Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
Tavsiya etilmaydi 
Notanish odamga telefonda 
“sen”
lab murojaat qilish mumkin emas, garchi 
uning ovozi sizga bolaning ovozidek tuyulsa ham – adashishingiz mumkin. 
Suhbatdoshni yaqin olib 
“hola”, “amaki” 
deb murojaat qilish ham noo‘rin, 
yaxshisi, 
“uzr”, “agar malol kelmasa”
va boshqa shunga o‘xshash 
“egasi yo‘q”
iboralar bilan munosabatda bo‘lgan durust. 
“Oppog‘im”, “munchog‘im”
kabi 
erkalovchi murojaatlar ham agar egasini topmasa xafa qilishi mumkin. Qo‘ng‘iroq 
qilib olib yana o‘zini tanishtirmay 
“Kim bu?”
deb so‘rash madaniyatsizlikdir. 
Odatda bunday, savolga 
“Sizga kim kerak o‘zi?”
degan javob keladi. Aslida,, ular 
o‘zini tanishtirishi shart emas, qo‘ng‘iroq qilib bezovta qilgan odamning o‘zi 
bunday savolga javob berishi lozim. 
Agar biron-bir odamda baxtsizlik ro‘y bersa, telefonda hamdardlik 
bildirish yaramaydi, yordam berish uchun unga qayg‘uni yengillashtirish: ruhiy 
garanglikni olishga harakat qilish, jabrlanuvchini ba’zi zarur ishlarini qilib berish 
bilan, o‘z amaliyoti orqali namoyon qilish mumkin. Nosog‘lom yoki tashvish 
tushgan, o‘zi yordamga muhtoj bo‘lgan odam bundan mustasnodir.
Telefon suhbatlari bilan bog‘liq ba’zi qoidalarni yodda tutish lozim 

Telefon qo‘ng‘irog‘iga (ayniqsa ishxonada) darhol javob berishga 
harakat qilish zarur; 

Avvalambor, salom berishni unutmaslik va undan so‘nggina iltimos 
bilan murojaat qilish mumkin;

qo‘ng‘iroq qilgan odam agar kerak bo‘lgan odamni topolmasa, biron-
bir ma’lumot qoldirish uchun, albatta, o‘zini tanishtirishi lozim; 

agar telefon raqamining to‘g‘riligi borasida gumoningiz bo‘lsa, 
xotiraga tayanib raqam termaslik kerak; 

ertalab soat sakkizgacha va kechqurun soat o‘ndan so‘ng qo‘ng‘iroq 
bilan odamlarni bezovta qilib bo‘lmaydi (agar favqulodda holatlar bo‘lmasa, 
yoki sizning qo‘ng‘irog‘ingizni kutishayotgan va uyquga yotmaganini aniq 
bilsangiz);

agar suhbatlashayotgan vaqtida telefon aloqasi uzilib qolsa, unda 
qo‘ng‘iroq qilgan odamning o‘zi qayta qo‘ng‘iroqlashadi; 


27 

suhbat boshida hech qachon 
“Kim bu?”
deb savol berilmaydi; 

shaxsiy masalalarni hal qilish, garchi telefonda bo‘lsa ham, begonalar 
oldida noqulaylik tug‘diradi. Shu bois ham, shaxsiy masala bo‘yicha 
qo‘ng‘iroq qilsangiz, avvalambor suhbatdoshingizning bunga bo‘lgan 
imkoniyati qay darajadaligini so‘rashingiz maqsadga muvofiq; 

shaxsiy masala bo‘ycha agar u darajada zarur bo‘lmasa, ishxonaga 
qo‘ng‘iroq qilmagan ma’qul; 

telefonda gapni qisqa qilishga harakat qilish kerak; 

agar sizga qo‘ng‘iroq qilgan odam adashib tarmog‘ingizga tushib 
qolgan bo‘lsa, tavoze bilan javob berishga harakat qiling. Zero ko‘p hollarda 
odam emas, texnika sabab bo‘ladi. Keyingi adashilgan qo‘ng‘iroqqa javoban, 
uzr so‘rab raqamni oydinlashtirib olgan yaxshi; 

mehmonga borganda, telefon zarur bo‘lib qolsa, avval, mezbondan 
ruxsat so‘rash mezbonga nisbatan hurmat belgisidir. Ammo mezbon ham zarur 
bo‘lmasa, mehmonni suhbat davomida kuzatib turishi shart emas; 

agar tarmoq besh-olti signaldan keyin ham javob bermasa, trubkani 
qo‘yib qo‘ygan ma’qul; 

telefon tarmog‘idagi raqamlarning texnik nosozliklarini yoki 
o‘zingizni adashib tergan raqamlaringizni hisobga olgan holda buyruq va 
tavsiyalarni berishdan oldin tarmoqqa ulangan raqamni to‘g‘ri ekanligi 
borasida aniq ma’lumotga ega bo‘lganingiz ma’qul. Ba’zan bizning nutqimizga 
yetishmaydigan uchta sehrli so‘zlar – “
uzr”, “iltimos”, “rahmat”
– telefon 
suhbatlarida, ayniqsa, qo‘l keladi; 

o‘ng‘aysiz holatga tushib qolishni yoqtirmaydiganlar doimo bir 
holatni yoddan chiqarmasinlar: hattoki sizga juda yaqin bo‘lgan odamlar ham 
o‘zini sharoit va ruhiy holatdan kelib chiqqan holda har xil kayfiyatda 
bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun agar siz hazillashmoqchi bo‘lsangiz, 
suhbatdoshingizning so‘zlash ohangidan uning kayfiyatini ilg‘ashga harakat 
qiling va shunga mos ravishda suhbat olib boring;

do‘stlar hamda qarindoshlarni telefonda o‘z muammolari, shikoyatlar, 
kasallik tarixi, turmush o‘rtoq va farzandlarni keltirgan tashvishlari haqida 
gapirib, tinglovchini qiynash va yangi xaridlarni soatlab muhokama qilish 
etiketga to‘g‘ri kelmaydi; 

telefondagi suhbat imkon darajada qisqa, xotirjam va tavoze’li bo‘lishi 
lozim. Ayniqsa jamoat foydalaniladigan telefonlarda. Boshqalar navbat 
kutayotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Biroq kutayotganlar ham suhbatga 
turli xil noroziliklari bilan halaqit bermasliklari, shovqin ko‘tarmasliklari 
kerak. Hozirda tarmoqlarning pulli ekanligi, uyali aloqa vositalaridan 
foydalanish odatiy tusga kirganligining o‘zi bizni tartiblashtiradi;

agar suhbatdoshingiz uyali aloqa telefonidan yoki olisdan sizga 
qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsa, unda suhbatning qisqa va lo‘nda bo’lishiga
harakat qiling; 


28 

agarda telefonda suhbatlashayotgan odam g‘azabda, yoki qattiq xafa 
bo‘lsa ham telefon orqali baqirib, turli dag‘-dag‘alar qilishdan saqlanishi, 
o‘zini to‘g‘ri tutishga harakat qilishi lozim; 

shoshmasdan telefonda suhbatlashar ekanmiz, yana kimdir qo‘ng‘iroq 
qilib tusha olmasligi ehtimoli mavjud ekanligini hamisha yodda tutishimiz 
zarur; 

bekorchilikdan telefonda gaplashish yaxshi emas. Agar dildan 
suhbatlashish istagi bo‘lsa, uchrashgan ma’qul.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish