Etnologiya uzb


Antoropologik klassifikatsiyasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/86
Sana12.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#491973
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86
Bog'liq
etnologiya

Antoropologik klassifikatsiyasi: Yuqorida ta`kidlaganidek, G`arbiy Evropaning etnik 
qiyofasidagi milliy tuzilish murakkab va kwp asrlik jarayon mahsulidir. Hozirgi davrda bu erda 60 
ga yaqin etnoslar yashaydi. Shulardan 38 tasi, ya`ni 67,5 foizi bir milliondan ziyod aholiga ega. 
Evropa xalqlari boshqa qit`a xalqlariga qaraganda milliy jihatdan oldinroq shakllana boshlagan. 
XIX asrning wrtalariga kelib kwpchilik xalqlar millat sifatida asosan, wz milliy davlati chegarasida 
shakllangan. Ayrim xalqlar (masalan, italyanlar va nemislar) XIX asrning 70-yillarga kelib, 
ba`zilari (Janubi-Sharqiy Evropadagi Gabsburg va Usmon imperiyalari tomonidan asoratga 
solingan elatlar) birinchi jahon urushi tugagach milliy shakllanish jarayonini boshidan kechirgan. 
Hozirgi Evropa aholisining yarmiga yaqini (Daniya, Vengriya, Italiya, Polsha, Germaniya, 
Portugaliya, Islandiya, Gretsiya, Irlandiya va hk.) bir millatlik, ya`ni 95 foizdan ortig`i asosiy tub 
millat vakillari yashaydigan mamlakatlardir. Ayrim davlatlarda mayda millatlarning yirik guruhlari 
joylashgan (Frantsiya, Bolgariya, Finlyandiya va Ruminiya), ba`zilari esa kwp millatli mamlakatlar 
qatoriga kiradi. XX asr swngida anna shunday mamlakatlardan biri Yugoslaviya asosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy va etnik sabablarga kwra parchalanib ketdi. Uning merosxwri sifatidda besh mustaqil 
davlat Serbiya va Chernogoriya, Xorvatiya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina, Sloveniya jahon 
xaritasida paydo bwldi. Bugungi kunda kwp millatli mamlakat hisoblanadigan Buyuk Britaniyada 
inglizlar, shotlandlar, irlandlar, uelsliklar, gallar; Ispaniyada ispanlar, kattalonliklar nalisiylar, 
basklar yashashadi. 
G`arbiy Evropaning turli qismlarida, ayniqsa, chegaradosh hududlarda, aralash etnik guruqlar, 
kwp millatli viloyatlar ham uchraydi. Ammo kwp mamlakatlarning milliy lingvistik tuzilishi ancha 
yaxlit. Yarim milliardlik mintaqa aholisining asosiy qismi (95 foiz) hind-evropa tillarining vakillari 
bwlib, ular twrtta til oilalariga-german, roman, slavyan va kelt tillariga mansubdirlar. Bu tillardan 
eng kattasi 17 xalqdan iborat German guruhi bwlib, unda 178 mln.ga yaqin kishi gapiradi va u bir 
necha yirik shevalarga bwlinadi. Nisbatan ancha yaxlit hisoblangan roman til guruhiga kiradigan 15 
ta xalq (177 mln.kishi) zich joylashgan. Slavyan tillarida (g`arbiy va janubiy slavyanlar) 
gapiradigan 11 ta elatning soni taxminan 79 mln. kishi. Juda kam aholiga ega bwlgan keltlar (7,4 
mln. dan ortiq) Evropa xalqlarining eng qadimiy avlodlari hisoblanadi. 
Hind-evropa til oilasiga kiradigan qadimgi Frakiya (illiriya) – liklarning avlodlari hisoblangan 
albanlar (4,9 mln. kishi) va qadimgi davrdagi yunonlar bilan wrta asrlarda shimodan kwchib kelgan 
slavyanlar va albanlar bilan aralashib ketgan hozirgi greklar (10 mln. dan ortiq) mustaqil guruhga 
ajralib tilida va turmush tarzida wziga xos xususiyatlarni saqlab qolganlar. Butun Evropaga mayda 
guruhlarga bwlinib tarqalgan lwlilar (asli ular X-XII asrlarda Hindistondan kelib, XIV-XV asrlar 
davomida turli mamlakatlarga joylashgan) ham hind-evropa tillarining vakillaridir. Daydichilik 


91 
turmush tarziga wrgangan lwlilarning kwpchiligi hozir Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va qisman 
Chexiya va Slovakiyada yashaydi. 
Evropa mamlakatlarida yashovchi yahudiylar asosan, wsha mamlakatning tilida gapiradilar, 
ammo diniy ibodatda qadimiy yahudiylar tili (ivrit)dan foydalanadilar. Boshqa til oilalarining 
vakillaridan ural tili oilasiga mansub (taxminan 18 mln.) uchta xalq: finlar, vengerlar hamda 
kwchmanchi lopar (saam)lar, turkiy til guruhiga tegishli Bolqon yarim orolidagi usmon turklari va 
gagauzlar wz tillarida gapiradilar. Malta va Sitsiliya janubidagi Choko orollarida yashovchi aholi 
semit til oilasiga mansub Tunis shevasiga yaqin arab tili vakillaridir. Ammo ularning tillarida 
italyan va ingliz swzlari kwp uchraydi. 
Evropala qadimiy davrlardan mahalliy tabiiy sharoitga moslashgan evropoid irqining har xil 
tiplari joylashgan. Aslida bu erda ikkita irqiy tip farqlanadi: oqtanli, malla rang sochli, kwk kwz 
(blondin) belgilari bilan ajralib turgan shimoliy evropoid va qora sochli, qora kwzli (brunet) 
tipidagi janubi evropoid irqlari. Mazkur tiplarning wrta tipii (shaten) ikkalasining belgilarini 
saqlagan. Keyinchalik Evropaga mwg`ullarning kirib kelishi ayrim etnoslarda qisman wz ta`sirini 
qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid belgilariga ega bwlgan loparlar misol bwla 
oladi. Keyingi yillarda Evropa mamlakatlarida, ayniqsa, Frantsiya va Germaniya Federativ 
respublikasida, kwplab negroidlar paydo bwlgan. Ularning ancha qismi mahalliy xalqlar bilan 
aralashib mulatlar guruhini yaratgan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish