13
Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik
bilan ochiq-oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu yerdagi asosiy qoida: kichik
yoshdagi kishi – katta yoshdagi kishiga, erkak-ayolga, xodim-rahbarga
tanishtiriladi. Tanishtiruvchi kishi avvalo,
kichik yoshdagi kishining, keyin
kattaning, avval erkak, keyin ayolning, avval xodim, so‘ngra rahbarning ismi va
familiyasi aytadi.
Yoshlarni katta yoshdagi
insonga tanishtirishda, odatda, savolomuz
murojaat qilinadi; M:
Ustoz, magistr Abdullayevni siz bilan tanishtirishga ruxsat
bersangiz?,
yoki
Hurmatli rektor, iqtidorli talaba Komilovni sizga
tanishtirmoqchi edim?
Bunday hollarda tanishtirilayotgan kishi ustoz hamda
rektorning ismini aytmaydi.
Hamma
vaqt ham, beistisno, erkak kishi ayolga tanishtiriladimi? Yo‘q,
hamma vaqt shunday qilinmaydi. Erning o‘z rafiqasini yor-do‘stiga tanitishi o‘z
xohishiga bog‘liq:
“Do‘stim Sardor, tanishing – bu mening rafiqam”
qabilida.
Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin
aytiladi.
Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan,
“turmush
o‘rtog‘im”, “opam”, “singlim”
yoki
“ukam”
deyiladi.
Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi,
uy bekasi o‘rniga uning sohibi tanishtirsa ham bo‘ladi. Kechroq kelgan
mehmonlarni vaqtliroq kelganlarga tanishtiradilar. Agar mehmonlar ketma-ket
kirib kelishsa-yu, siz ularni tanishtirishga ulgurmasangiz, unda yordamchi sifatida
yaqinroq qarindoshingiz yoki do‘stingizni chaqiring.
Mehmonni uyga taklif
qilgach, avval u yerda o‘tirganlarga kelgan mehmon tanishtiriladi, so‘ng bir
chekkadan boshqalarning ismlari aytilib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar unchalik
ko‘p bo‘lmagan taqdirda, alohida tanishtiriladi. Erkaklar o‘rinlaridan turib
tanishadilar. Ayollar joylarida o‘tiraveradilar, ammo katta mavqega ega bo‘lgan
yoki yoshi kattalarni tanishtirishsa, o‘rinlaridan turishlari mumkin.
Agar turli
yoshdagi ikki ayol tanishayotgan bo‘lsalar, yoshi katta ayolga:
“Ruxsatingiz bilan
sizga falonchini tanishtirsam”,
– deb yoshroq ayolning ismi sharifini aytib, keyin
yoshi kattaroq ayolni tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ayni
paytda yosh va mavqe muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu tarzda ayol kishiga
erkak kishini, xodimni rahbarga tanishtiradilar. Agar mavqe jihatdan ham, yosh
jihatdan ham o‘zaro teng bo‘lgan odamlarni tanishtirganingizda, birinchi bo‘lib,
ulardan o‘zingizga yaqinroq bo‘lgan kishini tanishtirasiz. Agar mashhur odamni
bir paytning o‘zida ko‘pchilikka tanishtiradigan bo‘lsangiz,
uning ismi sharifini
keltirib o‘tmasa ham bo‘ladi.
Yaqinlaringiz,
tanishingiz
yoki
do‘stingizni
tanishtirayotganda
qo‘shimcha, ma’lumotlarni aniqlashtirishingiz ham mumkin: “
Do‘stim Akmal –
xirurg, bu esa Begzod – kursdoshim”.
Tanishtirayotganda ularning ismlarini aniq
va tushunarli tarzda ayting. “
Bu kishi Valijon – mashhur aktyor Mahkamning
akasi”
degan aniqliklarning umuman keragi yo‘q. Odamlarning ismlarini yodda
yaxshi tuta olishiga ishonchi bo‘lmagan tanishtiruvchilar
“Tanishing, marhamat
janob ...”
bunda siz ismni egasi aytishiga qo‘yib berasiz. Agar endigina yig‘ilgan
14
jamoatga yangi odam qo‘shilsa, uning ismini baralla
ovozda aytib tanishtirsa
bo‘ladi, qolganlar o‘zlarini tanishtiradilar.
Jamoat transportida yoningizda sherik bilan ketayotganingizda transportga
tanishingiz chiqib qolsa va bir-ikkita so‘z aytib uzoqlashsa, tanishtirish shart emas,
ammo agar suhbat umumiy xususiyat kasb eta boshlasa, uni do‘stingiz bilan
tanishtirganingiz ma’qul.
Oila a’zolaringizdan biri ishxonangizga ishga kirdi. Hamkasabalarga uni
tanishtirasizmi? Agar sizda u bilan sof kasbiy munosabatlar bo‘ladigan bo‘lsa,
shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: