaro taqqoslab, ularda suyaklanish markazlari, suyaklarning joylanishi bir tipda ekanligini aniqlaydi. Embriologik tadqiqotlar tufayli kit va parranda embrionining jag’larida boshlang’ich tishlar bo’lishini ham aniqladi. U ana shu dalillarga asoslanib, yetuk organizmlarda u yoki bu organ yohud qismlarning bo’lmasligi reduksiya natijasidir, degan xulosaga keldi. Uning fikricha, umurtqali hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligini rudimentar organlar misolida ham isbotlash mumkin. Avstraliya tuyaqushi — kazuar qanotining teri osti rudimenti, odamda uchinchi qovoq borligi rudimentar organlarga misol bo’ladi. Sent-Iler hayvonlarning organi «muvozanat prinsipi» asosida o’zgarishini, ya’ni har bir hayvonda barcha organlar kurtagi mavjudligini, muhit ta’siriga qarab, ular orasidan ba’zi organlar kuchli, boshqalari kuchsiz rivojlanishini, boshqa organlar hisobiga ba’zi organ kuchli rivojlanishi yoki rivojlanmay qolishini ta’kidlaydi. Masalan, baqaning individual rivojlanishida jabrasi reduksiyalanishi hisobiga o’pkasi kuchli rivojlanadi va hokazo.
    • Sent-Iler har bir hayvon ma’lum maqsadlarni ko’zlab yaratilgan, degan teleologik prinsipga qarshi chiqdi. U organizmlarning o’zgarishida tashqi muhit nihoyatda katta rol o’ynashini ko’rsatib, masalan, meva bog’larida ba’zi yillari nokning mevasi shirin yirik bo’lsa, boshqa yillarda, aksincha, mayda va nordon bo’lishini bu o’zgarishlar bir necha asr davom etsa, organik formalar ancha keskin va keng ko’lamda o’zgarishini, bir xil formadan boshqa xil formalar kelib chiqishini qayd qildi. Sent-Iler Yer yuzida doimiy o’zgarish bo’ladi, natijada har xil geologik davrlarga mansub hayvonlar vujudga keladi, deb e’tirof qildi. Uning fikricha, organizmlar asta-sekin o’zgaradi, ayrim hollarda esa o’zgarish to’satdan, ya’ni sakrash yo’li bilan ham vujudga kelishi mumkin. Buni isbotlash uchun u jabra bilan nafas oladigan itbaliqning suvdan quruqlikka o’tishi natijasida birdaniga o’pka bilan nafas oladigan baqaga aylanishini misol qilib keltiradi. Sent-Iler shu singari dalillarga asoslanib tabiat, barcha hayvonlar bir plan, o’xshash prinsip asosida tuzilgan, lekin ular qismlari bilan bir-biridan farq qiladi, deb ta’kidlaydi. Bu g’oyaning to’g’riligini isbotlash maqsadida u tamomila noto’g’ri misollarga murojaat etdi. Masalan, bo’g’imoyoqlilar o’zgargan umurtqali hayvonlardir, degan xulosaga keldi, umurtqalilarda nerv sistemasi tanasining orqa, bo’g’imoyoqlilarda esa qorin tomonida joylashgan, agar bo’g’imoyoqlilar to’nkarilsa, umurtqali hayvonlarga o’xshash bo’lishi mumkin deydi. Uning hasharotlarning segmenti umurtqali hayvonlarning umurtqasi bilan, oyoqlari esa qovurg’asi bilan o’zaro o’xshash, degan mulohazasi hech bir dalilga asoslanmagan xato fikr edi.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish