Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Tayanch tushunchalar
Qadr-qimmat, odob, axloq, milliy qadriyatlar, muomala madaniyati, 
mayllar, anglanmaganlik, ruhiy tahlil, etiket, zamonaviy etiket, milliy etiket, 
axloqiy madaniyat.
 
Mavzu bo‘yicha savollar 
1.
Etiketning kelib chiqishidagi omillarni izohlab bering? 
2.
“Etiket” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? 
3.
“Odob” tushunchasini ta’riflang? 
4.
Etiketning axloqiy madaniyat sohasi sifatidagi mazmunini 
tushuntiring? 
5.
Axloq bilan etiket o‘rtasidagi farq nima? 
6.
Etiketning zamonaviy ahamiyati qanday ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi? 
7.
Etiketning axloqiy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati 
nimada? 
Foydalaniladigan adabiyotlar 
1.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yyengilmas kuch. –
Toshkent. Ma’naviyat, 2008. 
2.
Abdulla 
Sher. 
Axloqshunoslik. 
Darslik. 
– – 
Toshkent.O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
3.
Aliqulov H. Falsafiy meros va ma’naviy-axloqiy fikr 
rivoji. – Toshkent.: Falsafa va huquq instituti, 2009. 



4.
Abu Homid Muhammad al-G‘azzoliy. Kimyoi saodat. 
Ruh haqiqati. – Toshkent.: Adolat. 2005. 
5.
Komilov N. Komil inson haqida to‘rt risola. – T.:
Ma’naviyat. 1997

 
 
MULOQOT ETIKETI 
 
Donishmandlarning “Yuziga boqma, so‘ziga boq”, degan hikmatlari ayni 
haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyati fikriy go‘zalligini 
yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir.
Muomala esa insonlarni bir-biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta-kichik 
xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, jamiyat 
orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat ehtiromiga erishishida 
muomalaning 
o‘rni 
kattadir. 
Insonning 
shirinso‘zligi 
kishining 
tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi 
uning o‘qimishli, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik 
xushnud etsa, aksincha,, achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga 
soladi. Shirin muomalada bo‘lish ham katta san’at. Shirin so‘z bilan kishining 
ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‘z, yuz va ko‘z tilning ko‘rki hisoblanadi.
Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baho 
beriladi. So‘z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati 
orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, nasl-u nasabi, ota-onasi va ustozining 
bergan ta’lim tarbiyasi namoyon bo‘ladi. Insonnning ichki dunyosi, shaxsi, aqli va 
his-tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – ko‘zlari, chehrasi, shuningdek, qaddi-qomati 
va yurish-turishida to‘la aks etadi. Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal 
bo‘lsa, yurish-turishi ham shunchalik madaniyatli bo‘ladi. 
Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday 
kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa 
kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy 
talablarini bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi 
jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng 
yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y 
beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim 
jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, 
kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Ayniqsa, bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uni ko‘proq 
namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. Bu borada 
mutasavvuf olimlarimizdan Imom G‘azzoliy bir qancha o‘rinli fikrlarni 
bildiradilar: “Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: “Haq subhonahu va taolo 
ochiq yuzlilarni do‘st tutar”. Va yana aytibdurlar: “Hech bir yaxshi amal yo‘qki, 
mahfiratga sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda”
1

1
Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati.-Т.:Iqtisod – moliya.- 2009, - B.8. 


10 
Uning fikricha, shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan 
ajratuvchi me’yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib 
keladi. Yomon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib chiqadi. Ya’ni 
yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo‘lsa ham o‘sha 
yomonning yo‘lida yurishga chorlaydi.
Donishmandlarning 
“Yuziga boqma, so‘ziga boq”,
degan hikmatlari ayni 
haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy 
go‘zalligini yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi 
vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta-
kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonnning go‘zal hayot kechirishida, 
jamiyat orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat – ehtiromga 
erishuvida muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining 
tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi 
uning ziyoliligi, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik 
xushnud etsa, aksincha,, achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga 
soladi.
“Muomala shaxslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning 
yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy 
jihatdan aloqaga kirishadilar, ta’sir o‘tkazadilar va ta’sirlanadilar”.
1
“Etiket” keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u ma’lum ma’noda, 
umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga 
oladi. Ulardan bizga odat bo‘lib qolgan ko‘rishish etiketidir. 
Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan odat bo‘lib, 
xushmuomalalikni talab qiladi. Salomlashish kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, 
muomala munosabatlarining avval boshi bo‘lgani uchun uning bajarilishining ham 
alohida qoidalari bor. Salomlashganda aytiladigan so‘zlarga “
Assalom-u aleykum”, 
“salomatmisiz”, ”omonmisiz”, “yaxshimisiz”, “salomat bo‘ling”
deyiladi. Bu 
so‘zlarda, insonlarning bir-biriga hurmat-ehtiromi, xayrixohlik izhori bilan birga 
bu so‘zlarda chuqur mazmun va mulohaza bor. Kundalik hayotimizda ishlatib 
turadigan 
“marhamat qiling”, “baraka toping”, “rahmat”, “behad 
minnatdorman”, “uzr”, “avf etasiz”, “kechiring”
va shu kabi iboralar borki, 
ularning barchasi mulozamatni, insonlarga bo‘lgan kamoli ehtiromni bildiradi. 
Shunga e’tibor berish kerakki, insonga qo‘yiladigan talab bilan unga 
ko‘rsatilayotgan iltifot bir-biri bilan bevosita bog‘lanib ketganligidan ular orasiga 
chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, birovning eshigini taqillatib ruxsat so‘rab 
kirish boshqa insonni noqulay vaziyatga solib qo‘yishning oldini oladi. 
Salomlashish insonning insonga bildirgan hurmati, odamlarning o‘zaro 
muomala munosabatlarining boshlanishi, bir-biri bilan suhbatlashayotgan ikki 
dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik 
oladi. Qo‘l berib ko‘rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo‘llarini qattiq siqib, qo‘lini 
og‘ritib yoki qo‘lini uchinigina berib qo‘yish o‘ta odobsizlikka kiradi. Yoshlar 
o‘zidan katta odamlar bilan ko‘rishganlarida, albatta, ikki qo‘lini berib 
ko‘rishadilar. Ayniqsa, yosh bolalarning katta yoshdagilarga qo‘lini uzatib 
1
. O`sha manba.17-bet. 


11 
ko‘rishishlari ham odobsizlik sanaladi. Kim birinchi bo‘lib so‘rashishi lozim? 
Buning ham etiketda o‘ziga yarasha qoidalari mavjud: 
– yoshi kichiklar yoshi kattalarga; 
– erkaklar ayollarga; 
– xonaga kirgan inson u yerdagi barchaga umumiy; 
– zinadan chiqayotgan inson yuqori pog‘onadagilarga; 
– agar ikki oila uchrashib qolsa, ayollar birinchi bo‘lib so‘rashishlari, keyin 
esa erkaklar so‘rashishlari lozim; 
– qanday jamoat joylarida fikr bildirilishidan qat’i nazar, salomdan 
boshlash kerak; 
– yoshi va xizmat pog‘onasi teng insonlar uchrashib qolganlarida, birinchi 
bo‘lib tarbiyali inson so‘rashadi; 
– uyga kelgan mehmon eshikni ochgan insonga salom berishi, keyin 
uyning kattalari va boshqa mehmonlar bilan so‘rashishi kerak; 
– uy egalari hamma o‘tirganlar bilan bir xil so‘rashishlari lozim. Ulardan 
kimgadir alohida munosabat bilan so‘rashish odobsizlik hisoblanadi; 
– biror-bir insonga yuzlanishdan avval salomlashish lozim; 
– kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo‘lib salom beradi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish