99
istilosi bilan bog`liq bwlgan. Volgabwyi va Ural etaklarida joylashgan turklar mahalliy finno-ugor
xalqlarining madaniyatini qabul qilgan va ular bilan aralashib ketgan. Eng katta turkiy oqimlar
bwlgan Turk xoqonligi V-VII asrlarda Volga-Ural hududiga bostirib kirgan, ulardan keyin XII-XIII
asrlarda Shimoliy Kavkazdan kelgan bwlg`orlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va qisman
wng qirg`oqlarini Kama bwylarigacha bwlgan hududni egallab mahalliy turk va finno-ugor
qabilalari bilan aralashib X asrda Volga Bulg`oriyasi nomli ilk feodal davlatini yaratganlar.
Hozir tatarlar Rossiyaning eng yirik millatlaridan biri bwlib, son jihatidan (6,6 mln.dan ziyod)
yirik millatlar qatoriga kiradi. Ular Tatariston Respublikasining asosiy aholisi (47,4%)ini tashkil
etsada, kwpchiligi (taxminan twrtdan uch) qismi wz respublikasidan tashqarida yashaydi. Tatarlar
Boshqirdistonda, Chelyabinsk, Perm, Ekaterinburg, Orenburg va Astraxan viloyatlarida, Janubiy
Sibir va Uzoq Sharqda, Markaziy Osiyoda kwproq joylashganlar.
Hozirgacha bir qadar farq qilgan tatar guruhlari XV-XVI asrlarda tashkil topgan tatar
xonliklari (Qozon, Astraxan, Sibir va hk.) davrida shakllangan edi. Shu asosda Wrta Volgabwyi va
Uralbwyida qosim va boshqa tatarlar etnografik guruh sifatida wzaro farq qiladi. Etnografik
jihatdan, ehtimol qadimiy finno-ugor qabilalaridan biri hisoblangan mesheralarni turklashtirish
natijasida yuzaga kelgan misharlar yoki zwrlik Bilan nasroniy diniga wtkazilgan qozon tatarlarining
bir qismi krashenlar va wg`wyboklar (nwg`oy tatarlari) alohida e`tiborga molik.
Volga-Kama bwyidagi xalqlarining qadimgi davrlardan asosiy mashg`uloti dehqonchilik va
chorvachilik bilan birga avchilik va baliqchilik iborat bwlgan. Ular wtgan asrda uch paykalli
almashlab ekish tizimiga wtganlar. Dehqonchilik qurollaridan eng muhimi bir necha xildagi omoch
va og`ir yog`och plug (sabon) bwlgan. XVII asrgacha boshqirdlar kwchmanchi va yarim
kwchmanchi tarzida turmush kechirib, asosan, chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Yaylovlarning
kamayishi bilan wtroq holtga wtib dehqonchilik qila boshlaganlar. Qadimiy kasblardan asalarichilik
ham saqlangan. Wtgan asrdan wrmon sanoati ham paydo bwlgan.
Volga bwyining pastki qismida joylashgan qalmoqlar asli Mwg`wlistonning Jungariya
wyratlaridan kelib chiqan. Ular XVI-XVII asrlarda Volga quyi oqimiga kwchib kelib kwchmanchi
bwlib yashaganlar. XX asrga kelibgina qalmiqlar wtroq turmushga wtib wzining yirik sanoati,
ushchi sinfi, yuksak madaniyatiga ega bwlgan Rossiya tarkibidagi respublikani, ya`ni wz
davlatlariga asos soldilar. Qalmiqlar wz respublikasidan tashqarii qisman Astraxan, Volgograd va
Rostov viloyatlarida, Stavropol wlkasida ham yashaydilar.
Umumun, butun Volga bwyi xalqlarining chinakam milliy uyg`onishi, madaniyatining
gurkirab taraqqiy etishi va yashnashi wtgan asrdagina yuz berdi. Boy fol`klor, xalq musiqasi,
wyinlari va amaliy san`ati, ayniqsa, kashtachilik, yog`och wymakorligi, badiiy tikuvchilik ancha
rivojlangan. Mintaqa aholisi diniy jihatdan ikki guruhga bwlingan: musulmonlar va nasroniylar.
Islom dini tatar va boshqirdlar orasida tarqalgan; nasroniylik Volga Bulg`oriyasining davlat dini
hisoblangan va Volgabwyi Rossiya tasarrufiga wtgach keng tarqalgan. Ammo mahalliy qadimiy
dinlarga sig`inishni davom etgan, totemizm, shomonizm va sehrgarlik tasavvurlari saqlangan.
XIX asr boshlarida Moldaviyaning bir qismi (Prut va Dnestr wrtaligidagi Bessarabiya)
Usmon imperiyasidan tortib olinib Rossiya tasarrufiga wtgan va wsha davrdan boshlab Moldava
millati shakllana boshlagan.
Moldavanlarning asosiy kasbi dehqonchilik va chorvachilik hisoblangan, ayniqsa, uzumchilik
va
bog`dorchilik
rivojlangan.
Dasht
qismidagi
moldavanlarning
moddiy
madaniyati
xususiyatlaridan biri loydan qurilgan somon yoki qamish tomli uylarda yashashi, wziga xos kashtali
kiyimlar va nihoyatda boy xalq ijodiga ega bwlishadilar. Ayniqsa, moldavanlarning raqs san`ati
rivojlangan.
Rossiyada 121 mingdan ziyod lwli (sigan)lar yashashadi. Ularni Kavkazda va Markaziy
Osiyo davlatlarida uchratish mumkin. Ularning tillari hindoriy guruziga oid, ammo yashagan
hududidagi mahalliy tillarni ham biladilar. Lwlilar Rossiyaga XV-XVI asrlarda Germaniya va
Pol`sha orqali kwchib kelganlar. Hozirgi paytda lwlilarning kwpchiligi wtroq turmush tarziga wtib
ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: