88
Evropa wrmonlarida har xil tuyoqli va yirtqich hayvonlar, ovlanadigan va suyraydigan
qushlar, ayiq va yavvoiy chuchqa, mwyna, kiyik, bwri, tulki va boshqa turli jonivorlar kwplab
yashagan. Ammo wrta asrlardagi qirol va ritsarlarning ommaviy sayillari kwp hayvonlarning
Urug`ini quritgan. Oqibatda Evropaning qadimiy faunasidan nom-nishon deyarli qolmagan. Faqat
ayrim hayvonlarning turlari hozirgi hayvonot bog`larida sun`iy ravishda saqlanib kelinmoqda. Uy
hayvonlaridan qwy, qoramol, chuchqa, parrandalarni parvarish qilish qishloq xwjaligining muhim
sohasiga aylangan.
Evropa qit`asining Tabiiy-geografik jihatdan- geologik tarixi, rel`ef va iqtimining umumiy
belgilari, biologik birligi, suv taxiralari tabiiy sharoitlarga qarab bir necha muzofotlarga bwlingan.
Etnografik klassifikatsiyaga binoan Evropa mamlakatlari twrt guruhni tashkil qiladi: Shimoliy
Evropa (Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya, Daniya va Islandiya), Sharqiy Evropa (Pol`sha,
Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Ukraina, Belorussiya,
Albaniya), G`arbiy Evropa (Angliya, Irlandiya, Frantsiya, Bel`giya, Niderlandiya, Shveytsariya,
Avstriya, Monako va Lyuksemburg) va Janubiy Evropa (Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Gretsiya,
Gibraltar, Mal`ta, San-Marino). Tarixiy jihatdan bu mamlakatlar nihoyatda murakkab turli
voqealarga boy davrlarni bosib wtgan, jahon miqyosida buyuk geografik kashfiyotlar va Uyg`onish
davridan, keyin butun insoniyat taqdirini belgilab bergan olamshumumul hodisalarning sababchisi
va guvohi bwlgan. Ammo eng qadimiy yuksak madaniya wchrg`i bu erda emas, miloddan avvalgi
V-III ming yilliklarda Shimoliy Afrika, Janubiy (G`arbiy va Janubiy) Osiyo hududida paydo
bwlgan. Wsha davrlarda Evropada ovchilik va terimchilik bilan shug`ullangan ibtidoiy qabilalar
yashagan.
Insoniyat Janubiy Evropa va uning wrta qismini eng qadimiy davrlardan wzlashtira
boshlagan. Wtgan asrda wtkazilgan tadqiqotlar shuni kwrsatadiki, aksariyat Evropa mamlakatlarida
ilk paleolit davridan odamlar yashagan. Frantsiya g`orlarida topilgan tosh qurollar, arxeologlarning
ta`rificha, bu erda ketma-ket paleolit madaniyati shakllanib kelganligini tasdiqlaydi.
Ibtidoiy ajdodlar dastlab yirik hayvonlarga ov qilib kun kechirganlar, g`orlarda, chayla va
ertwlalarda yashaganlar, toshlardan, yog`och va suyakdan turli qurollar yasaganlar, teridan kiyim
tikishni bilganlar. Ular kichik urug` turkumlarga bwlingan, qoyalarga rasmlar chizishgan, turlicha
xwjalik shakllari yaratganlar. Masalan, Baltika bwylarida asosan, baliqchilik (maglemos
madaniyati), Shimoliy dengiz sohillarida dengiz terimchiligi (kuokkemeding madaniyati), ichki
hududlarda bug`u ovchiligi (tardenuaz, svider kabi madaniyatlar) xwjaliklari paydo bwlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: